Foto ijod: Shaharni qo’lda tasvirlash
|
Muallif Nodirshoh Dushanba, 12 Oktabr 2009 07:19
|
|
|
|
|
Ushbu mashq juda ham sodda va ajoyib mashq bo’lib, shahrni o’z qo’limizda tasvirlaymiz.
Dastlab mashq uchun bizga mos rasmlar kerak bo’ladi: qo’l, osmon va shahar rasmlari.
Buning uchun biz Google Imagesga murojaat qilamiz yoki boshqa rasmli saytdan olamiz.
Demak boshladik.
1. Adobe Photoshop dasturini ishga tushiramiz va 300×500 piksel o’lchamda yangi oyna ochamiz (Ctrl+N).
Dastlab osmon rasmiga ishlov beramiz, demak osmon rasmini olamiz yoki mana bu rasmni olamiz.
2. Endi esa qo’l rasmini olamiz bu rasmni ham mana bu yerdan olishimiz mumkin. Ushbu rasmni oynamizga
qo’shamiz va quyidagicha holatga keltiramiz.
3. Qo’l rasmini orqa fon rasmi bilan mos holatga keltirishimiz kerak, buning uchun
Image > Adjustments >Levels (Crrl+L) buyrug’ini tanlab, ketma-ket ravishda moslab chiqamiz.
Ranglarni moslab bo’lgach quyidagicha natija chiqishi kerak:
4. Endi qo’l rasmi ustiga mos ravishda shahar rasmini joylashimiz kerak. Xohlagan shahar rasmini olamiz yoki mana bu rasmni ishlatamiz.
Shundan keyin Elliptical Marquee (M) asbobi yordamida Shift tugmasini bosgan holatda quyidagi joyni belgilaymiz.
Belgilangan joyni yangi qavat(layer)ga o’tkazish uchun Ctrl+Shift+J tugmalarini bosamiz
va oldingi qavat(layer)ni o’chirib tashlaymiz (Delete tugmasini bosamiz). Kesib olingan qavat(layer)ga
qaytamiz va bu rasmni 35% gacha kichraytiramiz.
5. Shahar rasmli qavat(layer)ni tanlab, menyudan Select > Load Selection va Filter > Distort > Spherize
Shundan keyin natija quyidagicha bo’lishi kerak
Ctrl+D tugmalarini bosish orqali belgilangan joyni o’z holatiga keltiramiz. Sharpen (R) asbobi yordamida rasm o’tkirligini oshiramiz.
6. Ushbu qavat(layer) ustiga sichqonchamizni ikki marta bosamiz va ketma-ket ravishda moslaymiz.
Drop Shadow
Inner Shadow
Inner Glow
Naija
7. Asboblar qatoridan Burn (O) asbobini tanlaymiz (Brush: 80 px, Range: Midtones, Exposure: 30%)va
aylanamiz pastki qismini qoraroq qilib chiqamiz.
8. Elliptical Marquee (M) asbobini tanlaymiz va quyidagicha shakl chizib, yangi qavat(layer)ochamiz(Ctrl+Alt+Shift+N)
va Gradient (G) asbobini tanlab, ranglarni oqdan shaffofga moslaymiz va yuqoridan pastga(aylana ichiga) gradiyent chizamiz.
9. Elliptical Marquee (M) asbobi yordamida boshqa aylana chizamiz va Delete tugmasini bosish orqali o’chiramiz.
Ctrl+D tugmalarini bosish orqali belgilangan joyni o’z holatiga keltiramiz.
Shunday qiilb natija ham tayyor!
Muallif: Photoshopstar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |