yoki bu mamlakatlarni, materiklarni tarixi asosiy rol
o’ynaydi. Shuning
uchun har bir oblast tabiiy geografik sharoiti jihatdan bir-biridan keskin
farq qiladigan biosenozlarni (organizmlar jamoasi)
o’z ichiga olishi
mumkin (masalan tropik
o’rmonlar va saxrolarni). Shu bilan bir vaqtda
o’z xususiyatlari bilan o’xshash bo’lgan biosenozlar, masalan sohro
biosenozlari turli oblastlar tarkibiga kirishi mumkin. Ammo rayonlarni
faunistik va floristik
bo’linishini maydalashib borishi bilan, ularni
ajratishda geografik muhitni xususiyatlari
ko’proq ahamiyat kasb etadi.
Dunyo
okeaniga
kelganda
unda
keskin
chegarani
yo’qligi, o’tib
bo’lmaydigan to’siqlarni yo’qligi va sharoitni asta-sekin almashinishi
shunga sabab
bo’lmoqdaki, u yerda eng yirik taksonomik birlik bo’lgan
oblast ham,
ko’p jihatdan ma’lum zonalar bilan mos keladi yoki bir
qancha zonalarni
o’z ichiga oladi.
Oblastlar, podoblastlar, provinsiyalar, okruglar va uchastkalar
o’rtasidagi
chegaralar keskin chiziq
bo’lmasdan, kengish polosadan iboratdir. Ular
tog’lardan va qirg’oq bo’ylab o’tganda aniqroq bo’lib, tekislikdan va
dengizlardan
o’tgan vaqtda noaniqdir.
Floristik oblastlar.
Yer sharida oltita floristik oblast: gollarktik, poleotropik, neotropik,
Avstraliya, Kap va Antarktida oblastlari ajratiladi. Golarktik oblast
territoriyasi
jihatdan
eng
katta
Do'stlaringiz bilan baham: |