Флаг Узбекистана — наряду с гербом и гимном — является официальным государственным символом Республики Узбекистан
Download 29.5 Kb.
|
Flag uzbekistana
TARJIMAI HOL Men Bobojonov Sanjarbek Alisher o’g’li 1998-yil 11-martda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilganman. Millatim o’zbek, ma’lumotim o’rta-maxsus. Ona – tilim – o’zbek tili. Men 2005-yil sentabr oyida Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 38-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o’qishga qabul qilindim. 2009-yil ushbu maktabni 4-sinfini tamomlab, shu yili Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 7-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 5-sinfni davom ettirdim. Ushbu maktabni 2014-yil iyun oyida 9-sinfini tugatdim. 2014-yil iyun oyidan sentabr oyigacha vaqtincha hech qayerda ishlamasdan ota – onam qaramog’ida yashab, uy-ro’zg’or ishlariga yordamlashib keldim. 2014-yil sentabr oyida Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Xonqa sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejiga o’qishga qabul qilindim. Hozirda shu kollejning 3-bosqich talabasiman. Harbiy xizmatga majburman, chaqiriluvchiman. Uylanmaganman. Otam: Rajabov Alisher Bobajonovich, 1968-yil 11-martda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek, ma’lumoti oliy. Hozirda Xorazm viloyati IIB YHXB boshlig’i o’rinbosari. Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Muqaddas” mahallasi Tinchlik ko’chasi 64-uyda yashaydi. Onam: Avezova Muqaddas Djumaniyazovna, 1968-yil 31-yanvarda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek, ma’lumoti oliy. Hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi. Xorazm viloyati Xonqa tumani Nafosat ko’chasi 12-uyda yashaydi. Opam: Bobojonova Intizor Alisher qizi, 1995-yil 22-noyabrda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek, hozirda Urganch Davlat universitetida 2-bosqich talabasi. Xorazm viloyati Xonqa tumani Nizomiy ko’cha 17a-uyda yashaydi. Singlim: Bobojonova Sevara Alisher qizi 2009-yil 11-yanvarda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek, hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-sinf o’quvchisi. Xorazm viloyati Xonqa tumani Nizomiy ko’cha 17a-uyda yashaydi. Men va mening yaqin qarindoshlarim orasida jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilganlar yo’q va sudlanmaganlar. Chet el fuqaroligida bo’lmaganlar va yashamaganlar. Men hozirda ota – onam bilan birga Xonqa tumani “Muqaddas” mahallasi Tinchlik ko’chasi 64-uyda yashab kelmoqdaman. / / Bobojonov Sanjarbek Alisher o’g’li __ ______ 2016 yil Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling