Forsunkalar ularning turlari ishlash jarayonlari
rasm. Mazut bug'-mexanikli forsunka
Download 305.99 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortish – puflash qurilmalari
3rasm. Mazut bug'-mexanikli forsunka:
a – forsunka; b – taqaning bo'ylama kesimi; 1 – mazut uzatilishi; 2 – bug'ni halqali kanalda uzatish; 3 – taqaning korpusi; 4 – aksial aylantirgich; 5 – kesib tarqatuvchi. Bug' forsunkalarda yuqori samaradorligi katta tezlikka ega bo'lgan (1000m/s gacha) bug' oqimi mazutni o'zi bilan birga oqizib ketishi hisobiga erishiladi. Bug'li forsunkaning afzalligi bu forsunkalarning oddiyligi hamda mazutni qizitish harorati (800S – gacha) uncha yuqori bo'lmagan haroratga yuqori sifatda purkalishidan iboratdir. Lekin, bug' forsunkalar kam ishlatilib, ular asosan yoqilg'idan oldin qattiq yoqilg'i yoqadigan elektr stansiyalarda qo'llaniladi. Uzoq muddat ishlaganda katta bug' sarflari bo'lgani uchun ular tejamli emas (mazut sarfidan 40-60%). Rotasion forsunkalar. KVGM turkumli suv isitgich qozonlarida mazutni yoqish uchun rotasion forsunkalar ishlatiladi. Forsunkalar o'rtacha quvvatli elektrodvigatel bilan ta'minlangan bo'lib, purkalish konusini juda katta chastota bilan aylantirib beradi. Mazut ortiqcha purkash uchiga bosim bilan uzatiladi va tez aylanuvchi konus sirtini ichki tomoniga kiritiladi. Bu erdan markazdan qochirma kuch hisobiga mazut konus sirti bo'ylab yupqa qatlam va mayda zarrachalar ko'rinishida o'txonaga uzatiladi. Alanga yadrosidan tarqalgan issiqlik hisobiga konus sirti bo'ylab harakatlanuvchi mazut qatlami qisqa vaqt ichida intensiv qizdirishi mumkin. Tortish – puflash qurilmalari Qozon agregatini bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida yoqilg’i yonishi uchun zarur bo’lgan havoni uzluksiz uzatib turish va yonish mahsulotlarini muttasil chiqarib turish kerak. O’txonaga, chang tayyorlash tizimiga va qozon agregatining boshqa qismlariga havo va gaz berish uchun ishlatiladigan ventilyatorlarning barcha turlari puflash qurilmalari jumlasiga kiradi. Qozon agregatlarining rostlash surma klapanlari bor gaz yo’llari, tutun mo’risi va sun’iy ravishda tortadigan tutun tortgichlar tortish qurilmalari hisoblanadi. Tabiiy tortish mo’ridagi qizigan tutun gazlarining zichligi sovuq atmosfera havosining zichligidan farq qilinishiga asoslangan. Qozon qurilmasini bir tomoni qizigan gaz, ikkinchi tomoni esa sovuq havo bilan to’lgan tutash idish sifatida qarash mumkin (4-rasm). Mo’ri hosil qilayotgan maksimal tortish, bosim yo’qotishlaridan 20 % katta bo’lishi kerak. 4-rasm. Tabiiy toritish mo’risining ishlash sxemasi Ma’lumki, gazlarning gaz yo’llari bo’ylab harakatida ishqalanish va mahalliy qarshiliklar natijasida bosim yo’qotishlari sodir bo’ladi. Qozon agregatining bosim yo’qotishlari aerodinamik qoidalar bo’yicha aniqlanadi. Tutun mo’rilari g’ishtli, temir-betonli va po’latli bo’ladi. 80 metr balandlikkacha, asosan g’ishtli mo’rilar keng qo’llaniladi, chunki ular arzon va betonli mo’rilarga nisbatan temperatura o’zgarishlariga chidamliroq va po’latli mo’rilarga qaraganda oltingugurt gazlari zararli ta’sir etmaydi. Mo’ri balandligi sanitariya texnikasi talablariga javob berishi kerak ya’ni tutun gazlari atmosferada ma’lum bir radiusda tarqalishi lozim. Tabiiy tortishni vujudga keltirish uchun mo’ri balandligini uzaytirish yoki chiqib ketayotgan gazlar temperaturasini ko’tarish lozim. Lekin mo’ri balandligi uning narxi va mustaxkamligi bilan, gazlarning temperaturasi esa qozon qurilmasining eng maqbul F.I.K. bilan chegaralangan. Shuning uchun hozirgi zamonaviy qozon qurilmalarida sun’iy tortish vujudga keltirilgan. Tutun mo’risi oldiga tutun tortgich (tortish ventilyatori) o’rnatiladi, u qozon agregatlari qizigan gazlarini so’rib olib, mo’ri orqali atmosferaga chiqarib yuboradi. Download 305.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling