Форобий (тахаллуси; асл исм-шарифи Aбу Наср Ибн Муҳаммад Ибн Узлуғ Тархон Форобий (873, Фороб — 950, Дамашқ) — ўрта асрлар мусулмон Шарқининг машҳур мутафаккири, қадимги юнон фалсафасининг энг йирик давомчиси ва тарғиботчиси


Download 40.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi40.5 Kb.
#209229
Bog'liq
Abu Nasr Ibn Forobiy


Abu Nasr Ibn Forobiy

Abu Nasr ibn Farobiy (873-950) — asl ism-sharifi Abu Nasr Ibn Muhammad Ibn Uzlug` Tarxon bo`lib, Forobiy uning nisbasidir. O`rta asrlar musulmon Sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining eng yirik davomchisi va targ`ibotchisi. Qad. yunon ilm-fanining bilimdoni sifatida Aristotelning “Metafizika”, “Fizika”, “Meteorologiya” va mantiq sohasiga oid kitoblariga, Ptolemey, Aleksandr Afrodeziyskiy va b.larning axloq-odob, psixologiya, tabiiy fanlar bo`yicha yaratgan ilmiy risolalariga sharhlar yozgan. (“Ikki faylasuf — Arastu va Galenning barcha fikrlari to`g`risida kitob”, “Arastu va Galen o`rtasida vositachilik” va b.) Ayniqsa, Aristotel fal.sini talqin etish va mantiq sohasidagi ishlari uning, dunyoda “Al-muallimi soniy” (“ikkinchi muallim”) va “Sharq Aristoteli” kabi nomlar bilan shuhrat qozonishiga sabab bo`ldi. Shuningdek, F. ilm-fanning turli sohalariga taalluqli mumtoz asarlar muallifi hamdir. U berinchilardan bo`lib o`z davri ilmlarining tasnifini berdi va inson ma`naviyatining yuksalishiga katta hissa qo`shdi. Uning musiqa sohasiga atab yozgan asarlari musiqa naz-ni boyitdi, Sharqda keng tarqalgan nay, nog`ora, chang, rubob kabi musiqa asboblarini ta`riflab, ularning kishilar ma`naviy hayotidagi o`rnini ko`rsatib berdi. F. matematika, tibbiyot, arab tili grammatikasi, alkimyo, mantiq ilmlariga oid qimmatli asarlar ham yaratdi. Borliq muammosini hal etishda uning keyinchalik musulmon fal.iy ilmlari yo`nalishini asoslagan “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o`zaro nisbatiga murojaat qilish an`anasi F. dahosiga taalluqlidir. Mazkur yo`nalish keyingi davrlarda islom olamida juda ko`p allomalarning o`z ilmiy, diniy-falsafiy yo`nalishlarini yaratishlariga sabab bo`lgan edi. U o`zining qator asarlarida bu masalaga to`xtalib, “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo`lishi mumkin bo`lgan narsalarning birinchi sababi ekanligini uqtiradi va bu bilan musulmon sharqi xalqlarining olamni tushunish bilan bog`liq ma`naviyatini yangi pog`onaga olib chiqadi. Birinchi sabab sifatida u o`zga sabab yoki turtkiga muhtoj bo`lmagan zotni (Xudoni) e`tirof etadi. Uningcha olamni yaratgan zotda nuqson va qusurlar, ziddiyat, nomutanosiblik, beqarorlik, bilmaslikdan bilishga qarab yo`nalish kabi jarayon yo`q. U mutlaq borliq va donishmandlik ifodasidir. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. Mazkur ilmiy qarashlarning ilmiy-islomiy tafakkur bilan uyg`unlashtirilishi islom e`tiqodidagi xalqlarning Alloh va borliq to`g`risidagi tasavvurlarini ilm-fan asoslari bilan mustahkamlanishi va bu g`oya bilan sug`orilgan ma`naviyatning avvalo ilm ahli, so`ng esa odamlar orasida keng yoyilishiga hamda an`anaviy ma`naviyat sifatida shakllanishiga sabab bo`lgan edi. F. ga ko`ra “Vujudi mumkin” saltanati aksincha, doimo o`zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda, unda barcha narsalar oddiylikdan murakkablikka, tartibsizlikdan tartiblilikka, norasolikdan kamolotga qarab yuz tutadi. “Vujudi vojib” yaratgan narsalardan dastlabkisi birinchi aqldir. Birinchi aql faol aql sifatida har bir sayyoraga xos aqllarni vujudga keltiradi. Eng so`nggi samoviy aql natijasida yerdagi aql-ruh va barcha moddiy jismlarning asosi bo`lmish to`rt unsur — tuproq, suv, havo va olov paydo bo`ladi. Yuqorida zikr etilgan to`rt unsur negizida o`simliklar, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat yuzaga keladi. Organik olamga o`simlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jism va harakat uzviy aloqada bo`ladi. Harakat va sukunatning ibtidosi sirtqi biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atashadi. Harakat, o`z navbatida, vaqt b-n uzviy tarzda bog`langan. Harakat ibtido va intiho b-n chegaralanmagan. F. bilish muammolariga alohida e`tibor bilan qaraydi. U voqelikni bilish mumkin ekanligiga aslo shubhalanmaydi. Inson o`zining barcha bilimlarini tashqi olam tufayli oladi. U ko`pgina vosita va usullar bilan ta`minlanganki, ular (idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq) orqali voqelikni o`zlashtira boradi. Aynan shu vositalar tufayli inson ilm-fanni yaratadi. Bilish jarayoni cheksiz bo`lib, u insoning jonli mushohadasi va tafakkurning bilmaslikdan noaniq narsani bilishgacha bo`lgan o`ta murakkab yo`lni qamrab oladi. Bu yo`nalish hodisalar oqibatini bilishdan uning sababini bilishni, aksidensiyadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo`yadi. Lekin bu yo`nalish sababdan oqibatga, mohiyatdan hodisaga, aqldan jonli mushohadaga tomon qaratilganda ayni muddao bo`lar edi. Amalda esa bor imkoniyatdan foydalanish lozim. Aqliy bilish F. talqinida ikki jihatga ega. Birinchidan, u konkretdan uzoqlashish va unda umumiy tomonlarni ajratib olishni, ikkinchidan esa, ushbu umumiylik ko`magida konkret jihatning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo qiladi. Pirovardida aql zamin sirlaridan voqif bo`lib, samoviy jismlarni bilishga kirishadi. Aqliy bilish koinot aqli ko`magida barkamol ilmga aylanadi. Garchi inson aqlini koinot aqliga tiqishtira berish bilish nazariyasiga mistikaning kirib borishiga yo`l ochib bergan bo`lsa-da, u ijobiy ahamiyatga ega edi, chunki u bilishning ratsional metodini asoslab berishga azmu qaror qilgandi. Bundan tashqari, F. bilish ta`limotining boshqa ko`pgina jihatlariga ham diqqat-e`tiborini qaratib kelgan. Ayniqsa, ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara, bilish metodlari, hissiy mushohadaning cheklanganligi borasida qiziqarli g`oyalarni ilgari surgan. F. tufayli musulmon Sharqi fal-iy tafakkurida mantiq ilmi chuqur ildiz otdi. U bilishda mantiqqa murojaat qilmagan kimsani qorong`uda o`tin yorgan odamga o`xshatadi. F.ning ijtimoiy-axloqiy, siyosiy qarashlari behad darajada e`tiborlidir. Insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa fazilatli, yetuk, xosiyatli jamoa, chunki insonning o`zi dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakunidir. Inson baxt-saodatga erishishda olam asoslari haqidagi ilmni, tabiiy jismlarning tuzilishini, osmon, jonli tabiat-o`simlik va hayvonot olami to`g`risidagi barcha bilimlarni o`zlashtirib olishi lozim. Shundan so`ng u insonni o`rganishga kirishishi, va uning kamolotga erishuvi sabablari bo`lmish xayr-ehsonli ishlar, go`zal insoniy fazilatlarga diqqatni jalb etishi zarur. F.ning adolatli, fazilatli jamiyat, davlatni demokratiya talab va tamoyillaridan kelib chiqqan holda boshqarish to`g`risidagi fikr-mulohazalari diqqatga sazovordir. Mutafakkirning orzusidagi adolatli jamiyatda kishilarning samarali mehnatiga, ilm sohiblariga, ularning aql-zakovatiga, fazilatli axloq-odobiga, hayotiy tajribasiga yuksak baho beriladi. Diniy adovat, o`zga dinlarga e`tiqod qiluvchilarga nafrat kabi sifatlar qoralanadi. Uning uchun eng muhimi — kishilarning u yoki bu dinga e`tiqod qilishi emas, balki ma`rifatning tantanasi, ilm-fanning iqboli, inson kamoloti, baxt-saodat, ezgulikning qaror topishi, insonlarning o`zaro hamjihatligidir. Bunday jamiyatda kasb-hunar, ilmni egallashga keng yo`l ochib beriladi. Jamiyatda tenghuquqlik va erkinlik saltanati hukmronlik qiladi, yakka hokimlikka barham beriladi. Davlat boshliqlarini fuqarolarning o`zlari saylaydilar. Saylangan boshliqlar xalq manfaatlariga zid harakat qilsalar, ular o`z amal-mansablaridan chetlashtiriladi. Orzudagi davlat arboblari o`z faoliyatlarida adolat, tenghuquqlik, fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab ish tutadilar. F.ning undan keyingi avlod ziyolilari, mashhur olim va mutafakkirlari dunyoqarashining shakllanishi va rivojiga ta`siri samarali bo`lgan. Bundan tashqari, butun Ovrupo F. va b.lar orqali antik olam madaniyati, jumladan, tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy g`oyalaridan xabardor va bahramand bo`ldi. Asosiy asarlari: “Substansiya haqida so`z” (“Kalom fi-l-javhar”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob fi-n-navomis”), “Masalalar manbai” (“Uyun-ul-masoil”), “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Kitob fi ihso al-ulum va at-ta`rif”), “Mantiqqa kirish kitobi” (“Kitob al-madxal ila-l mantiq”), “Falsafa” tushunchasining ma`nosi haqida so`z” (“Kalom fi ma`oni ism al-falsafa”), “Fazilatli xulqlar” (“As-sifat al-fazila”) va b.lar.


(873-950)
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling