Fotoeffekt qonunlarini o’rganish. I. Kerakli asboblar


O’LCHASH VA HISOBLASH ISHLARINI BAJARISH


Download 1.43 Mb.
bet2/4
Sana10.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1697314
1   2   3   4
Bog'liq
1-lab atom

O’LCHASH VA HISOBLASH ISHLARINI BAJARISH
Ishni bajarishdan oldin fotoeffekt qonunlarini o’rganuvchi asbob tuzilishi bilan qisqacha tanishib o’tmoq lozim.
Qurilmaning tasviri.
Fotoeffekt xodisasiga asoslanib ishlaydigan asbobga fotoelement deyiladi. Fotoelementlar o’zlarining tuzilishi va ishlatilishidan ko’zda tutilgan maqsadiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Tashqi fotoeffekt xodisasiga asoslanib ishlaydigan fotoelementlarga vakumli yoki gaz bilan to’ldirilgan fotoelementlar deyiladi. Rasmda bu xil fotoelemntning tashqi
Ko’rinishi, ichki tuzilishi va shartli belgisi keltirilgan

1-rasm
Berkituvchi qatlamga ega bo’lgan fotoelementlar ham mavjud bo’lib, bunda yarim o’tkazgich moddalardan foydalaniladi. Xuddi shunday fotoelementga selenli fotoelement misol bula oladi.

1-rasm



Bu ishda selen fotoelement qo’llanilgan bo’lib, u to’rtburchak shakildagi 1 yupqa temir plastinkaga 2 selen qatlamini qoplash bilan hosil qilinadi. Selen qatlami ustiga 3 yupka nodir metall parda qoplanadi (2- rasm).

2-rasm

Temir va nodir metall qatlamlariga klemmalar payvand qilingan bo’lib, elektr zanjirga ulanadi. Maxsus ishlov tufayli nodir metall selen ichiga diffuziyalanishiga erishiladi. Agar selen kovakli o’tkazuvchanlikka ega bo’lsa nodir metall elektron o’tkazuvchanlikka ega bo’lib qoladi. Natijada elektron-kovak o’tishi hosil bo’ladi.
Fotoelementga yorug’lik ta’sir ettirilsa, nodir metallda
elektronlar, selenda kovaklar to’plana boshlaydi. Natijada fotoelement qisqichlarida fotoelektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi.
Ishni bajarish uchun 3- rasmdagi qurilmadan foydalaniladi

3-rasm

Asbob gorizontal taglikka o’rnatilgan, ochilish va (yopilish) imkoniyatiga ega bo’lgan metal (plstmassa) to’g’ri burchakli trubkadan iborat.


1 - gorizontal trubka bo’lib ikki uchi maxkamlangan. Bu trubkaning chap tomonida, aloxida bo’lgan qismida 2-selenli fotoelement o’rnatilgan. Bu fotoelementning ikkita qutbiga ulangan simlar orqali ikkita kontakt chiqarilgan bo’ladi. Ishni bajarish vaqtida shu ikki kontaktlar juda sezgir 4- mikroampermetrga ulanadi. Ochilib yopiladigan to’g’ri burchakli trubkaning ichiga yorug’lik manbai sifatida elektr lampochkasi o’rnatilgan bo’ladi. Bu lampochkani trubka uzunligi chegarasida har tomonga siljitish mumkin. Bunday yorug’lik manbaini fotoelementdan turli xil uzoqliklarga o’rnatib,. ftoelement yoritilishining masofaga bog’lanish qonuniyatlarini o’rnatishga imkon beradi. Fotoelement bilan yorug’lik manbai orasidagi masofaning o’zgarishlari to’g’ri burchakli trubka ostiga o’rnatilgan 5- (10 sm dan 30 sm bo’linlarga ega) taglikdan aniqlanadi.
3- dastak yordamida fotoelementni gorizantal o’q atrofida 90° gacha burish mumkin. Fotoelement o’qda perpendikulyar joylashgan bo’ladi. Fotoelement buralish burchagini asbob korpusidagi shkaladan ko’rish mumkin.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling