Fonetikadan tematik testlar sherali turg‘unov


Download 417.99 Kb.
bet3/3
Sana01.11.2023
Hajmi417.99 Kb.
#1737992
1   2   3
Bog'liq
fonet.tayyor

4) oz-moz; 5) urto’qmoq; 6) yozuv.
Ushbu so‘zlardan qaysilari morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 1,2,3,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 1,3,4,5,6 D) 1,4,5,6

260. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar nechta?


1) masxaravoz; 2) mo’tabar; 3) yombosh;
4) inshaot; 5) toqqaychi; 6) gijgijla.
A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 3 ta

261. O‘zbek imlosining qaysi qoidasida so‘zning aytilishi va yozilishi bir-biriga mos kelmaydi?


A) fonetik B) morfologik C) shakliy D) B, C
262. Cherkov so‘zi qanday yozuv qoidasiga ko‘ra yoziladi?
A) morfologik B) shakliy
C) tarixiy-an’anaviy D) fonetik

263. Lotin yozuvi asosidagi harflar tartibidan foydalanib, yurtimning so’zi keltirib chiqarilgan qatorni aniqlang.


A) 23,20,17,19,8,12,13,8,13
B) 23,20,17,19,8,12,13,8,29
C) 23,17,19,8,12,13,8,29
D) 22,19,17,18,8,12,13,8,29

264. Qaysi qatordagi so’zlar talaffuzida tovushga nisbatan harf ko’pligini aniqlang.


A) achchiq, nutq, baland
B) qiynalib, traktor, daraxt
C) yurist, xursand, metr
D) do’st, go’sht, dastyor

265. Berilgan so’zlarning qaysilari fonetik qoida asosida yozilishini belgilang.


1) chir-illa; 2) gur-illa; 3) gurs-ill
4) shov-illa; 5) lov-illa; 6) vov-illa.
A) 2,3,4,5 B) faqat 4,5
C) 2,3,4,5,6 D) 1,4,5,6

266. Regressiv dissimilatsiyaga qaysi bandda misol keltirilgan?


A) zarur > zaril B) belbog‘ > belvog‘
C) ketdi > ketti D) koridor > kalidor

267. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u ikkinchi bo’g’inga tushadi?


A) albatta, shamolday, hamisha
B) allakim, atom, mudir
C) doim, qaysi, muhit
D) auditoriya, ammo, lekin

268. Qaysi gaplarda urg’u akademik va botir so’zlarida oxirgi bo’g’inga tushadi?


1. Akademik yaqinda shahar chetidan yangi hovli sotib oldi.
2. Yaqinda akademik ta’til boshlanadi.
3. Ilm - dengiz, sen unga chelakni chuqurroq botir.
4. Sen - botir, u esa qo’rqoq.
A) 1, 3 B) 2, 3
C) 1, 4 D) 2, 4

269. Qaysi so’zlarda qo'shimcha qo’shilishi bilan birinchi bo'gindagi undosh ikkinchi bo'ginga o'tib qolgan?


A) rektorlar, ilmli
B) teatrga, klubni
C) fidoyilik, kurashchi
D) qalbim, sulhi

270. Qaysi qatordagi o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida kelgan o urg‘usiz unli hisoblanadi?


A) motor, doktor
B) vodoprovod, konduktor
C) generator, vodorod
D) irrigator, rektor

271. Unli va sirg’aluvchilar ishtirok etgan so’z bеrilgan qatorni toping?


A) sichqon
B) vazifa
C) ashula
D) lazgi

272. 1-tovushi til oldi, sof portlovchi, shovqinli, jarangsiz;


2-tovushi til orqa, lablangan, quyi keng unli;
3-tovushi sayoz til orqa, portlovchi - sirg’aluvchi, burun tovushi, ovozdor, jarangli bo’lgan so’zni aniqlang.
A) tor B) dor C) tong D) tom

273. Quyidagi so’zlardan qaysi biri fonetik yozuv qoidasi asosida yozilmaydi?


A) tikkan B) singlim
C) zikr D) etigi

274. ng tovushiga xos bo’lmagan belgi qaysi bandda berilgan?


A) sonor B) burun tovushi
C) sirg’aluvchi D) til orqa

275. p va d tovushlari qaysi xususiyatiga ko’ra bir guruhdan joy oladi?


A) hosil bo’lish o’rniga ko’ra
B) hosil bo’lish usuliga ko’ra
C) un paychalari ishtirokiga ko’ra
D) Hech qaysi jihatiga ko’ra bir guruhdan joy olmaydi.

276. Qaysi so’zda qator undosh kelgan?


A) tong B) qattiq
C) aorta D) miting

277. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zni aniqlang.


A) quloqni B) quduqni
C) buloqni D) sanoqni

278. 1) tintuv; 2) o’ynama; 3) yig’la;


4) dorboz; 5) saylov; 6) chalakam-chatti; 7) qoryog’di.
Ushbu so‘zlardan qaysilari morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 1,2,3,4,5,6 B) 5,6,7
C) 1,4,6,7 D) 4,6,7

279. Sovuqdan o’rtog’imning qulog’i, burni, yuzi qizarib ketibdi.


Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv qoidasiga ko’ra yozilgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

280. j (ajdar) va ch tovushlari qaysi jihatlariga ko‘ra bir tasnifdan joy oladi?


A) hosil bo’lish o’rniga ko‘ra
B) hosil bo’lish usuliga ko‘ra
C) un paychalari ishtirokiga ko‘ra
D) Bu tovushlar bir tasnifdan joy olmaydi.

281. Qaysi harf chuqur til orqa, jarangli undosh tovushni ifodalaydi?


A) g B) g’ C) x D) q

282. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub sonorlar qaysi so’zda ishtirok etgan?


A) vafo B) mening C) orollar D) marli

283. So’zlovchi so’zi qanday yozuv qoidasi asosida yoziladi?


A) shakliy B) tarixiy-an’anaviy
C) fonetik D) morfologik

284. Qaysi qatordagi so‘zlarda a va o almashinuvi kuzatilgan?


A) qaynoq, ishlov B) angla, taroq
C) yasha, sana D) tergov, shahrim

285. Qaysi qatordagi so’zlarda unli tovush ta‘siri bilan “v” tovushi lab-tish sifatida talaffuz qilinmaydi?


A) shovulla, guvulla, varrak
B) qovun, tovuq, sovuq
C) vagon, varrak, Anvar
D) Vengriya, avlod, avom

286. Qaysi so’zlarda tutuq belgisini tushirish orqali yangi ma’no hosil qilish mumkin?


1. in’om 2. sur’at 3. Fir’avn
4. da’vo 5. a’yon.. 6 mas’ul 7. qal’a
A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,4,5
C) 3,5,6,7 D) 2,4,5,7

287. Bo’g’inga ajralmaydigan so’zlar qatorini belgilang.


A) qit’a, qal’a, yechim
B) hukm, gramm, ong
C) ongi, yengil, yangi
D) A,B va C

288. Qaysi qatordagi gap tarkibida fonetik hodisa yuz bergan?


A) Yaxshilik qil, suvga sol – baliq biladi, baliq bilmasa, holiq biladi.
B) Mendan hotirjam bo‘ling, uni o‘z nazoratimga olaman.
C) Ko‘ngil ko‘zi so‘qir bo‘lmaganlar erishadilar bunga.
D) Biz baxtli bo‘lamiz, xudo xohlasa…

289. Urg’u so’zning ikkinchi bo’g’iniga tushgan qatorni belgilang.


A) chaqiriq, o’yinchoq, qo’ng’iroq
B) adolat, dabdaba, muqaddas
C) afsuski, fonetika, albatta
D) kelajak, tomizgi, pushaymon

290. Bir burun tovushi o’rnida boshqa burun tovushi kelganda ma’nosi o’zgaradigan so’zni belgilang.


A) tanbal B) tinmay
C) tanbur D) to’rt

291. Faqat unli va ovozdorlardan tashkil topgan so‘zlar qatorini toping.


A) osmon, mening, arra
B) ro‘mol, angla, mung
C) ingliz rang tang
D) jo‘ja, jiraga ajdod

292. p, m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko’ra bir guruhga mansub bo’ladi?


A) Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
B) Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra
C) Tilning qayerida hosil bo’lishiga ko’ra
D) Jarangli va jarangsizligiga ko’ra

293. Hamma ishning ham o‘z maromi bo‘larkan, buvi, tovuq olgani borganda cho‘ntagimga bir shishaga suv solib olaman. Keyin qo‘ndoqning tagiga borib, og‘zimni suvga to‘ldirib tovuqlarga purkayman. Tovuqday ahmoq jonivor olamda yo‘q. Yomg‘ir yog‘yapti, shekilli, deb o‘ylab, boshini ichiga tiqib, hap yotaveradi, keyin bitta- bitta hiqildog‘idan tutib xaltaga solaman.


Ushbu matnda ro‘y bergan fonetik o‘zgarishlar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
A) 2 ta tovush tushish, 3 ta tovush almashish hodisasi
ro‘y bergan
B) 2 ta tovush tushish, 4 ta tovush almashish hodisasi
ro‘y bergan
C) 1 ta tovush tushish, 5 ta tovush almashish hodisasi
ro‘y bergan
D) 2 ta tovush tushish, 5 ta tovush almashish hodisasi
ro‘y bergan




Download 417.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling