Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik bo’linishi


Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi


Download 146.31 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi146.31 Kb.
#1547445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ro’ziyeva Latofat

Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi.

Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.


Fonetikaning bo’limilari.
Umumiy
Xususiy
Qiyosiy

Umumiy fonetika. Inson talaffuz apparatining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda nutq tovushlari hosil qilishning umumiy shartlari (masalan, undoshlarning hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi, sirg‘aluvchi, portlovchi-sirg‘aluvchi tovush xossalarining aniqlanishi kabilar), shuningdek, tovushlarning umumiy akustik xossalari o‘rganiladi. Qisman artikulyatsion, qisman akustik belgilarga tayangan holda nutq tovushlarining universal, shuningdek, farqlovchi belgilariga tayanadigan ichki tasniflarini berish bilan ham shug‘ullanadi. Umumiy fonetika tovushlarning birikish qonuniyatlari, bir tovushning ikkinchisiga ta’siri xususiyatlarini (akkomodatsiya va assimilyatsiyaning turli ko‘rinishlari), bo‘g‘inning tabiati, bo‘g‘inda tovushlarning birikish qonuniyatlari, bo‘g‘inlarga bo‘linish shartlari, so‘zlarning fonetik tuzilishi, qisman urg‘u va singarmonizm masalalarini ham tekshiradi. Umumiy fonetika intonatsiya uchun qo‘llaniladigan vositalar (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho‘ziqligi, tezligi (tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi.

Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning o`xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum.

  • Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning o`xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum.

Download 146.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling