Foiz konsentratsiya (eritmaning massa ulushi )
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-7-8-amaliy konsentratsiya (1)
26. 150 g 60% li sulfat kislota eritmasidan 20% li
eritma tayyorlash uchun necha millilitr suv kerak? A) 100 B) 200 C) 300 D) 400 27. 93 g natriy oksid necha ml suvda eritilganda, 20% li o’yuvchi natriy eritmasi hosil bo’ladi? A) 504 B) 519 C) 590 D) 599 28. 23 g natriy 78 g suv bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’lgan ishqor eritmasidagi natriy gidroksidning massa ulushini (%) hisoblang. A) 36 B) 23 C) 40 D) 45 29. Sulfat kislotaning 25% li 500 g eritmasini tayyorlash uchun 98% li sulfat kislota va suvdan qancha miqdorlarda olinishi kerakligini aniqlang. A) 125 g kislota, 375 g suv; B) 130 g kislota, 370 g suv; C) 133 g kislota, 367 g suv; D) 127,6 g kislota, 372,4 g suv. 30. Magniy xloridning massa ulushi 0,04 bo’lgan 400 g eritmasiga 400 g suv qo’shildi. Eritmadagi magniy xloridning massa ulushini (%) toping. A) 32 B) 8 C) 16 D) 4 31. Massa ulushi 0,2 bo’lgan osh tuzining 200 g eritmasiga 40 g tuz qo’shildi. Eritmadagi osh tuzining massa ulushini toping. A) 0,25 B) 0,40 C) 1,0 D) 0,33 32. Suvsiz sulfat kislotada erigan sulfat angidridning 20% li eritmasini hosil qilish uchun 1 kg massadagi 94,6% li sulfat kislotada qanday massadagi sulfat angidridni eritish kerak? A) 205,6 B) 488 C) 550 D) 240 33. Suvsiz sulfat kislotaning 300 g miqdorida 15% li sulfat angidrid eritmasini hosil qilish uchun talab etiladigan oltingugurt massasini hisoblang. A) 18 B) 83,3 C) 36 D) 7 34. Massasi 120 g bo’lgan 15% li sulfat kislota eritmasiga 12 g oltingugurt (VI) oksid qo’shilganda hosil bo’lgan eritmadagi moddaning massa ulushini (%) hisoblang. A) 20,2 B) 22,7 C) 24,8 D) 27,0 35. Hajmi 139 ml bo’lgan 91% li sulьfat kislota eritmasi (ρ=1,8 g/ml) ga qanday massada (g) oltingugurt (VI) oksid yuttirilganda, eritmadagi kislotaning massa ulushi 98% ga bo’ladi? A) 71,5 B) 227,7 C) 245,2 D) 7 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling