Florensiya va Venetsiya xalqaro munosabatlar tizimida (XII-XV)

Download 13.57 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi13.57 Kb.
#1330422
1   2   3   4   5
Bog'liq
Florensiya va Venetsiya xalqaro munosabatlar tizimida (XII-XV)-www.hozir.org

XV asrda Florensiya va boshqa shaharlarda eksportga ishlaydigan shoyi sanoati rivojlanadi. Venetsiya va Genuya kemasozligida ham yirik manufaktura korxonalari paydo bo’ladi. Manufakturalarda asosiy ischi kuchini yollanma ishchilar tashkil qilgan. Mehnat qo’lda bajarilganligi uchun ilk kapitalistik ishlab chiqarish manufaktura deyilgan (lotinchamanus – qo’l , fakere – qilmoq) XIV-XV asrlardagi Italiya manufakturalari ilk kapitalistik korxona bo’lgan. Ishchilarning ish vaqti 14-16 soat davom etgan. Ular boshqa shahardan taklif qilingan kuzatuvchi nazorati ostida ishlaganlar. Ishchilar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo’lmaganlar

Italiya shaxarlarixalqaro munosabatlar tizimida

Italiya diplomatiya va xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Italiyada shaharlar qolgan Evropaga nisbatan ertaroq rivoj topgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu mamlakat tarqoq bo‘lib qolaverdi. Shimoliy va qisman O‘rta Italiya shaharlari, atrofidagi erlarni o‘ziga bo‘ysundirib, shahar davlatlarga aylanishdi. Ular Evropaning iqtisodiy xayotida muhim rol o‘ynardilar, Sharq bilan savdoni olib borishda vositachilik qilardilar. Italiya shaharlari orasida Venetsiya, Genuya, Milan, Florensiya kabi qudratlisi osiy markazlar birinchi o‘ringa chiqdi.

Italiya shaharlari turli mamlakatlar bilan jumladan, Yaqin Sharq bilan,chaqqon savdo qilishardi. Italiyaning savdo shaharlari horijdagi fuqarolarining manfaatlarini konsullik xizmatini tashkil etish yo‘li bilan himoya qilishdi. Bu jihatdan salib yurishlari va salibchilar tomonidan Suriya va Falastinda o‘z davlatlariga asos solishi muhim rol o‘ynaydi. Salibchilar Venetsiya, Genuya, Pizadan katta yordam olishdi. Sharqiy savdoda ulkan rol o‘ynagan Levant sohili ushbu shaharlar kuchi bilan zabt etildi. Buning evaziga o‘ljaning yirik ulushi Italiya shaharlariga berildi. Ular deyarli har bir shaharda kvartalga (shaharning bir qismi) ega bo‘lishdi va bir qancha italyan koloniyalarini (biror mamlakatda yoki shaharda boshqa mamlakat yoki shahardan ko‘chib kelib o‘rnashgan jamoa) tashkil etishd.Ushbu koloniyalar maxsus boshqaruvga ega bo‘lib, ma’muriyat va sudning umumiy tizimidan istisno qilingandilar. 

Download 13.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling