Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik bo’linishi


Download 146.31 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi146.31 Kb.
#1547445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ro’ziyeva Latofat

Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili va ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning o`xshashligini, bu tillarning bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim o`zining III tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind – yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o`rganib, tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning o`xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi.

Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi.


Download 146.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling