Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan


Download 271.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana11.11.2023
Hajmi271.78 Kb.
#1766538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs isshi

К
E


formula bilan ifodalanadi. Uning 
birinchi va ikkinchi qonunlari uchun 
96500
E J t
m
 

ifoda kelib chiqadi. Bu yerda E – 
moddaning kimyoviy ekvivalenti. Elektroliz vaqtida asosiy jarayondan tashqari 
turli qo’shimcha hodisalar ham sodir bo’lishi sababli ma‘lum miqdor elektr 
berilganida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning miqdorlari kamroq 
bo’ladi. Shunga ko’ra «elektroliz unumi» yoki «tokka nisbatan unum» degan 
tushuncha kiritilgan. 
%
100
1


m
m

bu yerda m
1
– amalda ajralib chiqqan modda miqdori, m – nazariy miqdor, ya‘ni
Binobarin: 
1
96500
100%
m
E J t



 
ga ega bo’linadi. 
Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va 
tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida yechib 
beradigan fan sifatida XVIII asrning o’rtalarida vujudga kelgan. Bunga birinchi 
bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u fizikaviy kimyo atamasini 
qo’llagan. 1751-yildan boshlab M. V. Lomonosov talabalarga fizikaviy kimyodan 
ma‘ruzalar o’qiydi va 1754-yili birinchi qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga 
kirish» va «Fizikaviy kimyodan tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur 
yozadi. U fizikaviy kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy 
operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizika 
qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir degan. M.V. 
Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining «modda massasi va 
energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V. Lomonosov, eritma – erigan 
modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro ta‘siri 
mahsulotidir – deydi [3].
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа bog’liqligini 
ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula to’g’risida tushuncha yaratib, 
96500
E J t
m
 



17 
molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd 
etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy kimyogar bo’lib tanildi. 1836-yili 
Rossiya olimi G.I. Gess kimyoviy reaktsiyalar vaqtida umumiy issiqlik effekti 
doimiy qiymatga ega bo’lib, u orqali reaktsiyalar issiqlik effektlarining yig’indisiga 
teng bo’lishi qonunini kashf etdi. Bu qonun fizikaviy kimyoda termokimyoning 
asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Rossiya olimlaridan N.N. Beketovning 1865-
yildan boshlab fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qishi, Bulerovning «Kimyoviy 
tuzilish nazariyasi»ni yaratishi hamda, 1869-yili D. I. Mendeleevning kimyoviy 
elementlar davriy qonunini va keyinroq gidratlar nazariyasini yaratishi fizikaviy 
kimyoning taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi. D.I. Mendeleev birinchi bo’lib 
qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kimyodan keng foydalanish kerakligini 
vazifa qilib qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi. Fizikaviy kimyoni 
rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U D.M. Mendelevning 
eritmalar gidrat nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning suvdagi eritmalarida 
ionlarning gidratlanish hodisasi va elektrolitik dissotsiatsiya jarayonlarida kimyoviy 
o’zaro ta‘sir ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi bo’lib, Moskva qishloq 
xo’jalik institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi va talabalarga 
ma‘ruzalar o’qiydi. Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham 
hissalari katta. Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha 
qonunlar kashf etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish nazariyasini yaratdi, P. 
Kyuri, M. Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V. 
Nernst termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo’ldi va hokazo. 
O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan X.R. 
Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar. Akademik 
X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarning fizikaviy 
kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qilishmoqda. 
O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. N. Nabiev va uning shogirdlari 
mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar [5]. 


18 
Ilgari aytib o‘tganimizdek, elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr 
tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o‘zining zaryadiga teng elektr tashiydi. Agar 
anion bilan kationni zaryadlar kattaligi bir xil bo‘lsa, ular baravar tezlik bilan 
xarakatlanayotgan bo‘lsa ham, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning 
tashigan elektr miqdoriga teng bo‘ladi. Tok berilgunga qadar ionlar turli yo‘nalishda 
tartibsiz xarakatda bo‘ladi; tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga 
xarakatlanadi. Bu tartibli xarakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo‘lgan 
molekulalari qarshilik ko‘rsatadi [9]. 
Ionlarning xarakatlanish tezligini aniqlashning turli usullari bor. Eng oddiy 
usul rangli ionlarning xarakatlanish tuzligini aniqlash usulidir. U-simon nayga ikkita 
elektrod taxminan 1/3 qismiga qadar kaliy xlorid eritmasi quyiladi, ajratgich 
voronkasiga esa ionlaridan biri rangli bo‘lgan tuz, masalan, kaliy permaganat 
KMnO

eritmasi quyiladi. Ajratgich voronka jo‘mragini sekin ochib. U-simon nayga 
elektrodlar kaliy xlorid eritmasiga botgunga qadar pastdan KMnO
4
permaganat 
eritmasi qiritiladi. Bunda ikkala eritma orasida chegara aniq bilinib turishi kerak. 
So‘ngra elektrodlarga o‘zgarmas elektr toki berilsa, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin 
ajralish chegarasi ko‘tariladi. Shundan keyin U-simon nayning ikkala tirsagidagi 
eritmalar chegarasi orasidagi farq (sm hisobida) o‘lchab olinadi va shunga ketgan 
vaqt aniqlanadi. Ionning harakatlanish tezligi quyidagicha topiladi:
4
/
MnO
h
W
sm s
t

bunda h - chegaralar farqi, t - vaqt, sekund hisobida. 
Bu metodning aniqlik darajsi yuqori bo‘lmaganligi sababli kam qo‘llaniladi. 
Ionlarning xarakatlanish tezligi, odatda elektr o‘tkazuvchanlik asosida hisoblab 
topiladi. Hisoblashda, ko‘pincha, ionlarning absolyut tezligidan foydalaniladi. 
Elektrodlar orasidagi masofa eritma sm, potensiallar ayirmasi eritma v bo‘lganda, 
ionning eritma sekundda sm hisobida bosgan yo‘li ionning absolyut tezligi deyiladi. 
Quyidagi 1-jadvalda ba’zi ionlarning 18
0
S dagi absolyut tezliklari qiymati 
keltirilgan. 

Download 271.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling