Flesh-xotiraning ishlash prinsipi
“Suzuvchi” qulfda zaryad mavjud bo‘l-magan paytda musbat maydon ta’siri ostida boshqariluvchi qulfda, “istok” va “stok” o‘rtasidagi taglikda n-kanal paydo bo‘ladi va ular o‘rtasida kuch-lanish yuzaga keladi (2-rasm).
“Suzuvchi” qulfda zaryadning mavjud bo‘lishi tranzistorning volt-amper ko‘rsatkichlarini shunday o‘zgartira-diki, natijada axborotni oddiy o‘qish uchun kanal paydo bo‘lmaydi va “istok” va “stok” o‘rtasida kuchlanish yuzaga kelmaydi (3-rasm).
Dasturlashtirishda “stok” va boshqa-riluvchi “qulf” ga yuqori kuchlanish beriladi (odatda qiymati ikki marta katta). «Qaynoq» elektronlar kanaldan suzuvchi qulfga qarab “injeksiya” ga kirishishi tufayli tranzistorning volt-amper ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Bunday elektronlarga ular potensial to‘siqdan oshib o‘tishi uchun yetarli bo‘lgan yuqori energiyaga ega bo‘lganligi sababli “qaynoq” elektronlar deb atashadi (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |