Jinoyatda ishtirokchilik. - Jinoyatda ishtirokchilik. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 27-moddasiga muvofiq ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etishda birgalashib qasddan jinoyat sodir etishi ishtirokchilik deb topiladi. Yosh va aqlirasolik ishtirokchilikning muqarar shartidir.
Ishtirokchilikning shakllari quyidagilar: - 1.Oddiy ishtirokchilik –ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyatni sodir etishda qatnashishi.
- 2.Murakkab ishtirokchilik – ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi.
- 3.Uyushgan guruh –ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi.
- 4.Jinoiy uyushma – ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug`ullanish uchun oldindan birlashishi.
- Jinoyatda ishtirokchilarning turlari:
- 1. Bajaruvchi-jinoyatni bevosita, to`la, qisman sodir etgan shaxs. Bosh rolni o`ynaydi.
- 2.Tashkilotchi-jinoyatga tayyorgarlik ko`rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs.
- 3. Dalolatchi-qiziqtiruvchi yoki boshqa usul bilan jinoyatga undovchi shaxsdir.
- 4. Yordamshi-jinoyat sodir qilishga maslahatlar, yo`l-yo`riqlar, vositalar berish yoki to`siqlarni bartaraf etish bilan ko`maklashadigan shaxs.
Jinoiy jazolarning sakkiz turi mavjud bo`lib ular qouyidagilardir;
Do'stlaringiz bilan baham: |