1 toifa: o’quv materialini faqat verbal (matn) ko’rinishda taqdim etadigan;
2 toifa: o’quv materialini verbal (matn), ikki o’lchamli grafik shaklida taqdim etadigan;
3 toifa: «multimedia» (multimedia-kwp muhitli) darsligi, yani malumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim etiladigan multimediali ED;
4 toifa: material ovozli va uch o’lchamli fazoviy ko’rinishda bwlib qolmasdan, taktik (his qiluvchi, seziladigan) hususiyatli malumotlar vositasida bayon qilinib, o’rganiluvchi «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi obektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan ED.
Barcha toifadagi ED lar o’quv jarayonining samaradorligini oshirishda va talabalarning mustaqil bilim olishlari hamda masofadan o’qitishni tashkil qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
ED dan foydalanishdan asosiy maqsad:
yangi axborot- talim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedogogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo’llash orqali talim jarayonini samaradorligi sifati va unumdorligini oshirish;
uzluksiz talim tizimida zamonaviy o’quv manbalari elektron o’quv darsliklarini keng qo’llash, ularning malum manoda kutubxonalarini tashkil etish, talimning masofadan o’qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron tizimiga kirish.
ED ga qwyiladigan talablar.
Didaktik talablar:
o’qitish jarayonida o’quvchining faol va ongli ishtiroki;
o’rganuvchi uchun o’qish mustaqil holda bo’lishligi taminlanishi;
o’quv materialini uyg’unligini taminlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |