Follow-on Public Offering, fpo
O’zgaruvchan foiz stavkasi
Download 4.03 Mb.
|
18-mavzu (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Foizlarning o’rtacha qiymatlari
3. O’zgaruvchan foiz stavkasi
1-misol. Mamlakatdagi real iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, bank bir yilga 10 mln sh.b. miqdorida kredit berish uchun quyidagi shartlarni qo’ydi: dastlabki 60 kun uchun kredit foizi 20% ni tashkil qiladi; keyingi 60 kun uchun 22%, keyingi 60 kun uchun 24%, keyingi 60 kun uchun 26%, keyingi 60 kun uchun 28% va qolgan 65 kun uchun 30%. Bankka qaytarilgan summani aniqlang. Agar t1 – r1 kredit foizi qo’llaniladigan kreditning 1-davri davomiyligi, r2 kredit foizi qo’llaniladigan 2-davr davomiyligi t2 va hokazo bo’lsa, u holda qaytariladigan summani quyidagicha aniqlash mumkin: 2-misol. Tovarning narxi 40% ga, keyin yana 25% ga kamaydi. Tovarning narxi boshlang’ich narxga nisbatan necha foizga kamaygan? Pasayish foizlari r1 = 40% va r2 = 25% ga teng bo’lgani uchun, pasayish indeksi i1 = 0,4 va i2 = 0,25 ni tashkil qiladi. Tovarning yangi qiymati (1 - 0,4)(1 - 0,25) = 0,45 ni yoki eski narxning 45% ini tashkil qiladi, shuning uchun tovar narxi 100 – 45 = 55% ga kamaydi. 3-misol. Birinchi oyda tovar narxi 25% ga oshdi va ikkinchi oyda avvalgi darajasiga qaytdi. Tovarning yangi narxi necha foizga kamaydi? Agar tovar narxi 100 sh.b. bo’lsa, qimmatlashgandan so’ng uning narxi 100*(1+0,25) = 125 sh.b. bo’lgan, keyin esa arzonlagandan so’ng yana 100 sh.b. bo’lib qolgan, ya’ni, uning narxi ga kamaygan. 4-misol. Bir yil mobaynida tovarning so’mdagi narxi 500% ga, xuddi shu tovarning dollardagi narxi esa 20% ga oshdi. Dollarning so’mga nisbatan kursi necha foizga o’zgargan? Tovar narxi R so’m, keyin esa (6R) so’m, ya’ni, uning qiymati 500% yoki 6 martaga oshgan deb olsak, u holda dollar ekvivalentida tovar avval D $, keyin esa (1,2D) $ bo’lgan. Ayonki, inflyatsiyaga qadar dollarning so’mga nisbatan kursi ni, inflyatsiyadan so’ng ni tashkil qilgan. O’z navbatida, dollarning so’mga nisbatan kursi ni tashkil qilgan yoki 400 foizga oshgan. 4. Foizlarning o’rtacha qiymatlari Moliyaviy operatsiyalarda keng qo’llaniladigan o’rtacha qiymatlarning ayrim turlarni ko’rib chiqamiz. O’rtacha qiymatlar mavjud axborotni kamaytirishga imkon beradi. Masalan, agar sanoatda n kishi ishlasa va har bir xodim bo’yicha uning daromadlari αi (i =1, n) to’g’risida ma’lumot bo’lsa, u holda o’rta arifmetik deb ataluvchi qiymatni hisoblash yo’li bilan tarmoqlar bo’yicha o’rtacha ish haqini aniqlash mumkin: (5) Bundan tashqari, o’rta geometrik kabi kattalikdan ham foydalanish mumkin. Masalan, n yilning har biri uchun αi inflyatsiya indekslari bo’yicha ma’lumot mavjud deb faraz qilaylik (i =1, n). αi i-yil oxiridagi narx darajasining yil boshidagi narx darajasiga nisbati bo’lganligi bois, butun n yil mobaynida daraja (α1, α2 … , αn) marta oshadi. Shuning uchun narxlarning o’rtacha yillik indeksini aniqlash uchun o’rta geometrikdan foydalanish yaxshiroq: Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling