lablangan, ishtirok etmasa – lablanmagan unlilar
deyiladi. Unlilarning talaffuzida lablar ishtirok etib, ular
ilgariga cho'chchayib chiqsa, kuchli lablangan unlilar
deb yuritiladi. O'zbek tilidagi (u), (o') va rus tilidagi (o),
(u) tovushlari kuchli lablangan unlilardir. Unlilarning
talaffuzida lablar ishtirok etib, ular ilgari cho'chchayib
chiqmasligi mumkin. Bunday unlilar kuchsiz lablangan
hisoblanadi. Ingliz tilidagi /כ/, /כ:/, /υ/, /u:/ tovushlari
ana shunday kuchsiz lablangan unlilardir. Ko'pincha til
orqa unlilari lablangan bo'ladi. Biroq, ba'zi tillarda,
xususan fransuz tilida til oldi unlilari ichida ham
lablangan tovushlar mavjud.
Lablanmagan unlilarning talaffuzida lablar faol ishtirok
etmay, ular chekkaga tortilgan (masalan, ingliz tilida /i:/,
/a:/, /æ/ unlilari) yoki bevosita (neytral) holatda bo'ladi
(o'zbekcha (i), (e), ruscha (i), (e) va inglizcha /i/, /e/, /Λ/
kabi).
Tilning vertikal holatiga
ko'ra
Tilning gorizontal holatiga ko'ra
til oldi
til orqa
lablanmagan
lablangan
Yuqori (yopiq)
I
u
O'rta (yarim yopiq yoki
ochiq)
E
o'
Quyi (ochiq)
A
o
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |