Bunday belgi sifatida jismning hajmi tanlab olingan va uning 0° dagi qiymati V0 ga teng deb faraz qilamiz. So’ngra usha jismning o’zini atmosfera bosimi ostida kaynayotgan suv bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, bu holatda uning temperaturasi 100° ga teng deb olamiz va unga mos keladigan V100 hajmni aniqlaymiz. Bu tanlab olgan temperatura belgisi (bu misolda — hajm) temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi deb hisoblab, termometrik jismning hajmi V bo’lgan holatda uning temperaturasi quyidagiga teng bo’ladi deb yozish mumkin. SHu tariqa topilgan temperatura shkalasi ma’lumki, Selsiy shkalasi deb ataladi. Temperaturani o’lchash uchun hajm emas, balki biror boshqa belgi olinganda ham yuqoridagiga o’xshash fikrni aytish mumkin. Temperaturani aytib o’tilgan usul bilan darajalab olib, undan temperaturani o’lchash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun termometrni temperaturasi o’lchanayotgan jism bilan issiqlik muvozanati holatiga keltirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |