Fotoelektrik nurlanish priyomniklari. Reja


Download 279.12 Kb.
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi279.12 Kb.
#1206440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fotoelektrik nurlanish priyomniklari.

Televizion kamera. Bu priemnik ham EOA singari ishlaydi va u elektron nur dastasi yordamida tasvirni qayd qiladi va unda tasvirni 108-109 martagacha kuchaytirish mumkin.
Ichki fotoeffektga asoslangan priemniklar. Yarim o‘tqazgichlar (YaO‛), metalllar bilan dielektrik orasida joylashadilar va keng elektr qarshilikka ega sohani egallaydilar (10-5 dan 108 Omm gacha). Biroq, yorug‘lik fotonlarini yutilishi, shuningdek, elektronlar yoki alfa zarralar bilan nurlantirish natijasida yarim o‘tkazgichlarda (YaO‛) elektr tokini tashuvchilar paydo bo‘ladi. Agar yutilgan fotonning energiyasi yarim o‘tqazgichning xususiy yoki aralashma o‘tqazuvchanligini faollashtirish energiyasidan katta bo‘lsa, u holda elektronlar (teshiklar) YaO‛ ning o‘tkazuvchanlik sohasiga chiqadi va tok hosil qilishda ishtirok etaboshlaydi. YaO‛ ning o‘tkazuvchanlik sohasiga elektronlar (teshiklar) ni chiqishi bilan bog‘liq bu elektr o‘tqazuvchanlik foto-o‘tkazuvchanlik deb ataladi. Ko‘pchilik YaO‛ da tok tashuvchilarni o‘tkazuvchanlik sohasiga chiqarish va o‘tkazuvchanlikni ko‘paytirish uchun yorug‘lik kvantlari energiyasi yetarlidir. Biroq, shunday yorug‘lik sezuvchi YaO‛ lar borki, ularda elektr o‘tqkazuvchanlikni ko‘paytirish uchun ularni juda past chastotali (uzoq IQ) nurlanish bilan yoritish kerak bo‘ladi. Bunday YaO‛ issiqlik nurlanishni qayd qilishda qo‘llaniladi.

Yorug‘lik kvantlari ta’sirida yarim o‘tkazgichning to‘ldirilgan zonasidagi elektronlar uning o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadi. Natijada yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi katta miqdorga (105 – 106 marta) kamayadi va o‘tkazuvchanligi oshadi. Agar yoritilayotgan YaO‛ zanjirga ulansa, u holda, zanjir bo‘ylab tok oqaboshlaydi. Yoki yorug‘lik kvantlari ta’sirida o‘tkazgichni YaO‛ bilan, shuningdek YaO‛ ni boshqa YaO‛ bilan ulanish chegarasida elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi. Birinchi hodisaga asoslangan priyomnik fotorezistor, ya’ni fotoqarshilik deb ataladi. Ikkinchi hodisaga asoslangan priborga ventilli (to‘siqli) FE, fotodiod va CCD matritsalar misol bo‘la oladi.

Download 279.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling