Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini
Otlarning egalik qo'shimchalari bilan o'zgarishini o'rganish. Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishini o'rgatish
Download 101.01 Kb.
|
ONA TILI o'qitish metodikasi 12 tali 5 yillik sirtqi 6000
7 Otlarning egalik qo'shimchalari bilan o'zgarishini o'rganish. Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishini o'rgatish
REJA:
1.Ot turkumining muhim belgilari 2.Atoqli va turdosh otlar 3.Otlarda kategoriya 4.Otarning tuzilish jihatidan turlari Grammatika tilshinoslikning bir qismi hisoblanib, morfologiya va sintaksis bo‘limlarini qamrab oladi. Unda tilning grammatik qurilishi o‘rganiladi. Morfologiya grek tilidan (morfe-shakl, logos-so‘z) olingan bo‘lib, so‘zlarning tuzilishi, o‘zgarishi hamda so‘z turkumlarining o‘ziga xos qonuniyatlarini tadqiq etadi. Morfologiya. Tilshunoslikning bu bo‘limida so‘z turkumlari, ularning o‘ziga xos xususiyatilari o‘rganiladi. Ot. Ot so‘z turkumi o‘zbek va rus tillarida shaxs, narsa, voqea-hodisa va boshqalarning nomini bildiradi. Har ikkala tildagi ot so‘z turkumining mushtarak tomonlari bilan bir qatorda, farqli jihatlari ham bor. Bular quyidagilar:
O‘zbek tilida otlar jonli va jonsiz turlarga bo‘linmaydi. Rus tilida otlar shunday guruhlarga bo‘linadi. 2. O‘zbek tilida kim so‘rog‘i faqat insonlarga nisbatan qo‘llanadi.Rus tilida esa кто? so‘rog‘i barcha jonli mavjudotlarga nisbatan qo‘llanaveradi. 3. O‘zbek tilida nima? so‘rog‘i insondan boshqa barcha narsalarga nisbatan qo‘llansa, rus tilida чтo? so‘rog‘i faqat jonsiz narsalarga nisbatangina ishlatiladi. 4. O‘zbek tilida kim? va nima? so‘roq‘lari kimlar? nimalar? tarzida ham qo‘llanadi. Rus tilida bu so‘roq‘larning ko‘plik shakli mavjud emas. 5. Ilmiy manbalar, darslik va qo‘llanmalarda o‘zbek tilida grammatik jins kategoriyasi yo‘q deb e’tirof etiladi. Rus tilida esa mujskoy, jenskiy va sredniy rodlar mavjud. O‘zbek tilida uchraydigan adib — adiba, shoir — shoira, muallim — muallima kabi s zlar bundan mustasno. Bu so‘zlar arab tilidan o‘zlashgandir. 6. O‘zbek tilida qarashlilikni ifodalovchi egalik kategoriyasi mavjud. Rus tilida bu vazifani egalik olmoshlari bajaradi. 7. O‘zbek va rus tillarida oltitadan kelishik mavjud. Biroq o‘zbek tilida творительный va предложный kelishiklari, rus tilida esa o‘rin-payt va chiqish kelishiklari mavjud emas. 8. O‘zbek tilida ot so‘z turkumiga oid barcha so‘zlar kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi. Rus tilida esa ayrim so‘zlar kelishiklar bilan turlanmasligi mumkin. 9. Rus tilida faqat birlik yoki ko‘plik shaklida qo‘llanadigan otlar mavjud. O‘zbek tilida esa otlarning bunday xususiyati yo‘q. 10. Rus tilida otlarning tugallanmasiga asoslanib ularning ma’lum grammatik jinsga yoki ot so‘z turkumiga taalluqli ekanligini bilsa bo‘ladi. O‘zbek tilida esa so‘zning ot yoki boshqa biror so‘z turkumiga qarashli ekanligini faqat uning ma’nosi orqaligina bilish mumkin. Bu xususiyat barcha mustaqil so‘z turkumlari uchun ham xosdir. Masalan: Ot Sifat Fe’l Qo‘ra qora qara asal kasal tuzal o‘q oq chaq o‘rtoq qo‘rqoq qo‘rq tosh bo‘sh tush Ko‘rinadiki, so‘zlarning qaysi turkumlarga mansubligini bilish uchun ham ularning lug‘aviy ma’nosidan xabardor bo‘lish lozim. O‘zbek tilida otlar dastlab ikki turga bo‘linadi. 1. Turdosh otlar. 2. Atoqli otlar. Turdosh otlar bir turdagi narsalarning nomini bildiradi: bola, ota, odam, gul, yaproq, qor, uzum, bog‘, qush, olma kabi. Atoqli otlar shaxslar, narsa, voqea-hodisa, tashkilot va muassasalar, asarlar, gazeta-jurnallar, geografik joylar, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlardir: Mahmud, Samarqand, «Xalq so‘zi» gazetasi, «Fan va turmush» jurnali, «Xamsa» asari, Navro‘z bayrami, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Boychibor kabi. Jamlovchi otlar bir xildagi narsalarning jamini anglatuvchi otlardir: xalq, olomon, guruh, to‘da, gala, qo‘shin, poda kabi. Aniq otlar kishi sezish a’zolariga ta‘sir etuvchi narsalarning nomlarini anglatadi: bo‘yoq, yomg‘ir, tam, hid, havo, quyosh, muz, paxta, shira, tosh kabi. Mavhum otlar inson ongi orqali idrok qilinishi mumkin bo‘lgan tushunchalarning nomlarini anglatadi: ong,fikr, xayol, baxt, shodlik, quvonch, sevgi, qo‘rquv, hayajon, kabi. O‘zbek tilida ko‘pgina atoqli otlar turdosh ot, sifat, fe’l kabi boshqa turkumlarga oid so‘zlar asosida paydo bo‘ladi: Lola, Ra’no, Qo‘chqor, Arslon, Shirin, BuYuk, Aziz, Turdi, O‘lmas, Tursun kabi. Ko‘plik kategoriyasi. O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi ikki usul bilan hosil bo‘ladi: 1. Morfologik usul. 2. Sintaktik usul. Birinchi usulda otlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilib ko‘plik hosil qilinadi: qushlar, yo‘llar, dalalar, qishloqlar kabi. Ikkinchi usulda ko‘plik so‘zlar yordamida hosil qilinadi: bir to‘p bola, o‘nta bola, bir guruh bola, ko‘p bola, bir necha bola, bir to‘da bola, ancha bola kabi. O‘zbek tilida quyidagi to‘rt guruh otlar odatda ko‘plik qo‘shimchasi olmasdan qo‘llanadi: 1. Atoqli otlar: Toshkent, Anvar, Zarafshon, Urgut kabi. 2. Donalab sanalmaydigan otlar: shakar, guruch, suv, choy, sut, neft, tuz, tuproq, qum, un kabi. 3. Mavhum otlar: baxt, do‘stlik, quvonch, hayot, ishq, qayg‘u kabi. 4. Inson tanasi a’zolari nomlari: soch, ko‘z, quloq, qo‘l , oyoq, tish, lab, tirnoq kabi. Egalik kategoriyasi. O‘zbek tilida u yoki bu narsa, buYumning uchala shaxsdan biriga tegishli ekanligini ifodalash uchun otlarga ma’lum egalik qo‘shimchalarini qo‘shish lozim. Ular quyidagilar:
Odatda egalik qo‘shimchasini olgan so‘zdan oldin qaratqich kelishigidagi so‘z keladi: Mening baxtim, akamning shimi, sening so‘ zing kabi. Quyidagi uch holatda so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan so‘z o‘zagida o‘zgarish Yuz beradi: 1. So‘zning o‘zagi [k] tovushi bilan tugagan bo‘lsa, bu tovush [g] tovushiga aylanadi: Masalan: telpak, uzuk, ertak kabi. Telpagim, telpaging, telpagi, telpagimiz, telpagingiz, telpaklari kabi. 2. So‘zning o‘zagi [q] tovushi bilan tugagan bo‘lsa, bu tovush [g‘] tovushiga aylanadi. Masalan:o‘rtoq, qishloq, barmoq, qoshiq, sochiq kabi. O‘rtog‘im, o‘rtog‘ing, o‘rtog‘i, o‘rtog‘imiz, o‘rtog‘ingiz, o‘rtoqlari kabi. 3. Quyidagi so‘zlarga qo‘shilganda so‘z oxiridagi unli tovush tushib qoladi: o‘g‘il, singil, ko‘ngil, bo‘yin, bo‘g‘iz, og‘iz, burun, qorin, shahar kabi.O‘g‘lim, o‘g‘ling, o‘g‘li, o‘g‘limiz, o‘g‘lingiz o‘ g‘i llari kabi. Ammo bu qoidalarga ishtirok, idrok, polk, bank, tank, blok, park, erk, burk, Yuk, huquq, haq, zavq, xalq, xulq, axloq, nutq kabi so‘zlar bo‘ysunmaydi. Kelishik kategoriyasi. O‘zbek tilida oltita kelishik bor. Kelishik qo‘shimchalari so‘zlarni o‘zaro sintaktik aloqaga kiritib, ularni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Download 101.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling