Fonetik tahlil tartibi


Download 15.92 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1400142
Bog'liq
Fonetik tahlil


Fonetik tahlil tartibi:

  1. Gap tarkibidan muayyan so`z ajratib olinadi

  2. So`z bo`g`inlarga ajratiladi

  3. Ochiq-yopiq, berkitilgan-berkitilmagan bo`g`inlar aniqlanadi

  4. Urg`uli bo`g`in ko`rsatiladi.

  5. Fonetik hodisalarga e`tibor qaratiladi

  6. So`z tarkibidagi unli tovushlar aniqlanadi va unli tovushlar tasnifi bo`yicha tahlil qilinadi.

  7. So`z tarkibidagi undosh tovushlar aniqlanadi va undosh tovushlar tasnifi bo`yicha tahlil qilinadi.

Namuna:
Qilichin tashladi beklar nihoyat,


Bosildi tulporlar, tig`lar suroni. (Shavkat Rahmon)


  1. Beklar

  2. Bek-lar

  3. Har ikkala bo`g`in yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

  4. Ikkinchi bo`g`in urg`uli

  5. Fonetik hodisa ro`y bermagan

  6. E – o`rta keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

A – quyi keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

  1. B – lab (lab-lab); portlovchi; jarangli; shovqinli; sof undosh

K – sayoz til orqa; portlovchi; jarangsiz; shovqinli; sof undosh
R – til oldi, sirgaluvchi; jarangli; shovqinli; sof undosh

Topshiriq: Badiiy asarlardan 5 ta gapni ajratib olib, gap tarkibidagi istalgan so`zni namunadagidek tahlil qiling.
Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling