Ma'lum bo'ladiki, o'zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch(tor, o'rta, keng) va ikki a'zoli ziddiyatni (lablanmagan,lablangan), ikki belgi (,, tilning ko'tarilish darajasi'' va ,,lablanganlik -lablanmaganlik'') asosida a'zoli ziddiyatni hosil qiladi.
Undosh fonemalar paradigmasi
Kuchli ziddiyatdagi undosh fonemalarni farqlovchi asosiy belgi quyidagilar hisoblanadi:
a) hosil bo'lish o‘rniga ko‘ra;
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra.
Hozirgi o‘zbek tilida 24 ta undosh fonema boiib, ulami yuqorida sanab o‘tilgan belgilari bilan ko‘ish mumkin
Boshqa sath birliklarida bo'lgani kabi, fonemalaming asosiy belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmaganlarga ajraladi. Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo'lmagan belgi — korrelyativ belgi. Masalan, [b]-[p] zidlanishda jarangli-jarangsizlik korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ . bo‘lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, [h] undoshda jarangsizlik belgisi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |