Flyuorimetr-fluoressensiya jadalligini o’lchash spektral asbobi
Download 14.26 Kb.
|
optik asboblar
SPEKTROMETR-spektr va yunoncha metreo-o’lchayman- 1) biror fizik kattalikning qandaydir parametr bo’yicha taqsimot funksiyasini o’lchash asbobi; 2) optik spektrlarni nurlanishning fotoelektrik qabul qilgichlari yordamida o’lchash asbobi. BIKO’ZGU-nuqtaviy manbadan chiqqan yorug’lik 1800 dan kichikroq burchak ostida joylashgan ikkita ko’zgudan qaytib, yorug’likning kogerent dastasini hosil qiluvchi asbob. BILINZA-nuqtaviy manbadan chiqqan yorug’likning bitta yig’uvchi linzani kesishi natijasida bir-biridan biroz ajratilgan ikkita yarim linza yordamida kogerent yorug’lik dastasi hosil qiluvchi asbob. BIPRIZMA-nuqtaviy manbadan chiqqan yorug’likning kichik sindirish burchakli, aosolari tutashtirilgan ikki prizma yordamida ikki dastaga ajratish orqali kogerent yorug’lik dastalari hosil qiluvchi asbob. EPIDIASKOP-yunoncha epi-ustida, dia-orqali va skopeo-qarayman-ekranda ham shaffof, ham noshaffof buyumlarning tasvirini hosil qilish imkonini beruvchi uyg’unlashtirilgan proyeksion asbob. EPISKOP-ekranda noshaffof buyumlarning tasvirini hosil qilish imkonini beruvchi proyeksion qurilma. INTERFEROMETRI-elektromagnit nurlanishning ko’rinuvchi, infraqizil va santimetrli diapazonlarida spektrlarni tahlil qilish uchun ishlatiladigan ko’p nurli interferometr. FLYUORIMETR-fluoressensiya jadalligini o’lchash spektral asbobi. FLYUOROMETR-fluoressensiyaning so’nish vaqtini o’lchash asbobi. FOSFOROSKOP-fosforessensiya jadalligining davomiyligini va vaqtga bog’lanishini aniqlash uchun ishlatiluvchi asbob . FOTOMETR-yunoncha photos-yorug’lik va metreo-o’lchayman-yorug’lik maydonini tavsiflovchi kattaliklarni o’lchash asbobi. GAMMA SPEKTROMETR-gamma nurlanish spektrlarini o’lchash asbobi. INTERFERENSIYA ZARRABINI (MIKROSKOP)-shaffof buyumlarni interferensiyaviy zidma-zidlik usuli bilan kuzatishga asoslangan optik asbob. INTERFEROMETRto’lqinlarning interferensiyasi hodisasi asosida ishlaydigan o’lchash asbobi KOLLIMATOR - lot. collineo – to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltiraman - parallel nurlar dastasi hosil qilish optik qurilmasi KONTAKT LINZA-ko’rinishni sozlashga mo’ljallangan, bevosita ko’z shox pardasiga kiydirilib, unda tutinish kuchlari hisobiga ushlanib turiladigan ko’zoynak linza. LYUKSMETR-lot. lux–yorug’lik va yunon. metreo –o’lchayman-yoritilganlikni o’lchash asbobi. MAYKELSON INTERFEROMETRI-yorug’lik to’lqin uzunligini va uning spektral tarkibini o’lchash uchun qo’llaniladigan ikki nurli optik asbob. METALLOGRAFIK MIKROSKOP-turli sirtlarni qaytuvchi yorug’likda kuzatish optik asbobi. MIKROFOTOMETRoshkorlangan (ochiltirilgan) fotomateriallarning kichik qismlaridagi qorayishning optik zichligini o’lchash asbobi. MONOXROMATOR-ko’rinuvchi, infraqizil yoki ultrabinafsha nurlanish to’lqin uzunliklarining tor intervallarini ajratish asbobi. RAVSHANLIK O’LCHAGICH-ravshanlikni o’lchashda ishlatiladigan optik asbob. SPEKTROGRAF-spektr va yunoncha grapho-yozaman-asbob optik tizimining fokal tekisligida yoyilgan barcha nurlanish spektrlarini bir vaqtda qayd qilish asbobi. SPEKTROMETR-spektr va yunoncha metreo-o’lchayman- 1) biror fizik kattalikning qandaydir parametr bo’yicha taqsimot funksiyasini o’lchash asbobi; 2) optik spektrlarni nurlanishning fotoelektrik qabul qilgichlari yordamida o’lchash asbobi. Download 14.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling