Fosfatli xomashyolar referat


Yuqori magniyli fosfatlar


Download 200.79 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi200.79 Kb.
#1601122
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fosfatlarning dunyo va respublikamizdagi ashyoviy resurslari. (yozma)

4. Yuqori magniyli fosfatlar


Fosfatli va kremniy-fosfatli Qoratog’ xomashyosi havzalaridan eng muhimlari Cho’loqtog’, Oqsoy, Janitas, Ko’ksuv va Ko’kjon konlari hisoblanadi (5.2-jadval).
Mikroskopik kuzatuvlar va kimyoviy tahlillar o’tkazilib, Qoratog’ fosforitining maydalanish darajasiga (sinfiga) bog’liq ravishda tarkibidagi ftor va boshqa komponentlar miqdorining o’zgarishi aniqlandi.
5.2-jadval Qoratog’ havzasining fosfatli va kremniy-fosfatli xomashyolari

Ruda




Tarkibi, % hisobida




Konlari

P2O5

SiO2

R2O3

CO2

MgO

Yuqori sifatli: kam magniyli

29-32

5-12

2-3

0-5

0-2

Janitas,
Ko’ksuv

magniyli

29-32

5-12

2-3

5-7

2-2,5

Janitas

yuqori magniyli

23-30

5-12

2-3

7-8

2,5-4,0

Ko’kjon

Karbonat saqlagan fosfatli

23-26

8-15

3-3,5

7-10

3-4

Oqsoy,
Ko’kjon

Fosfatli

23-26

15-25

2,5-3,5

5-7

2-4

Cho’loqtog’, Janitas,
Ko’ksuv

Kremniy-
fosfatli

13-23

25-50

6-7

1-10

2-3

Cho’loqtog’, Janitas,
Ko’kjon

Kremniyli xomashyo

2-5

65-90

1,5-2

3,5-
7,5

0-2

Cho’loqtog’, Oqsoy,
Janitas,
Ko’ksuv

Mikroskop MIN-5 yordamida kuzatish natijasida shu ma’lum bo’ldiki, Qoratog’ fosforiti tiniq bo’lmagan yoy qirrali mayda kristallar siniqlaridan iborat bo’lib, turli ranglarga egadir, ya’ni: kulrang, yorqin sariq va toki jigarranggacha bo’ladi. 50 dan 356 mikrongacha bo’lgan fraksiyalarda amorf va quyqa holidagi zarrachalar uchramaydi. Ularning yuza tuzilishi bir xil bo’lib, mayda teshiklar va darz ketgan yoriqchalar kuzatilmaydi.
Fosforit fraksiyalarining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ulardagi zarrachalar aniq shaklga egadir, alohida olingan zarrachalarning ko’pchiligi romb shaklda va cho’ziq tutashgan g’ovaksiz va darzyoriqlarsiz holatda bo’ladi. Zarrachalarining o’lchami 100 mikron bo’lgan fosforit flotokonsentrati (5.1-rasm) va apatit konsentrati (5.2-rasm) kristallarining (90 marta kattalashtirilgan) mikrosurati quyidagi tasvirlarda ko’rsatilgan.

5.1-rasm. Boyitilgan Qoratog’ fosforiti flotokonsentrati zarrachalarining mikrosurati.

5.2-rasm. Apatit konsentrati zarrachalarining mikrosurati.
Fosforit zarrachalari o’rtacha diametri o’lchami o’zgarishiga bog’liq ravishda uning kimyoviy tarkibi o’zgarib boradi. Zarracha diametri kattalashib borgan sari boyitilgan fosforitda (MgO/P2O5)x100 qiymati kamayib boradi. Bunday qiymatlar 5.3-jadvalda keltirilgan.
5.3-jadval

Download 200.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling