Flash mx da oddiy harakatlarni hosil qilish
Download 199.94 Kb.
|
FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish
FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish Flash da animatsiyalarni o`rganishni eng sodda harakatlarni ko`rishdan boshlaymiz. 1-misol. Dastlab biror chizilgan ob’ektni bir koordinatadan boshqa koordinataga harakat bilan o`tkazish jarayoni bilan tanishib chiqamiz: o File > Newbuyrug’ini berish bilan yangi ish maydoni hosil qilamiz. o ish maydonidagi yagona qatlam (layer) ning birinchi kadrini sichqon chap tugmasi bilan bosib belgilaymiz. o endi sichqonni Tools paneliga olib kelib chizish uchun mo`ljallangan ixtiyoriy uskunani tanlaymiz. o sichqon yordamida ixtiyoriy rasm chizamiz. o qatlamning kadri ustiga sichqon ko`rsatgichini qo`yib, o`ng tugmasini bosamiz. Hosil bo`lgan menyudan CreateMotionTweenbuyrug’ini beramiz. 321 o sichqon ko`rsatkichini bir nechta kadrdan keyinga qo`yib Insert Keyframe buyrug’i beriladi. Xuddi shu Keyframe ni belgilagan holatda rasmni o`zini kerakli koordinataga o`tkazamiz. Buning uchun Properties menyusidan X va Y koordinatalarini o`zgartiramiz. o harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi. Natijada dastlabki nuqtada turgan rasm biroz vaqt ichida boshqa koordinataga o`tadi. Flash da ob’ektni bir koordinatadan boshqasiga o`tkazish; 2-misol. 1-misolni biroz o`zgartirsak, shu ob’ektni kattalashganini kuzatishimiz mumkin: o yuqoridagi misolning 5 ta qadamini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi uzgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz. o natijada rasm belgilanadi, rasmni kattalashtiramiz. Buning uchun Properties panelidan W:va H: qiymatlarini kattalashtiramiz. o harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi. Natijada aylana harakatlanib boshqa koordinataga o`tish bilan kattalashib boradi. 3-misol. Navbatdagi misolda esa xuddi 1-misoldagi chizilgan shar boshqa koordinataga o`tishi bilan rangi o`zgarib boradi. Buning uchun quyidagi ketmaketlik bajariladi: 322
o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz. o natijada rasm belgilanadi, keyin Properties panelidan Color ro`yxatidan Advanced buyrug’i beriladi. o ekranda hosil bo`lgan Advanced Effect oynasidan o`zimizga kerakli rang ko`rsatgichlarini tanlab OK tugmasini bosamiz. o harakatni ko`rish uchun Control > Test Movie buyrug’i beriladi. 4-misol. Endigi misolda ob’ektlarni harakatlanish bilan biror burchakka burilishi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bilan tanishib chiqamiz: o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz. o natijada rasm belgilanadi, Modify > Transform > Scale and Rotatebuyrug’i beriladi. o ekranda hosil bo`lgan Scale and Rotate muloqot oynasida tegishli burchak qiymatini ko`rsatib, OK tugmasini bosamiz. o ko`rsatilgan burchakka rasm buriladi Download 199.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling