Forma elementli web-saxifa web-sahifa yaratish uchun o’zining dasturi
Masofali ta'lim imkoniyatlari, afzalliklari va elеktron darsliklar bilan tanishish
Download 45.74 Kb.
|
4 Forma elementli web
Masofali ta'lim imkoniyatlari, afzalliklari va elеktron darsliklar bilan tanishish.
Xozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan yangilanib, rivojlanish bilan birga kundalik turmushimizning asosiga aylanib qolmoqda. Jumladan, fan va texnikada, ishlab-chiqarish, bank tizimi va matlubot, radio-televidenie, maishiy xizmat ko’rsatish, savdo-sotiq, xuquqni muhofaza qilish organlari, meditsina va boshqa barcha sohalarda kompyuterlar shu soha xodimlari uchun asosiy ish quroli-vositasi bwlib qolmoqda. Ayniqsa İnternetning paydo bo’lishi bu o’zgarishlar ichida alohida wrin tutadi. İnternet multimedia malumotlarni, axborotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish vositasidir. Dunyoning bir chekkasida yuz bergan hodisalar haqidagi yangiliklar, malumotlar İnternet vositasida boshqa mamlakatlarga oniy lahzalarda etib boradi. Xuddi shu imkoniyatlarga kwra İnternet sayyoramizda siyosiy-iqtisodiy, moliyaviy, talim va boshqa sohalarda xalqoro hamkorlik aloqalarini jadallashtirishga bebaho hissa qwshmoqda. Shularni hisobga olgan holda, bu sohadagi muammolarni zamonaviy kompyuter va kommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalangan holda ijobiy hal qilish mumkin. Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilinib, unda Prezidentimiz İ. A. Karimov qator vazifalarni belgilab berdilar. Bu vazifalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni taminlash hamda talim muassalarining moddiy-texnik bazasini yangi o’quv adabiyotlari, zamonaviy jixozlar va jumladan, kompyuter texnikasi bilan taminlashni keltirish mumkin. Bu dasturda talim jarayoniga o’quv-uslubiy majmualar hamda didaktik va axborot texnologiyalarini joriy etish muammosi qwyilgan. Shuningdek umumiy wrta talimning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun talim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini yaratish asosiy vazifalar qatorida keltirilgan. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da talim tizimidagi muammolar to’g’risida alohida twxtalib, o’quv jarayonining moddiy-texnika bazasi etarli darajada emasligi va sifatli o’quv- uslubiy, ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo’llanmalarning etarli emasligi kwrsatilib wtilgan. Shu munosabat bilan barcha o’quv muassasalarida, oliy o’quv yurtlarida o’quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o’rganish va ularni o’zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Download 45.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling