Fonetika. Xitoy fonetik alifbosi –Pinyin. Xitoy tilining fonetik xususiyatlari. Reja


Download 19.1 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi19.1 Kb.
#1502910
1   2   3
Bog'liq
Fonetika. Xitoy fonetik alifbosi –Pinyin. Xitoy tilining fonetik

Unli tovushlar A a, Ee, I i, O o, U u. Havo oqimining tovush paychalarini titratib, og’iz va tomoq bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay o’tishi natijasida hosil bo’ladigan tovush, unli tovushdir. Unli tovush xitoy tilida yana “母音muyin” deb ham ataladi. Masalan, xitoy tilidagi “八” [ ba ] so’zidagi [ a ] unlisini talaffuz qilayotganda havo oqimi tomoq orqali o’tib, tovush paychalarini titratadi, til og’iz bo’shlig’ining pastki qismida tekis holatda joylashadi, har bir nutq a’zosi tarang tortilgan holda, muvozanatni saqlagan holda bo’ladi. Havo oqimi og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchramaydi. Xitoy tilida har bir bo’g’in tarkibida unli tovush mavjud bo’lib, unli tovush eng ko’p qo’llaniladigan tovushdir. Unli tovushlar talaffuzining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: 1.Talaffuz paytida havo oqimi halqum bo’shlig’idan og’iz bo’shlig’igacha erkin o’tadi, hech qanday to’siqqa uchramaydi.
Talaffuz paytidagi til va lablarning holatining o’zgarishiga binoan, og’iz bo’shlig’i ochilish darajasining katta kichikligiga ko’ra, turli xil unli tovushlar talaffuz qilinishi mumkin. Til holati old yoki orqa, yuqori yoki quyi bo’lishi mumkin; lablar holati ochiq yoki yopiq, erkin yoki tarang bo’lishi mumkin. Masalan: [ a ] unlisini talaffuz qilish paytida, til holati nisbatan quyida, og’iz biroz ochilgan holatda bo’ladi; [ i ] unlisini talaffuz qilganda, til holati nisbatan yuqori, og’iz nisbatan yopiq holatda bo’ladi. Til holati yuqori, og’izning ochilish darajasi nisbatan tor bo’lgan holatida unli talaffuz qilinganda, havo oqimi siqilib chiqsada, ammo shunda ham hech qanday to’siq hosil qilmaydi, havo oqimi erkin ravishda o’tadi. 2. Talaffuz paytida nutq a’zolarining barcha muskullari tarang holatda bo’ladi. 3. Talaffuz paytida tovush paychalari titraydi, shuning uchun unlilarning barchasi nisbatan jaranglidir. 4. Talaffuz paytida havo oqimi asosan tovush paychalariga urilib, ularni titratish vazifasini bajaradi. Shu sababli chiqayotgan havo oqimi nisbatan kuchsizdir. 辅音Undosh tovushlar B b, C c, D d, F f, G g, H h, J j, K k, L l, M m, N n, P p, Q q, R r, S s, T t, V v, W w, X x, Y y, Z z. Undosh tovushlar xitoy tilida yana “ 子音” deb ham ataladi. Masalan, xitoy tilidagi “ 连“ [ lian ] so’zidagi [ l ] va [ n ] tovushlari undosh tovushlardir. Undosh tovushlar talaffuzining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: 1. Talaffuz paytida, havo oqimi har bir nutq a’zosida to’siqqa uchraydi. Biz og’iz bo’shlig’idagi tishlar, til, kichik til, shuningdek lablar, xalqum devori, tovush paychalari kabilarning o’zaro joylashgan o’rni havo oqimiga to’siq bo’lib xizmat qiladi. Ba’zi bir nutq organlari bir-biriga ishqalanadi, havo oqimining yo’lini berkitadi, havo oqimini to’siqqa uchrashiga majbur qiladi; ba’zilari bir-biriga yaqinlashadi, ammo ishqalanmaydi. Havo oqimi siqilib o’tadi va havo oqimi to’siqqa uchrab, sirg’alib chiqadi. Boshqa birlari esa, boshqa xil usullar bilan havo oqimiga to’siq hosil qiladi va ular to’siqdan portlab chiqishi yoki sirg’alib o’tish xususiyatlariga qarab farqlanadi. 2. Talaffuz paytida barcha nutq a’zolarining muskullarini tarang tortilish darajasi muvozanatda bo’lmaydi. To’siq hosil qiluvchi nutq a’zolari, ayniqsa tarang bo’lib qolganlari nisbatan bo’shashgan bo’ladi. Masalan: [ p ] tovushini talaffuz qilganda ikkala lab to’siq hosil qiladi, juda tarang tortilgan bo’ladi. Til kabi boshqa nutq a’zolari tarang holatda bo’lmaydi. [ t ] tovushining talaffuzida esa til uchi ko’tarilib, yuqori milklarga tegadi, til uchi tarang holatda bo’ladi. Lablar, til usti, til orqasi kabi nutq a’zolari esa tarang holatda bo’lmaydi. 3. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zan tovush paychalari titraydi, ba’zan esa titramaydi. Tovush paychalarini titratmasdan talaffuz qilinadigan undoshlar jarangsiz undoshlar deyiladi. Masalan: [ p ] undoshi; tovush paychalarini titratib talaffuz qilinadigan undoshlar esa jarangli undoshlar deyiladi. Masalan: [ m ] undoshi. 4. Unlilar bilan taqqoslaganda, undoshlar talaffuzida havo oqimi nisbatan kuchliroq chiqadi.
Turli xil undoshlar o’rtasida ham kuchli-kuchsizlik farqlanishi mavjud, havo oqimi kuchli bo’lgan tovushlar aspiratorlar deyiladi, havo oqimi kuchsiz bo’lgan tovushlar esa noaspiratorlar deb ataladi. Ammo odatda undosh tovushlarning havo oqimi unlilarnikiga qaraganda kuchliroq bo’ladi. 声母
Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling