Fizioterapiya
Download 59.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizioterapiya - Vikipediya
Fizioterapiya Fizioterapiya (yun. physis tabiat va therapy — davolamoq) — klinik tibbiyotning bir sohasi; tabiiy (kuyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sunʼiy fizik omillar (elektr toki, magnit maydoni, sunʼiy yorugʻlik manbalari, ultratovush va boshqalar) taʼsiri mexanizmini oʻrganadi va ularni davolashprofilaktika maqsadida qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Qad. Sharq mamlakatlari, xususan, Yunoniston va Qad. Rimda tabiiy omillardan (ayniqsa, quyosh, maʼdanli suv) davo maqsadida foydalanilgan. 18-asrga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki kashf etilishi tufayli F., asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi. Keyinchalik galvanik tok (galvanizatsiya, elektroforez), asimmetrik oʻzgaruvchi tok (franklinizatsiya), yukrri chastotali tok (darsonvalizatsiya, diatermiya) kabi fizik omillar kashf etilib, davo amaliyotida qoʻllanila boshlandi. F. tibbiyotning ilmiyamaliy maxsus boʻlimi sifatida rivojlandi. I.M.Sechenov, N.Ye.Vvedenskiy, I. P. Pavlov ishlarida F.ning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy F.ning keyingi rivojiga Oʻzbekistonda M.Faybushevich, Ya.K.Moʻminov, R.A.Katsenovich, Z.A.Dolimov va boshqalar katta qissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda Oʻzbekiston olimlari (N. M. Majidov, K. I. Yoʻldoshev, A.L.Alyavi, S.N. Bobojonov, G.A.Sodiqova, M.Yu.Aliaxunova, Z.R.Zunnunov va boshqalar) tomonidan gidroaeroionizatsiya, ultratovush, quyosh va sunʼiy qizil impulsli hamda kogerent nurlari, iqlim, maʼdanli suvlar, bishofit, bentonit, magnit, shifobaxsh oʻsimliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. F.da davolash maqsadida tashqi muhitning tabiiy (landshaft, iklim, yoruglik, suv, peloidlar) va sunʼiy fizik omillari (elektr va mexanik energiyaning oʻzgartirilgan usuli) ishlatiladi. Fizik omillar odamga uning butun evolyutsion taraqqiyoti davomida taʼsir etgan. Shuning uchun fizioterapevtik davo tadbirlari dori moddalariga qaraganda organizmga fiziologik jihatdan koʻproq ijobiy taʼsir etadi va noxush oʻzgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapevtik omillar organizmga eng kichik dozada berilganda aʼzolar maxsus himoya tizimi, yalligʻlanishga qarshi jarayonlarni tiklab, katta terapevtik samaraga erishishi mumkin. Fizik omillarning aʼzolarga taʼsiri zamirida tanada hosil boʻluvchi maxsus biokimyoviy reaksiyalar yotadi. Fizioterapevtik muolajalardan nafas, yurakqon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, boʻgʻim, nerv tizimlari va boshqa xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi. Zamonaviy F.da past, yuqori, ultrayukrri va oʻrta yuqori chastotali magnit, elektr va elektromagnit maydonlaridan (induktotermiya, UYUCH — terapiya va boshqalar), turli yorugʻlik nurlari (infraqizil nurlaridan tortib ultrabinafsha va monoxromatik kogerent lazer nurlarigacha), mexanik tebranishlar (infratovushlardan ultratovushlargacha) va boshqa dan ham foydalaniladi. Keng qoʻllaniladigan fizioterapevtik omillarga galvanizatsiya, dorili elektroforez, elektrouyqu, DDT, interferens tok, amplipuls terapiya, flyuktorizatsiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya, ultratovushli terapiya kiradi. Undan tashqari, iqlim bilan davolash, aeroterapiya, gelioterapiya, talassoterapiya, psammoterapiya, tuzli gʻor, gidroterapiya, shifobaxsh loy bilan davolash, mexanoterapiya va boshqa tabiiy fizioterapevtik omillardan hisoblanadi. Hozirgi Oʻzbekistonda Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti va uning Termiz filiali, shuningdek, tibbiyot intlarining fizioterapiya kafedralarida katta ilmiy izlanishlar olib borilmokda. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fizioter apiya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Soʻnggi tahrir 10 kun avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Fizioterapiya&oldid=2839162 " dan olindi Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling