Fotoelektrik nurlanish priyomniklari. Reja
Download 279.12 Kb.
|
Fotoelektrik nurlanish priyomniklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin Selen
Galvanik fotoelementlar. Agar metall sirtga uning oksidan yoki YaO‛ dan iborat qatlam va uning ustiga yupqa tiniq metall qatlam yopishtirilgan bo‘lsa va u yoritilsa, metall sirt bilan YaO‛ qatlam orasida elektron-teshik ayriboshlash ro‘y beradi hamda chegaraviy qatlam hosil bo‘ladi. Nurlanish oqimi ta’sirida YaO‛ dan metallga tomon yo‘nalgan elektronlar oqimi boshlanadi.
Oltin Selen 33-rasm. Ventil fotoelement sxemasiMetall chegarasida elektronlar va YaO‛ chegarasida esa, teshiklar to‘planadi. Chegaraviy qatlam, u bekituvchi qatlam deb ataladi, elektronlar va teshiklarni ajratib turadi. Zaryadlarni bunday ajralishi ishqor eritmasida ishlaydigan galvanik elementga o‘xshash ro‘y beradi va yarim o‘tkazgichlardan yasalgan bunday asbob galvanik FE deb ataladi va u tushayotgan nurlanish energiyani elektr energiyaga aylantiradi. Nurlanish fotonlari n-p o‘tishlarga va ular atrofiga ta’sir etib, zaryad tashuvchi juftlik hosil qiladi va ular o‘tish chegarasi tomon harakat qiladilar va u yerda elektr maydon hosil bo‘ladi. Maydon elektron va teshiklarni ajratadi. Hosil bo‘lgan potentsiallar ayirmasi fotoelektr yurituvchi kuch deb ataladi. Agar bu galvanik fotoelement qarshilik orqali zanjirga ulansa, zanjirda tok oqaboshlaydi. Hozirgi zamonda kremniydan yasalgan FE lar Quyosh energiyasini elektr energiyaga aylantirishda keng qo‘llaniladi. Bunday galvanik FE ning foydali ish koeffitsenti 20 % gacha etadi. Bitta bunday FE E=0,5 volt elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Ko‘plab bunday galvanik elementlardan yasalgan Quyosh batareyasi Yerning sun’iy yo‘ldoshlarida energiya manbai sifatida qo‘llaniladi. Download 279.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling