Fizikadan praktikum


Download 104 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana08.03.2017
Hajmi104 Kb.
#1923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1923

N.X.ULUG‘MURODOV

0 ‘ZBEK IST0N   RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA 
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
N.X.  ULUG‘M URODOV
FIZIKADAN  PRAKTIKUM
Qayta ishlangan  va to'ldirilgan ikkinchi nashri
0 ‘zbekistnn  Respublikasi Oliy vao'rta maxsus 
ta ’lim  vazirligi farmatsevtika  va  tibbiyot 
institution talabalari uchun о ‘quv 
qo ‘llanma sifatida tavsiya etgan
f
чтщГ
V NI  SHINVHSI ROM”
I  и   l i k e  ill  —   2 0 15

IЮ  К:  53:004  (076.5) 
КПК:  22  3 
U 50
N.X.UIug‘murodov
I'isikadan praktikum. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim va/.irligi. —Т.: “VNESHINVESTROM”  nashriyoti, 2015.  —352 b.
Taqri/.chilar:
S.  YULDASHEV 
— 
biologiya fanlari doktori,
professor;
U.ABDURAXMONOV — fizika-matematika fanlari
doktori, professor;
X.M.  KOMILOV 
— 
farmatsevtika fanlari
doktori, professor.
IJshbu qo'llanma farmatsevtika vatibbiyot institutlarining Fizikadan 
namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda talabalarning umumiy 
fizikadan bajarishlari lozim bo‘lgan laboratoriya ishlarining nazariy qismi 
bajarish tartibi, ayrim tavsiyalar, «BASIC» va «EXSEL» tillarida natijalami 
hisoblash dasturlari berilgan.
Qo'llanma, asosan, farmatsevtika va tibbiyot institutlarining talabalariga 
mo'ljallangan  bo'lib,  undan  boshqa  barcha  oliy  o ‘quv  yurtlari  va 
kollejlarning talabalari ham foydalanishlari mumkin.
UO‘K:  53:004 (076.5) 
KBK:  22.3 
U50
ISBN 978-9943-4235-3-4
©  “VneshlnvestProm” 
nashriyoti,  2015-y.

M a’lumki,  barcha  tabiiy fanlar singari  fizika fani  ham tabiat 
hodisalarini o'rganadi.  Tabiat hodisalaridan  esa ishlab chiqarish- 
ning samaradorligini  oshirishda,  fan  va texnika yutuqlarini  xalq 
xo'jaligining  turli  tarm oqlariga  joriy  qilishda  keng  ko‘]amda 
foydalaniladi.  Fizika  fanini  o'rganishda  laboratoriya  ishlarini 
bajarish  muhim  o ‘rin  egallaydi.  Talabalar laboratoriya  ishlarini 
bajarish  jarayonida:  o ‘z  biiimlarini  oshirishlari,  olgan  nazariy 
bilimlarini  mustahkamlashlari,  fizikaning  asosiy  tushunchalari 
va  qonunlarini  chuqurroq  tushunish  ham da  anglab  olishga  eri- 
shishlari,  amaliy  masalalami yechish  malakalari va  ko'nikm ala- 
lini  hosil  qilishlari,  fizik  asbob  ham da  qurilmalar,  shuningdek, 
o'lchov asboblari  bilan  ishlashni  ham da tajriba natijalarini  ishlab 
chiqishni  o'rganishlari  lozim.
Talaba  laboratoriya ishlarini bajarishga aw aldan tayyoigarlik 
ko'rishi,  buning  uchun  esa  u  qisqa  vaqt  ichida  ishning  tavsifi 
I>i1
.111
  tamshib.  har bir mavzuga  tegishli savollarga javob yozishi, 
sliiinin^cIcK, 
*hni  bajarishda  foydalaniladigan  adabiyotlar bilan 
l.inislitshi  lo/im.  Hu esa ulardan  qisqa vaqt  ichida katta hajmdagi 
iia/ariy  m alcnalni  o'zlashtirishni  va  ko‘p  vaqt  talab  etadigan 
laboiatoriya  ishlarini b;ij;mshda olingan  natijalarga matematik ish- 
lov berish  kabi  hisoblash  ishlarini  bajarishini  taqozo  etadi.  Buni 
e  ciborga  olgan  holda  o'quv jarayonida  EHM   ning  qo'llanilishi, 
olgan  bilimlari va malakalari ning sifatini oshishiga ham da ko'piab 
vaqtni tejalishiga olib kcladi.  Shu bilan biiga,  EHM   bilan ishlash 
ko‘nikmalarini  hosil  qilib,  mavjud boMgan standart dasturlardan 
foydalanish iinkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu qo‘llanma  «Umumiy fizika» va «Tibbiy biologik fizika, 
mformatika  va  tibbiyot  qurilmalari  kursi»  fanlarining  dasturlari 
asosida  yaratilgan  bo‘!ib,  unda  mexanika  asoslariga  oid  9  ta, 
molekular  fizika  va  term odinam ika  asoslariga  oid  8  ta,  elektr,

optika,  atom  va yadro bo ‘limlariga oid  12 ta va biofizikadan 8 ta 
laboratoriya ishlari berilgan.  H arb ir laboratoriya ishining nazariy 
qismi,  bajarilish  tartibi,  olingan  qiymatlaiga  ko‘ra  hisoblash 
algoritmi  va  dasturi  keltirilgan.  Bunaan  tashqari,  qo‘!lanmada 
oMchash xatoliklari haqidagi m a’lumotlar,  jadvallar va laboratoriya 
ishlariga  doir  ko‘rsatma  ham da  qoidalar  bayon  qilingan  bo ‘lib, 
talabalar  har  bir  hisoblashni  qo‘shim cha  adabiyotlarsiz  to ‘liq 
bajarishlari  mumkin.
Q o ‘l l a n m a d a n  
foydalanishning  sam aradorligini  oshirish 
maqsadida  ilovada ayrim mavzularda pedagogik iexnalogiyalami 
qo'llash va glossariy namuna tariqasida keitirildi.
Hozirgi  vaqtda mavjud adabiyotlam ing ko‘pchiligi kirill alif- 
bosida bo‘lganligi, o'zbektilidagi adabiyotlaming yetishmasligi va 
ular  farmatsevtika  instituti  o ‘quv  dasturini  to'liq  qanoatlantir- 
masligi  sababli  ushbu qo‘llanma talabalam i yuqorida zikr etilgan 
dastur talablari  darajasida o'zlashtirishga erisnishlarida ko‘mak- 
dosh  bo‘ladi,  degan  umiddamiz.
Q o‘llanma bilan tanishib chiqib,  qimmatli  maslahatiari bilan 
uning sifatini  yaxshiiashga  o‘z hissalarini  qo‘shganliklari  uchun 
Toshkent  farmatsevtika  instituti  fizika,  m atematika  va  axborot 
tcxnoiogiyalan kafedrasi o‘qituvchilariga o ‘z minnatdorchiligim - 
ni bildiraman.
QoMlanma haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildiigan kitobxon- 
larga  m uallif oldindan o ‘z m innatdorchiligini izhor etadi.
M uallif

1.1.  Laboratoriyada  ishlash  qoidalari
Fizika  laboratoriyasida  ishlash  vaqtida 
quyidagi  qoidalarga  rioya  qilish  short:
1.  Q o‘llanmadagi  tegishli  nazany qisrnni o'qib chiqing va la­
boratoriya ishining mazmuni bilan tanishing.
2.  Tajriba  uchun  kerak  bo'lgan  narsalar:  idishlar,  asboblar, 
tarozi  va  uning  toshlari,  term om etr,  tekshiriladigan  jism  mav- 
judligini aniqlamaguncha tajribani  boshlamang.
3. Tajriba o'tkazisn  jarayonida ishning qo’llanmada ko‘rsatil- 
gan tartibi va ketma-ketligiga rioya qiling.
4.  Hamma ehtiyot choralai^a rioya qiling (shisha idishlar bilan 
ishlaganda,  term om etrlar,  si mob,  denaturat  va  etil  spirtlari, 
elektr  tokidan  foydalanganda).
5.  OMchash  ishlari  tugatilgandan  keyin  ish  o ‘m ini  tartibga 
kelriring.
6.  Kuzatilgan barcha hodisalaming natijalarini  yoziboling.
7.  Daftaringizga  ish  o ‘tkazilgan  kurmi,  mavzuning  nomini, 
ishning  m azrnunini,  kuzatisn  natijalarini  yozing.
8.  ОЧсЫвН  ishlari  tugatilgach,  o'qituvchi  yoki  laborantdan 
olingan  asboblarni  aaytarib  topshirishni  unutmang.
1.2.  Laboratoriyada  ishlash  vaqtida  rioya  qilinishi  kerak 
bo‘lgan  ehtiyot  choralari
Qo'ilanmada keltirilgan laboratoriya ishlarining deyaiii hammasida 
qizdirish  asbob:  sifatida  elektr  plita  ishlatiladi  (200—300W).  Plita 
bilan  ishlashdan  oldin  uning  yeiga  ulanganligini  tekshirib  ko'rish, 
metall  koфusning  qizdirish  spiraliga  tegmayotganligini,  umuman 
plitaning  biror joyida  qisqa  tutashuv  yo'qligini  tekshirib  ko'rish 
kerak.  Yuqoridagi  talablarga  rioya  qilish  bilan  biiga  plitani  elektr 
tarmog‘iga o ‘qituvchi  ruxsat  beigandan  so‘ng ulash  mumkin.
Laboratoriya  ishlarini  bajarishda  asosan  simobli  va  spirtli 
term om etrlar ishlatiladi.  M a’lumki,  simob va texnik spirtlar za-

harli  bo ‘lib,  odam   organizmi  uchun  xatarlidir.  Shuning  uchun 
term om etrlar sinib,  simob to'kilib  ketsa,  darhol  o“qituvchi  yoki 
laborantga murojaat etib,  urn  zararsizlantirish choralarini  ko'rish 
zarur.  Har  xil  zaharli  suyuqliklar  (denaturat,  etil  spirti,  toluol 
va  boshqalar) bilan  ishlanganda ham  ehtiyot bo ‘lish,  ya’ni  ular- 
ning bcxosdan to ‘kilib ketishiga yo‘l quymaslik,  idishlarning og‘zi 
doirno  berk turishi  kerak.
Bulardan  tashqari,  laboratoriya ishlarining deyarli ham m asi 
shisha  idishlarda bajariladi.  Bunday shisha  idishlar haroratning 
keskin  o ‘zgarishiga  odatdagi shisha idishlarga  qaraganda  yaxshi 
chidaydigan bo‘ladi.  Eng ko‘p ishlatiladigan shisha  idishlar pro- 
birka,  stakan,  yum aloq  tubli  kolba.  yassi  tubli  kolba,  konus- 
sim on  kolbalari  va  h ar xil voronkalardir.  Shisha idishlar qizdi- 
rilayotganda  sinmasligi  uchun  ular  asbestlangan  metall  lo ‘rlar 
ustiga  q o ‘yiladi.  Shisha  idish  va  asboblar bilan  ishlab b o ‘lgan- 
dan  keyin  ulam i  yaxshilab tozalab  yuvib  q o ‘yish  kerak.  Shisha 
asbob  va  idishlar avval  oddiy  suv,  so‘ngra  distillangan  suv b i­
lan  yuvilgani  m a’qul.  Agar idish yoki  asbob juda iflos b o ‘lsa,  u 
holda  bu  idish  ozgina  xlorid  kislota  qo‘shilgan  suv  bilan  yoki 
xrom  aralashm asi  (kaliy  bixrom atning  sulfat  kisloiadagi  erit- 
masi) bilan yuviladi.  Qattiq qizdirilgan shisha idishm o‘sha zahoti 
sovuq stolga  yoki  tem ir shtativ tagligiga  q o ‘yish  va sovuq suvga 
tekkizish  yaramaydi.  Ichida  qaynab  turgan  suvi  bor  kolbani 
sovuq  suvga  botirish  yoki  vodoprovod jo ‘mragi  ostida  sovitish 
mumkin.  Bunda kolbaning suyuqlik tegmay turgan qismiga suv 
sachramasligi  kerak.
1.3.  Talabalarning  laboratoriya 
ishini  bajarishdagi  vazifalari
Talaba  tom onidan  laboratoriya  m ashg'ulotining bajarilishi- 
dan  ko'zda  tutilgan  maqsad,  unga  fizik  qonunlar  va  ularning 
obyektivligi  to ‘g‘risioa  tasavvur  hosil  qilish,  fizik  qonunlarning 
aniqligiga va bu aniqlikning qaysi qonunda qay sharoitda to ‘g‘ri!i- 
giga  ishonch  va  ko‘nikma  hosil  qildirishdan  iboratdir.  M a’ruza 
jarayonida  barcha  hodisalarni  tajribada  ko‘rsatish  imkoniyati 
bo ‘lmaydi,  shuning  uchun bu  hodisalarni  faqat laboratoriya sha- 
roitida kuzatish  mumkin.  Talaba  laboratoriyada fizik o ‘lchashlar-

ning  asosiy m aqsadlari  bilan  tanishadi  va  elem entar ko'nikm a- 
lar hosil qiladi.  Bu esa kelgusida mutaxassislik fanlarini o ‘zlashti- 
nshda, ishlab chiqarish amaliyotlari va m ehnat faoliyatlarida olgan 
b ilim larini  tatb iq   etishda  q o ‘l  keladi.  Talaba  laboratoriya 
mashg‘ulotlari  davrida  eng  ko‘p  tarqalgan  o lc h o v   asboblari- 
ning tuzilish  va  ishlash  prinsipi  bilan  tanishadi;  tajribaning  son 
qiymatlari  bilan  ishlab,  ulam i  ishlab  chiqib,  qonunlar,  hodisa- 
larning  to ‘g‘ri-n o to ‘g‘riligini  aniqlash  kabi  m uhim   tekshirish- 
lami  o ‘rganadi.  Bularning  ham m asi  talabani  mustaqil  ishlash- 
ga.  elem entar  tajribalar  o'tkazishda,  eng  optimal  yechim lam i 
topishga  o ‘rgatadi.  Biror amaliy ishning talaba tom onidan  m u- 
vatTaqivatli  bajarilishining  asosiy  garovi  uning  nazariv  tayyor- 
garligining mukammalligiga bog‘liqdir.  Talaba o'ziga topshirilgan 
individual  m ashg'ulotning  nazariy  qismini  uyda tegishli  adabi- 
yotlardan  puxta  o ‘zlashtirib, so'ngra tajribada  qo‘llay olsa yaxshi 
n;ili|:i bcradi.
I  aboratoriya  ishini  bajarishga  tayyorgarlikning  m uhim  
hosqiclilaridan  biri  har  bir  amaliv  ishni  bajarishdan  oldin  bu 
ish  bilan  tauishib olishdir.  Har bir ishni  bajarishdan oldin  uning 
tavsitlni  diqqat  hi Ian  o'qib chiqish,  bu ishning maqsadi va asosiy 
vayifasi  nimadan  iborat ekanligini  tushunib olish, ishning ham ma 
bosqichlarini  bajarish  tartibini  yaxshi  bilib  olish  kerak.
Tajribada ishlatadigan qurilma va asboblarni mukammal o ‘iga- 
nib,  ular bilwi  muoinala  qilishni  bilgandan so'nggina ishga kiri- 
shishi  zanir. Agar ishda elektr o ‘lchov asboblari ishlatilsa (amper- 
metr,  voltm etr va boshqalar),  ularni  ishdan  chiqarib  qo‘ymaslik 
uchun  a w a l  ularn in g   sistem asini,  klassini,  shkalalarining 
o'lchash  qiym atiarini  va  o ‘lchash  diapazonlarini  mukammal 
o'rganish  lozim.
Talaba  har bir  ish  bilan  tanishgandan  so‘ng  aw al  qo‘lianma, 
beriladigan  adabiyot va vazifadan o ‘z daflariga qisqacha konspekt 
olib qo‘yishi  zarur.  Konspektga quyidagilami  yozib qo‘yish shart: 
ishning  nomi,  zarur  asbob-uskunalar,  ishning  asosiy  maqsadi, 
hisoblash  formulalari,  qurilmaning  sxemasi.  ishning  bajarilish 
tartibi,  amaliy  ishda  aniqlangan  miqdorlar,  yoziladigan  jadval, 
ish  natijalarini  yakunlash  tartibi,  xulosalar,  nazorat  savollar. 
Ishning  mazmuni  bilan  tanishishda  ba’zan  nazariy  material  yoki

ishni o ‘tkazishga oid ayrim savollar hosil bo‘lishi mumkin.  Bunday 
savollarni ishni bajarishga kirishishdan oldin o ‘qituvchidan so‘rab 
yoki qo‘shimcha adabiyot yordamida  hal qilib olish kerak.
Amaliy ishni bajarishga kirishishdan oldin qo‘llanmada ko'rsa- 
tilgan zarur vosita va asboblaming ish stolida mavjudligini tekshirib 
olish lozim.  Shundan so‘ng asboblarning tuzilishi va ishlash i bilan 
hamda  ularni  ishlatish  qoidalari  bilan  yaxshilab  tanishish  kerak. 
Har  qaysi  asbobning  vazifasi  va  texnik  xarakteristikasi  aniqlan- 
gandan keyin amaliy ishga kirishiladi.
Ishni osonlashtirish uchun,  a w a l, sxemaga mos holda barcha 
o ‘lchov  asboblari  va  ap p aratlarn i  ish  stolida  joylashtirgan 
m a’quldir.  Agar elektron sxema bo ‘lsa,  ularni  ketma-ket  birika- 
digan joyidan boshlab.  tok manbayining bir qisqichidan  ikkinchi 
qisqichiga tom on boradigan zanjir tartibida tuzgan m a’qul.  Zan- 
jirning  ketm a-ket  keluvchi  qismlari  (iste’molchilar,  am perm etr, 
reostatlar va boshqa asboblar)  ulanadi.  Sxema  yig'ib bo'lingach, 
u yana bir marta  diqqat bilan tekshirib chiqiladi va  o ‘qituvchiga 
ko‘rsatiladi.  0 ‘qituvchi  ham  tekshirib,  ulashga  ijozat bergandan 
so'ng  elektr zanjiriga  ulanadi  va  natijalar olinadi.
N atijalar  olish  q o ‘llanm adagi  ishning  bajarilish  tartibi 
b o ‘yicha  olib boriladi.  Ish natijalari tajribadan olingan m a ’lu- 
motlarning aniqligiga bog‘liq boMishini nazarda tutib,  ish vaqtida 
miqdorlarni aniq o'lchashga erishish lozim.  Ishning tajriba qis- 
m ini  tam om lab  boMgach,  asboblarni  darhol  yig‘ib  qo ‘ym as- 
dan  a w a l  olingan  natijalar  o ‘qituvchiga  ko‘rsatiladi,  chunki 
b a ’z an   s h u n d a y   x a to   b o ‘lish i  m u m k in k i,  uni  q u rilm a  
(sxem a)dan  osongina  topish  m um kin.  Agar  qurilm a  (sxema) 
qismlarga  ajratib q o ‘yilgan b o is a ,  bunday xatoni topish uchun 
qurilm a  (sxema)  qaytadan  tiklanishi  kerak.  Tajribada  olingan 
natijalarning  son  qiym atlari  qo ‘llanm adan  olingan  jadvalga 
yozib  q o ‘yiladi.  Amaliy  ishni  tam om lab,  natijalar  tekshirib 
chiqilgandan keyin,  sxema  qismlarga  ajratiladi.  Barcha  asbob- 
uskunalar  ish  boshlanm asdan  ilgari  qanday  tartibda  turgan 
bo‘lsa, shunday holatga  keltiriladi.  Laborant yoki  o ‘qituvchidan 
olingan  q o ‘llanm a,  kerakli  q o ‘shim cha  asbob  (term om etr, 
sekundom er,  chizg‘ich  va  boshqa)lar  qaytarib  topshiriladi. 
Amaliy ishlarni boshqarishda laboratoriya uchun zarur b o ‘lgan
N

va laboratoriya devoriga osib qo‘yilgan xavfsizlik qoidalariga qat’i> 
rioya  qilish  kerak.
Talabalar amaliy ishga kirishganda va butun tajriba davoniida 
o ‘qituvchi uni kuzatib borishi shart: talaba  ishni qanday boshiaili 
asboblardan  qanday  foydalandi,  olingan  natijalari  qanoatlanar- 
)imi, xavfsizlik qoidalariga amal qilinmoqdami va hokazo.
2.  0 ‘LCHASH VA 0 ‘LCH0V ASBOBLARI
2.1.  Xatoliklar  haqida  tushunchalar
0 ‘lchashlami  ikkiga  bo‘lish  mumkin:  bevosita  va  bilvosita 
o ‘lchashlar.  Biror kattalikni bevosita o ‘lchash — bu kattalikni bir- 
lik  o ‘lchovi  qilib  qabul  qilingan  (etalon)  bir jinsli  kattalik  bilan 
taqqoslash  demakdir.  Uzunlik,  massa,  harorat,  tok  kuchi  kabi 
kattaliklar bevosita o ‘lchov asboblari  yordamida  (turli  masshtab- 
dagi chizg‘ichlar, tarozilar, term om etrva ampermetrlarda) o ‘lcha- 
nadi.  Bilvosita o'lchash biror kattalikni bevosita o ‘lchanishi m um ­
kin bo‘lgan kattaliklarning o ‘zaro funksional bog'lanishidan aniq- 
lash  mumkin  demakdir.  Masalan,  erkin  tushish  tezlanishi  (g), 
matematik mayatnikning  uzunligi  (I) va tebranish davri  (T) bilan 
quyidagi  funksional bog'lanishga  ega: g  =  4n2l /   T2.  Demak,  g ni 
aniqlash  uchun  I va  Г  kattaliklar bevosita oichanadi
Laboratoriya  m ashg‘ulotlarida  biror  fizik  kattalik  qiymatini 
aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi:
1)  m azkurlaboratoriya  ishiga  doir  asboblar  o ‘m atiladi;
2)  asboblaming  ko‘rsatishi  tekshiriladi  va  ulaming  to ‘g‘ri 
ishlashiga erishiladi;
3)  oichashlar  natijasidan  foydalanib,  u  yoki  bu  kerakli  for­
mula yordamida izlanayotgan fizik kattalikning qiymati aniqlanadi;
4)  o ‘lchashlardagi  xatoliklar  hisoblanadi.
Tajriba o ‘tkazuvchining sezgi a ’zolari,  o ic h o v  asboblarining 
yetaili takomillashmaganligi sababli har qanday o ‘lchash ishlarida 
fizik  kattalikning  taqribiy  qiymati  olinadi.  Natijada  h ar qanday 
o ‘lchash  m uayyan  aniqlik  bilangina  bajarishni  talab  qiladi. 
Masalan,  biror  uzunlik  0,1  m m   aniqlik  darajasi  bilan  o ‘lchan- 
gan  b o ‘lsa,  u  vaqtda  uning  haqiqiy  qiymati  o ‘lchanganida  0,1 
mm dan ortiq farq qilmaydi.

0 ‘lchash  qiymati  o ‘lchov asboblarining  aniqligi  bilan  belgi- 
lanadi. Asbob aniqligi  esa shkalaning eng kichik ulushi bilan beri- 
lib,  u  o ‘lchanayotgan  kattalikning  haqiqiy  qiymatiga  yaqinla- 
shish  darajasini belgilaydi.  Bu kattalik asboblaming aniqlik darajasi 
deb  ataluvchi  kattalik  bilan  xarakterlanib,  uning  pasporti  yoki 
paneliga yozib qo‘yiladi. Aniqlik darajasi ushbu asbobda c ‘lchanishi 
mumkin  b o lg an   eng  kichik  qiymatni  asbob  strelkasi  maksimal 
og'gandagi  qiymatiga nisbatining  100% ga  ko'paytirilganiga teng.
Shuningdek,  tajriba  o ‘tkazuvchimng  kuzatish  holatlari 
0
‘l- 
chash aniqligiga va tajriba o‘tkazish jarayoniga  ta ’sir qiladi.
Yuqorida  ko‘rib  o'tilgan  t a ’sirlarni  o ‘rganib,  qiymatlarini 
hisobga olish maqsadida tajriba o'tkazish jarayoniga 
0
‘lchash xa- 
toliklari  degan tushuncha  kiritiladi.  Istalgan kattalikning haqiqiy 
qiymati  va  o ‘lchashdan  olingan  taqribiy  qiymati  orasidagi  farq 
(ayirma) 
0
‘lchash  xatoligi  deb  yuritiladi.  0 ‘lchash  xatoliklarini 
uch  turga  bo‘lish  mumkin.
1.  Qo‘pol  xatoliklar  yoki  yanglishishlar  —  tajriba  olib  bo- 
ruvchining beparvo  ishlashi,  o ‘lchashlam ing noto‘g‘ri  bajarilishi 
kabi  sabablarga  ko‘ra yuz beradi.  Masalan,  tajriba olib boruvchi 
biror jismni  tarozida  tortayotganda  25  mg 
0
‘rniga  27  mg  yoki 
am perm etr bilan tok kuchini  oMchayotganda 0,5 A o ‘rniga 5,0 A 
deb  yozib  qo‘ysa,  qo ‘pol  xatolikka  yo‘l  qo'ygan  bo‘ladi.  Q o‘pol 
xatolik  xuddi  shu  asbob  bilan  qayta  ish  olib  borishda  yoki 
o‘lchashlarni boshaa talaba bajarganda oshkor bo‘1ib qoiadi.  Qo‘pol 
xatolikka  yo‘l  qo‘yilganda,  o ‘lchanayotgan  kattalikning  qiymati 
boshqa  o ‘lchashlar natijasidan  keskin  farq  qiladi.
Odatda,  qo‘pol  xatolik  bilan  bajarilgan  oMchash  natijalarini 
hisoblashga kiritmasdan qoldirib yuboriladi.  Q o‘pol xatoliklar hech 
qanday qonuniyatga bo‘ysunmaydi, ularga yo‘l qo'yrnaslik uchun 
o'lchashlarni  diqqat  bilan  o ‘tkazish,  o ‘lchash  natijalarini  to ‘g‘ri 
yozish  va  qayta-qayta  tekshirishlar  bilan  tuzaiish  mumkin.
2.  Sistem atik  xatoliklar  —  biror  fizik  kattalikni  bir  necha 
marta  takroriy  o'lchashlarda  bir  xil  ta ’sir  qiladigan  sabablarga 
ko‘ra vujudga  keladigan,  ya’ni  muayyan  usul  va o'lchash  asbob- 
laridan  foydalanilganda miqdori o ‘zgarmaydigan  xatoliklardir.
0 ‘lch o v   a s b o b la rin in g   n o to ‘g ‘ri  k o ‘rs a tis h i,  o 'lc h o v  
uslubining noto‘g‘ri tanlanishi yoki tajriba nazariyasining yetadicha 
ishlab chiqilmaganligi sababli paydo bo‘ladigan xatoliklar sistematik 
xatoliklarga  kiradi.  Bunday  xatoliklar  tashqi  m uhit  ta ’sirida,

masalan,  harorat  ta ’sirida  o ‘lchovchi  qism -lam ing  o ‘zgarishi, 
o‘lchash va hisoblash jarayonida to ‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotlardan 
foydalanish orqali  yuzaga  keladi.  Shuningdek,  o ‘lchov asbobla­
rining xatoligi ham  sistematik xatoliklar qatoriga kiradi.  Sistema­
tik xatoliklar o'Ichanuvchi yo ki hisoblanuvchi kattalikning aniq- 
ligini belgilaydi,  ya’ni  ular haqiqiysining qiymatini orttiradi yoki 
kamaytiradi.  Bu turdagi xatolik kattaligini aniqlab,  o'lchashlarga 
mos tuzatm a kiritish mumkin.
3. 
Tasodifiy  xatoliklar  —  subyektiv  sabablarga  ko‘ra  sodir 
boMadigan,  muayyan  usul  va  o'lchash  asboblaridan  foydalanil- 
ganda  miqdori  turlicha  bo'ladigan,  ya’ni  sodir bo ‘lish  sababini 
oldindan hisobga olib bolmaydigan va har qavsi o'lchashda turlicha 
sabablarga ko‘ra  yo‘l qo ‘yiladigan xatoliklardir.  Bunday xatolik­
lar o ‘lchash obyektida havoning turlicha tebranishi, tajriba o ‘tka- 
zuvchitiing  hayajonlanishi,  asbob  shkalasining  to ‘liq  yoritilma- 
ganligi kabi hodisalar natijasida paydo bo ‘ladi.
Alohida o ‘lchashlardagi tasodifiy xatoliklarni  oldindan bilish 
va butunlay bartaraf etish mumkin bo‘lmasa-da, tajriba o ‘tkazishda 
ehtiyotiikni  oshirish  va  o ‘lchash  malakasini  yuksaltirish  bilan 
tasodifiy  x ato lik larn i  am q lash n in g   m atem atik   usullaridan 
foydalanib, bu xatoliklarni o‘lchashlaming oxirei natijasiga ta ’sirini 
kamaytirish  mumkin.  Biz  bundan  buyon  o'lchashlarda  qo‘pol 
xatoliklarga  yo‘l  qo‘yilmagan,  sistematik  xatoliklar juda  kichik 
ho‘lganligi u^riun e’tiboiga olinmagan deb qarab, o ‘lchashlaming 
tasodifiy xatoliklarini aniqlash va hisoblash bilan shug‘ullanamiz.
Tasodifiy  xatoliklar  ehtim o llik   nazariyasi  q o id alarid an  
foydalanib hisoblanadi.  Shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Agar o ‘lchashlar soni  yetarlicha  ko‘p b o ‘lsa,  aniqlangan  qiy- 
matlar bir-biridan  farq  qilsa,  u  holda  tasodifiy  xatolikni  hisob­
lash  lozim b o ‘ladi.
Aniqlangan kattaliklam ing o ‘rtacha arifm etik qiymati  uning 
haqiqiy  qiymatiga eng  yaqin  qiymat  hisoblanadi.  M asalan,  bi- 
ron  kattalik  bevosita o ‘lchov asbobi  (chizg’ich,  term om etr va 
hokazo)  yordami  bilan  n  m arta  o ‘lchanib,  x p  x 2,  x 3, 
x n 
natijalar  hosil  qilinsin.  H ar  bir  o ‘lchangan    kattalik    ning 
haqiqiy  qiym atidan  (5a =  x   —  x )  miqdorga  farq  qiladi.  Sx  — 
m iqdor 8s —  sistem atik va  8e—  tasodifiy  xatoliklar yig‘indisiga

(5M.=   5с(. +   )  teng  b o 'lib ,  uning  bizga  n o m a ’lum  b o ‘lgan 
qiymati  haqida  quyidagi  fikrlarni  bayon  qilish  murnkin:
1.  8xj  va  x  k a tta lik la r  uzluksiz  qiym atlarga  ega  b o 'lis h i 
m um kin.
2.  0 ‘lchashlar  soni  ortib  borishi  bilan  Sr  ning  bir-biriga 
yaqin  qiymatlari  (ishoralari  turlicha  boMgan)  ko‘proq  paydo 
bo‘!a boshlaydi.
3.  Bir-biridan sezilarli farq qiluvchi tasodifiy xatolik qiymatlari 
5n kamroq paydo bo ‘la boshlaydi.
4.  Sistematik xatoliklar 5  . faqat asbob xatoligidan iborat bo'lib, 
uning  eng  katta  qiymati  asbob  bo ‘lim  bahosining  (bir boMimga 
mos  keluvchi  o ‘lchanayotgan  kattalik)  yarmiga  teng  deb  qabul 
qilinadi.
Ehtimollik  nazariyasiga  ko‘ra,  yuqorida  keltirilgan  fikrlar 
bajarilgandagina olingan  natijalaming o ‘rtacha arifmetik qiymati
uning  haqiqiy  qiymatiga  eng  yaqin  b o ‘ladi.  Bu  qiymat  ba’zan 
tanlangan  o ‘rtacha  qiymat  deb  ham   yuritiladi.    bu  tasodifiy 
qiymatdir,  chunki  u  m a’lum  n  to'plam   (biror  seriya  tajribalar 
natijalari)  uchun  bir  qiymatga  ega  bo‘lsa,  boshqa  n  (ikkinchi 
seriya tajribalari) uchun boshqa qiymatga ega bo’ladi.
Shunday  qilib,  o'lchash  natijalari  asosida  o ‘rtacha  qiymat, 
ya’ni  haqiqiysiga  eng  yaqin  (2.1)  qivmatni  aniqlash  mumkin 
ekan.  Ehtimollik  nazariyasi bu qiymatdan og'ishlam i belgilovchi 
kattaliklar  haqida  tushunchalar  beradi.
Har bir tajriba natijasini o'rtacha arifmetik qiymatdan og‘ishlari 
Дх,  -  x  -  xt  ifoda orqali aniqlanadi.  \x  qiymatlar alohida etlchash- 
ning  absolut  xafoligi  deb  ataladi.  Absolut  xatolikning  o ‘rtacha 
arifmetik qiymati quyidagi  ifodadan topiladi:
I  ^
(2.1)
n
(

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling