Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik bo’linishi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1001433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla Avloniyning axloqiy asarlari

palatalizatsiya (yumshatish) deyiladi. Rus tilida
bunday palatalizatsiya kuchli bo'lib, yumshoq
undoshlar mavjud. Eshitilishi jihatdan u /y/ tovushini
eslatadi. Shu sababli, rus tilida undoshlar yumshoq va
qattiq kategoriyaga bo'linadi. Masalan, пил - “ichdim” 
– пыль – “chang” so'zlaridagi /l – l/ undoshlari qattiq
va yumshoqligi bilan farqlanadi. 


Unli tovushlarning tasnifi. Unli tovushlarning hosil
bo'lishida havo oqimi to'siqqa uchramaydi va tovush
paychalari titraydi. Har bir unli tovush o'zining ovoz
toni bilan farq qiladi. Unlilarning talaffuzida tilning
harakati, labning holati, og'izning ochilishi va
hokazolar ahamiyatlidir. Nutq organlarining holatiga
ko'ra unlilarning sifati (tembri) va miqdor belgilari
(cho'ziqlik va qisqaligi) o'zgaradi. Shu sababli
unlilarni artikulyatsion va akustik xususiyatlari, sifat
va miqdor belgilariga ko'ra tasnif qilinadi. Unlilarning
artikulyatsion tasnifi chet tilining talaffuziga
o'rganishda amaliy ahamiyatga egadir. Bunday tasnif
tilning harakati, lab va yumshoq tanglayning holatiga
asoslanadi. Yumshoq tanglayning pastga tushishi nati-
jasida havo burun bo'shlig'i orqali o'tadi va bu holatda
burun unlilari yoki nazalizatsiyalashgan (lotincha
nasalus – burun bo'shlig'i) unlilar hosil bo'ladi. 
Bunday nazalizatsiyalashgan unlilar fransuz tilida
uchraydi. 



1) Tilning gorizontal harakatiga ko'ra unlilar til oldi, til
o'rta yoki aralash va til orqa qator tovushlarga bo'linadi. 

Til oldi unlilarining talaffuzida til oldinga harakat qiladi: 
uning uchi pastki tishlarga taqaladi va tilning o'rta qismi
qattiq tanglayga tomon yo'naladi. Ba'zi til oldi unlilarining
talaffuzida til sal orqaga yo'naladi va shu tufayli bunday
unlilarni orqa yo'nalishdagi til oldi unlisi deb ataladi. 
Bunday unliga ingliz tilidagi /Ι/ unlisi misol bo'la oladi
(Uning rentgenogrammasi 3-rasmda berilgan. O'zbek
tilidagi til oldi (i) unlisi ham o'sha rasmda berilgan). 
O'zbek tilidagi /i/, /e/, a/ rus tilidagi /i/, /e/, ingliz tilidagi
/i/, /e/, /æ/ va fransuz tilidagi /i/, /e/, /ε/, /a/ unlilari til oldi
unlilaridir. Til oldi unlilarini haqiqiy til oldi va orqa
yo'nalishdagi til oldi qatorlariga bo'linishi ma'lum tilda, 
xususan ingliz tilida unli tovushlarning soni ko'pligi va
ularning farqlarini aniqlash uchun hamda ikki va undan
ortiq (masalan, o'zbek, rus, ingliz tillari) tillardagi unlilarni
qiyoslash uchun zarurdir. 



2) Tilning vertikal harakati, ya'ni uning
ko'tarilish darjasiga ko'ra unlilar yuqori, o'rta va
quyi ko'tarilish (yoki yopiq, yarim yopiq, yarim
ochiq, ochiq) unlilari farqlanadi. Tilda unlilar
soni ko'p bo'lsa va ularni tilning ko'tarilishi
bo'yicha farqlash maqsadida hamda bir necha
tillardagi unlilarni tilning ko'tarilishiga ko'ra
farqlash zarur bo'lsa, har bir ko'tarilish belgisini
tor va keng shakllarga bo'linadi. Masalan, ingliz
tilidagi cho'ziq /i:/, /u:/ unlilari yuqori
ko'tarilishning tor shakliga va qisqa /Ι, u/ unlilari
keng shakliga kiradi. Bunday keng va tor 
shaklga bo'lish o'zbek va rus tilidagi unlilarning
tilning ko'tarilish belgisiga ko'ra alohida
qaraganda zarur bo'lmaydi. Biroq ularni ingliz
tili unlilari bilan qiyoslaganda foydalidir. 



3) Unlilarning talaffuzida lablar ishtirok etsa –

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling