Fizioterapiya


Download 59.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.06.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1651536
Bog'liq
Fizioterapiya - Vikipediya



Fizioterapiya
Fizioterapiya (yun. physis tabiat va therapy — davolamoq) — klinik tibbiyotning bir sohasi;
tabiiy (kuyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sunʼiy fizik omillar (elektr toki, magnit
maydoni, sunʼiy yorugʻlik manbalari, ultratovush va boshqalar) taʼsiri mexanizmini oʻrganadi va
ularni davolashprofilaktika maqsadida qoʻllash usullarini ishlab chiqadi.
Qad. Sharq mamlakatlari, xususan, Yunoniston va Qad. Rimda tabiiy omillardan (ayniqsa, quyosh,
maʼdanli suv) davo maqsadida foydalanilgan. 18-asrga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki
kashf etilishi tufayli F., asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi. Keyinchalik galvanik tok
(galvanizatsiya, elektroforez), asimmetrik oʻzgaruvchi tok (franklinizatsiya), yukrri chastotali
tok (darsonvalizatsiya, diatermiya) kabi fizik omillar kashf etilib, davo amaliyotida qoʻllanila
boshlandi.
F. tibbiyotning ilmiyamaliy maxsus boʻlimi sifatida rivojlandi. I.M.Sechenov, N.Ye.Vvedenskiy, I. P.
Pavlov ishlarida F.ning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy F.ning keyingi rivojiga
Oʻzbekistonda M.Faybushevich, Ya.K.Moʻminov, R.A.Katsenovich, Z.A.Dolimov va boshqalar
katta qissa qoʻshdilar.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston olimlari (N. M. Majidov, K. I. Yoʻldoshev, A.L.Alyavi, S.N. Bobojonov,
G.A.Sodiqova, M.Yu.Aliaxunova, Z.R.Zunnunov va boshqalar) tomonidan gidroaeroionizatsiya,
ultratovush, quyosh va sunʼiy qizil impulsli hamda kogerent nurlari, iqlim, maʼdanli suvlar, bishofit,
bentonit, magnit, shifobaxsh oʻsimliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik
muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. F.da davolash maqsadida
tashqi muhitning tabiiy (landshaft, iklim, yoruglik, suv, peloidlar) va sunʼiy fizik omillari (elektr va
mexanik energiyaning oʻzgartirilgan usuli) ishlatiladi.
Fizik omillar odamga uning butun evolyutsion taraqqiyoti davomida taʼsir etgan. Shuning uchun
fizioterapevtik davo tadbirlari dori moddalariga qaraganda organizmga fiziologik jihatdan


koʻproq ijobiy taʼsir etadi va noxush oʻzgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapevtik omillar
organizmga eng kichik dozada berilganda aʼzolar maxsus himoya tizimi, yalligʻlanishga qarshi
jarayonlarni tiklab, katta terapevtik samaraga erishishi mumkin. Fizik omillarning aʼzolarga taʼsiri
zamirida tanada hosil boʻluvchi maxsus biokimyoviy reaksiyalar yotadi. Fizioterapevtik
muolajalardan nafas, yurakqon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, boʻgʻim, nerv tizimlari va boshqa
xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi.
Zamonaviy F.da past, yuqori, ultrayukrri va oʻrta yuqori chastotali magnit, elektr va
elektromagnit maydonlaridan (induktotermiya, UYUCH — terapiya va boshqalar), turli yorugʻlik
nurlari (infraqizil nurlaridan tortib ultrabinafsha va monoxromatik kogerent lazer nurlarigacha),
mexanik tebranishlar (infratovushlardan ultratovushlargacha) va boshqa dan ham foydalaniladi.
Keng qoʻllaniladigan fizioterapevtik omillarga galvanizatsiya, dorili elektroforez, elektrouyqu,
DDT, interferens tok, amplipuls terapiya, flyuktorizatsiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya,
ultratovushli terapiya kiradi.
Undan tashqari, iqlim bilan davolash, aeroterapiya, gelioterapiya, talassoterapiya,
psammoterapiya, tuzli gʻor, gidroterapiya, shifobaxsh loy bilan davolash, mexanoterapiya va
boshqa tabiiy fizioterapevtik omillardan hisoblanadi.
Hozirgi Oʻzbekistonda Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti va uning Termiz
filiali, shuningdek, tibbiyot intlarining fizioterapiya kafedralarida katta ilmiy izlanishlar olib
borilmokda.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fizioter
apiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


 
Soʻnggi tahrir 10 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Fizioterapiya&oldid=2839162
" dan olindi

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling