Foto va element oʻziga tushayotgan yorugʻlikni yutib, elektr toki
Download 62.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotoelement - Vikipediya
Fotoelement Fotoelement (foto... va element) — oʻziga tushayotgan yorugʻlikni yutib, elektr toki (fototok) yoki foto elektr yurituvchi kuch hosil qiluvchi elektr asbob. Ishi fotoelektron emissiya yoki ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Fotoelektron emissiya asosida ishlaydigan F. vakuum hosil qilingan yoki gaz toʻldirilgan shisha, yoxud kvars kolba ichiga joylangan 2 elektrod — fotokatod va anodli elektrovakuum asbobdan iborat. Fotokatodga tushadigan yorugʻlik oqimi uning sirtida fotoelektron emissiya hosil qiladi; F. zanjiri tutashtirilganda unda yorugʻlik oqimiga monand fototok oqimi vujudga keladi. Gaz toʻldirilgan F.da gazning ionlanishi va nomustaqil kuchli razryad hosil boʻlishi natijasida fototok kuchayadi. Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan F. gomogen elektronkovak oʻtishli (r—poʻtishli), yarimoʻtkazgich, geterooʻtishli yoki metallyarimoʻtkazgich kontaktli yarimoʻtkazgich asbobdan iborat. Bunday F.da optik nurlar yutilib, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi zoʻrayadi va elektr yurituvchi kuch hosil boʻladi. F.lar, odatda, nurlanish yoki yorugʻlik qabul qilgichlari vazifasini oʻtaydi. Yarimoʻtkazgichli F.lardan quyosh batareyalari, fotoelektr generatorlarida quyosh energiyasini toʻgʻridantoʻgʻri elektr energiyasiga aylantirishda foydalaniladi. F. avtomatika, telemexanika, fotometriya, oʻlchash texnikasi, metrologiya, kosmonavtika, fototexnika, kinotexnika va boshqa sohalarda qoʻllanadi. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Fotoelement&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:10 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Fotoelement&oldid=2839286" dan olindi Download 62.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling