Flash mx da oddiy harakatlarni hosil qilish


Download 199.94 Kb.
Sana10.10.2020
Hajmi199.94 Kb.
#133275
Bog'liq
FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish


FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish
Flash da animatsiyalarni o`rganishni eng sodda harakatlarni ko`rishdan

boshlaymiz.

1-misol. Dastlab biror chizilgan ob’ektni bir koordinatadan boshqa

koordinataga harakat bilan o`tkazish jarayoni bilan tanishib chiqamiz:

o File > Newbuyrug’ini berish bilan yangi ish maydoni hosil qilamiz.

o ish maydonidagi yagona qatlam (layer) ning birinchi kadrini sichqon

chap tugmasi bilan bosib belgilaymiz.

o endi sichqonni Tools paneliga olib kelib chizish uchun mo`ljallangan

ixtiyoriy uskunani tanlaymiz.

o sichqon yordamida ixtiyoriy rasm chizamiz.

o qatlamning kadri ustiga sichqon ko`rsatgichini qo`yib, o`ng tugmasini

bosamiz. Hosil bo`lgan menyudan CreateMotionTweenbuyrug’ini beramiz.

321

o sichqon ko`rsatkichini bir nechta kadrdan keyinga qo`yib Insert



Keyframe buyrug’i beriladi. Xuddi shu Keyframe ni belgilagan holatda rasmni

o`zini kerakli koordinataga o`tkazamiz. Buning uchun Properties menyusidan X va

Y koordinatalarini o`zgartiramiz.

o harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi.

Natijada dastlabki nuqtada turgan rasm biroz vaqt ichida boshqa koordinataga

o`tadi.




Flash da ob’ektni bir koordinatadan boshqasiga o`tkazish;

2-misol. 1-misolni biroz o`zgartirsak, shu ob’ektni kattalashganini

kuzatishimiz mumkin:

o yuqoridagi misolning 5 ta qadamini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi

uzgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.

o natijada rasm belgilanadi, rasmni kattalashtiramiz. Buning uchun

Properties panelidan W:va H: qiymatlarini kattalashtiramiz.

o harakatni ko`rish uchunControl > Test Movie buyrug’i beriladi.

Natijada aylana harakatlanib boshqa koordinataga o`tish bilan kattalashib

boradi.

3-misol. Navbatdagi misolda esa xuddi 1-misoldagi chizilgan shar boshqa

koordinataga o`tishi bilan rangi o`zgarib boradi. Buning uchun quyidagi ketmaketlik bajariladi:

322


o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi

o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.

o natijada rasm belgilanadi, keyin Properties panelidan Color ro`yxatidan

Advanced buyrug’i beriladi.

o ekranda hosil bo`lgan Advanced Effect oynasidan o`zimizga kerakli rang

ko`rsatgichlarini tanlab OK tugmasini bosamiz.

o harakatni ko`rish uchun Control > Test Movie buyrug’i beriladi.

4-misol. Endigi misolda ob’ektlarni harakatlanish bilan biror burchakka

burilishi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bilan tanishib

chiqamiz:

o 1-misoldagi birinchi 5 ta bandini bajarib bo`lgach, rasmning koordinatasi

o`zgargan kadr ustiga sichqon tugmasini bosish bilan belgilaymiz.

o natijada rasm belgilanadi, Modify > Transform > Scale and Rotatebuyrug’i

beriladi.

o ekranda hosil bo`lgan Scale and Rotate muloqot oynasida tegishli burchak

qiymatini ko`rsatib, OK tugmasini bosamiz.



o ko`rsatilgan burchakka rasm buriladi
Download 199.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling