Fotoelektron emissiya va uning qo`llanishi reja


– rasm. Fototokning chastotaga bog’liqligi 2. Ko’p fotonli fotoeffekt


Download 389.9 Kb.
bet2/9
Sana20.11.2023
Hajmi389.9 Kb.
#1789203
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FOTOELEKTRON EMISSIYA VA UNING QO`LLANISHI

1 – rasm. Fototokning chastotaga bog’liqligi 2. Ko’p fotonli fotoeffekt
Yorug’lik intensivligi I ning katta qiymatlarida (3) va (4)-formulalar bilan aniqlanuvchi Eynshteyn qonunidan bitta elektronning bir nechta fotonni yutishning chekli ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan chetlanish kuzatilishi kerak. Ko’p fotonli (nochiziqli) fotoelektron emissiya uchun (4) - ifoda quyidagicha bo’ladi:
. (5) Bu ifodadan nochiziqli fotoelektron emissiya uchun qat’iy aniqlangan qizil chegara mavjud bo’lmasligi kelib chiqadi, chunki . Nochiziqli fotoelektron emissiya nazariyasiga ko’ra ko’p kvantli fotoeffekt tartibi n - quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: (6) bu yerda - ko’rinishdagi belgilash x- sonining butun qismi ekanligini anglatadi.
fotoelektron emissiya deyarli inertsiyasiz jarayon deb hisoblanadi va shuning uchun yorug’likning past intensivliklarida fototokning vaqt bo’yicha o’zgarishi if(t) yorug’lik oqimining vaqt bo’yicha o’zgarishi I(t) ni aynan takrorlaydi. Ko’p kvantli fotoelektron emissiyada fototok impulsi davomiyligi lyuks-amper xarakteristikasining nochiziqliligi tufayli yorug’lik impulsi davomiyliligi dan qisqa bo’lar ekan, ya’ni. (7) Ko’p fotonli fotoelektron emissiyada ham fototok asosan elektr maydon kuchlanganligining katod sirtiga normal tashkil etuvchisi e11 ga bog’liq bo’ladi, ya’ni tushish burchagi u, qutblanish tekisligi va tushish tekisligi orasidagi burchak j ga bog’liq bo’ladi:. (8) Yuqorida aytilganidek yorug’lik oqimining katta intensivliklarida nochiziqli fotoelektron emissiya kuzatiladi. Yorug’likning nanosekundli impulslari uchun metallarda ko’p fotonli emissiyani kuzatish yuqoridan 2-5 MVt/sm2 intensivlik bilan chegaralangan. Bundan katta intensivliklarda o’lchanayotgan tokka katodning qizishi tufayli paydo bo’luvchi termoelektron emissiya toki sezilarli hissa qo’shadi. Pikosekundli impulslarda lazer nuri intensivligi 1 GVt/sm2 bo’lganda 2-dan 5-tartibgacha bo’lgan nochiziqli fotoelektron emissiya kuzatish mumkin bo’ladi. 2-rasmda volframli katodga neodim aralashmasi bo’lgan ittriy-alyuminiy granatli (l=1,06 mkm) lazer tomonidan generatsiya qilingan pikosekundli yorug’lik impulslari ta’sir qilganda fototok zichligining yorug’lik intensivligiga bog’liqligi keltirilgan. Bunda LAXning nochiziqlik darajasi n= 4 ga teng.


Download 389.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling