Forex afzalliklari va kamchiliklari


Download 21.11 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi21.11 Kb.
#1051945
1   2   3
Bog'liq
Forex afzalliklari va kamchiliklari

2.Opsionlar turlari.
Opsion

Opsion (nem. option — tanlash, istak) — sotuvchi yoki haridorga qimmatli qogʻozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.


Bunday holda, opsion sotuvchisi sotilgan opsion shartlariga muvofiq aktivni qaytarib sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi.

Opsion – ham moliyaviy vositadir.


Opsion turlari:
Sotish uchun
Sotib olish uchun
Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Valyuta opsionlari birinchi marta 1982 yilda Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan. SHundan keyin valyuta opsionlari bilan savdolar jahonning ko‘pgina birjalarida amalga oshirila boshladi. Opsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uni qanday ishlatilishini bilish lozim. Fyuchers va forvard bitimlaridan farqli ravishda u majburiyat emas, balki huquqdir.
Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u xaridorga biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan miqdorini oldindan belgilangan vaqtda va kursda etkazib berish bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan valyutani oldindan belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi.
Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham xedjirlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 % birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi.[2] Valyuta opsionida fyuchers savdosida qatnashmaydigan ekzotik valyutalar uchun ham bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. Valyuta opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin.
Quyidagi etti omil opsion narxini shakllantiradi:
1. Valyuta kursi.
2. Strayk baho (realizatsiya bahosi).
3. Valyuta kursining volatillik darajasi.
4. Amalga oshirilish muddati.
5. Foiz stavkalaridagi farqlar.
6. Bitim turi (koll yoki put).
7. Opsionning modeli – amerika yoki evropa opsioni.
Ushbu etti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan valyuta kursiga qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini o‘zgarishini va uni shakllantirishda quyidagi indekslardan foydalaniladi.
Delta
Delta yoki oddiy qilib aytganda A – opsion narxini shakllantirishdagi birinchi hosiladir. Bu indeksni uchta aspektda ko‘rishi mumkin:
1. Valyuta opsioning narxi valyuta kursining o‘zgarishiga bog‘liqligi sifatida. Masalan, opsion narxining o‘zgarishi A = 0.5 ga teng bo‘lsa demak, valyuta kursi o‘zgarishining yarmiga teng bo‘ladi. YA’ni, valyuta kursi 10 % ga oshsa, valyuta opsioning kursi 5 % ga oshadi.
2. Opsion riskini sug‘urtalash darajasi sifatida.
3. Pozitsiyadagi ulush sifatida, ya’ni koll xaridori sotib olish (uzun) pozitsiyada, put xaridori esa sotish (qisqa) pozitsiyada bo‘ladi. Va A = 0.5 da put xaridori ½ valyuta fyuchersini sotadi.
Gamma
Gamma – bu opsion narxini shakllantirishning ikkinchi hosilaviy modeli hisoblanadi va u deltaning o‘zgaruvchanlik darajasi hisoblanadi. Gamma 0 dan 100 % gacha bo‘lgan darajada o‘zgaradi.
Vega
Vega volatillikka nisbatan opsion narxining o‘zgarish darajasini belgilaydi. Masalan, V = 0.2 bo‘lsa, u opsion narxini 2 % ga oshishini belgiaydi va aksincha.
Teta
Teta indeksi (T) opsion narxining u amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vaqtdan o‘tib ketgach opsion narxining kamayish darajasi belgilaydi. Masalan, T=0.2 bo‘lsa, bu opsion narxining har bir kun uchun 0.02 yo‘qotilishini anglatadi.
Valyuta opsionlarining turlari
Opsion huquqi qaysi sub’ektga tegishligiga qarab ikki turga bo‘linadi:
- Koll opsion – bu huquq, ammo majburiyat emas, u asosiy valyutani sotib olishni bildiradi. YA’ni, huquq sotib oluvchida bo‘ladi.
- Put opsion – bu asosiy valyutani sotish huquqini beradi, ammo bu majburiyat emas. YA’ni, huquq sotuvchida bo‘ladi. Bu ikkala bitim bir-biridan farq qiladi, ular bir-biriga qarama-qarshi bitim shakli emasdir. 
Opsionni sotib oluvchi tomon – bu opsion egasi (xaridor), opsionni tashqil etuvchi tomon – anderayter (sotuvchi) deb yuritiladi. Asosiy valyutaning sotish yoki sotib olish – bu opsion amalga oshiriladigan narx, ya’ni strayk baho deb yuritiladi. Opsion premiyasi bu xaridor anderayterga to‘laydigan summa tushuniladi. Ayirboshlashda to‘langan premiya evaziga xaridor spot kursining o‘zgarishidan ko‘radigan zararini sug‘urtalaydi. Anderayter esa cheklanmagan miqdordagi riskka boradi va bundan himoyalanish uchun xedjirlash va kompensatsion bitim tuzadi.
Opsionlar qanday vaqtda qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
- Evropa opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtda amalga oshiriladi;
- Amerika opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin.
Amerika opsionining foydaliligi Evropa opsioninikidan kam emas, ammo ular analitik qiyin amalga oshiriladi. Birjadan tashqari bozorda samarali tarzda evropa koll-opsioni amalga oshiriladi, lekin ayrim valyutalarga nisbatan an’anaviy tarzda amerika opsionlari qo‘llanib kelmoqda.
Birjadan tashqari valyuta ayirboshlash opsioni – bu ikki tomonlama bitim bo‘lib, u ikki qatnashchi tomondan tuziladi. Birjadagi va birjadan tashqari opsion bozorining farqi birjadan tashqari opsion bozorida kliring palatasi bo‘lmaydi va nazorat qiluvchi organlar hamda savdo qoidalarini o‘rnatuvchilar bo‘lmaydi. Agar tashqillashtirilgan birjadagi opsionlar standart opsionli bitim tuzilsa, birjadan tashqari opsion bozorida ular investorning ehtiyoji, investitsiyasi hamda xedjirlashiga bog‘liq tarzda tuziladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, birjadan tashqari opsion bozorining miqdori tashqillashtirilgan birjadagi opsionlarning miqdoridan 5 marta ko‘proqdir. Bu ikki opsion bozori bir-biri bilan raqobatlashadi hamda bir-birini to‘ldirib turadi.

Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling