1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust Shleyxerning naturalistik qarashlariga to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно – лингвистическое иследование” (1848-1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий сравнительной грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish va o`lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko`rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi. - 1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust Shleyxerning naturalistik qarashlariga to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно – лингвистическое иследование” (1848-1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий сравнительной грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish va o`lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko`rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi.
- A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor bo`lgan. Chunonchi, tillarning ko`pgina qismi yo`qolgan va yo`qolayotgan bir paytda, bizga ma’lum bo`lmagan juda ko`p tillar bo`lganligini va shunga yarasha ko`plab bobo tillar bo`lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari g`oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi hanuz davom etmoqda, boshqa ko`plab tillar ular tomonidan siqib chiqarilgan”.1 Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.
- 1 Aмирова Т.А. и д. Очерки по истории лингвистики. М., «Наука» 1975 . 361 стр.
Do'stlaringiz bilan baham: |