Fonetik hodisalar


Download 0.9 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1346055
Bog'liq
doira

Qarshi Xalqaro Innovatsion instituti MT-22-01 guruhi talabasi Allaberdiyeva Nasibaning “Rivojlantirish markazlarini tashkil etish” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil qilish sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish; bolalarda o‘qishga bo‘lgan xohish-istaklarini qo‘llab-quvvatlaydigan, maktabga borish imkoniyatlarini ta’minlaydigan, ota-onalarga yordam ko‘rsatadigan, bolalarning sog‘ligini (ham psixik, ham jismoniy) saqlashning samarali o‘qitish dasturidir.

Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil qilish sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish; bolalarda o‘qishga bo‘lgan xohish-istaklarini qo‘llab-quvvatlaydigan, maktabga borish imkoniyatlarini ta’minlaydigan, ota-onalarga yordam ko‘rsatadigan, bolalarning sog‘ligini (ham psixik, ham jismoniy) saqlashning samarali o‘qitish dasturidir.

Invariantli qism– istalgan MTT da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim Davlat dasturining majburiy qismi;

Variativ qism– ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi, maktabgacha ta’limning hududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarini, turlari bo‘yicha turfa-xilligini aks ettiruvchi maktabgacha ta’lim turi.

Yondashuv– bu pedagogik faoliyatning o‘zaro bog‘langan g‘oyalari, tushunchalari va usullarining ma’lum bir xususiyatli jamlanmasidan foydlanishga undovchi pedagog faoliyatining metodologik yo‘naltirilishidir;

Biz 2 xil yondashuv usulidan boramiz:


1. Shaxsiy yo`naltirilgan yondashuv
2. Individual yondashuv

Shaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuv– bu ta’lim jarayoni markaziga faoliyat sub’yekti sifatida ta’lim oluvchi qo‘yiladigan yondashuvdir. Yetakchi tamoyili bo‘lib ta’lim oluvchining ehtiyojlari, motivlari, tajribasi va dolzarb rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilganlik va yaqin istiqboldagi rivojlanish hududida o‘qitish sanaladi.

Individual yondashuv– ta’lim beruvchining guruxdagi har bir bolaning faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruxdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo‘ljallangan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi.

Bola kompetensiyasi– bolaning bilim, ko‘nikma, malakalar va qadriyatlar majmuidir. Tayanch kompetensiyalar rivojlanish sohalaridan qat’iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;

Inklyuziv ta’lim– alohida individual imkoniyatlarni va ta’limiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan barcha bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning teng ravishda ommabopligini ta’minlaydigan jarayon;

Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti- bola rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o‘yinlar, o‘yin predmetlari va jihozlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan uskunalar) o‘zaro bog‘liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko‘rsatkichlardir.

Xulosalash qismi. Bizning o`lkamizga maktabgacha ijtimoiy ta`lim muassalarida bolalarini o`qitish fikri XIX asrning 80-90- yillariga kelib boshlangan va o`sha paytda yashab ijod etgan marifatparvarlarimiz bu yechimni yechish uchun dastlabki ta`lim muassalarini barpo eta boshlaganlar. Hozirda esa bizning yurtimizning har bir qishloq ovulida maktabgacha ta`lim muassasalari qurilgan va bolajonlarimiz u yerda zavq bilan bilim olishga intilmoqdalar. Bunaqa davrlarni ko`rganimizning o`ziga bir shukronalik aytsak arziydi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling