Fotoelementning sezgirligini aniqlash


III. Ishni bajarish tartibi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1087417
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-labaratoriya

 
III. Ishni bajarish tartibi 
Ishni bajarishdan oldin fotometriya qonunlarini o’rganuvchi asbob tuzilishi 
bilan qisqacha tanishib o’tmoq lozim. 
Asbob gorizontal taglikka (stolik) o’rnatilgan, ochilish va (yopilish) 
imkoniyatiga ega bo’lgan temir trubkadan iborat. Bu trubkaning chap tomonida, 
aloxida bo’lgan qismida selenli fotoelement o’rnatilgan. Bu fotoelementning ikkita 
qutbiga ulangan simlar orqali ikkita kontakt chiqarilgan bo’ladi. Ishni bajarish 
vaqtida shu ikki kontaktlar mikroampermetrga ulanadi 
Ochilib yopiladigan temir trubkaning ichiga yorug’lik manbai sifatida elektr 
lampochkasi o’rnatilgan bo’ladi. Bu lampochkani trubka uzunligi chegarasida har 


38 
tomonga siljitish mumkin. Bunday yorug’lik manbaini fotoelementdan turli xil 
uzoqliklarga o’rnatish imkonini beradi. Fotoelement yoritilishining masofaga 
bog’liq qonuniyatlarini o’rganishga imkon beradi. Fotoelement bilan yorug’lik 
manbai orasidagi masofaning o’zgarishlari temirli trubka ostiga o’rnatilgan va 
santimetrli shkalaga bo’lingan qismidan aniqlab olinadi. Asbobda o’tkaziladigan 
barcha tajribalarni bajarishda xonani qorong’i qilishga ehtiyoj yo’q. Chunki shu 
temirli trubka tashqi tushadigan yorug’liklardan fotoelementni ishonchli himoya 
qila oladi. Shu sababli tashqi yorug’lik tushib turganida ham tajriba o’tkazish 
mumkin. Qurilmaning elementar sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. 
5-rasm. Asbobni umumiy sxemasi 
Rasmda ko’rsatilgan AV-optik taglik. Unda siljish imkoniyatiga ega bo’lgan 
yorug’lik manbai qo’yilgan. F-selenli fotoelement; G-mikroampermetr (yoki 
galvonometr); L-yorug’lik manbayi; V-voltmetr; R-potensiometr; ~-tok manbai; r
0
-
fotoelement bilan yorug’lik manbai orasidagi masofa. 
Yorug’lik manbai tok manbaiga ulanadi, unga ma’lum bir kuchlanish 
beriladi Shu kuchlanishda yonadigan lampochkaning yorug’lik kuchi aniqlanadi. 
(laborant yoki o’qituvchi tomonidan aytiladi). 
Fotoelement bilan yorug’lik manbai o’zaro ma’lum bir masofaga o’rnatiladi. 
Masofa shunday tanlanishi kerakki, mikroampermetr strelkali shkalasining 
yarmidan ko’prog’iga og’adigan bo’lsin. 
Mikroampermetr strelkasiga qarab fototok kattaligi lampochka bilan 
fotoelement orasidagi r
0
-masofa aniqlab olinadi. 
Fotoelement diafragmasining diametri D o’lchab olinadi. (D=2 sm). 
Fotoelement bilan lampochka orasidagi masofani juda ozgina bir necha 
millimetrdan-santimetrgacha uzgartirib, i va r
0
lar 5-7 marta takroriy aniqlanadi. 


39 
Olingan natijalar (3) formulaga qo’yiladi va har bir r
0
ham da i-ning 
qiymatlariga mos keladigan 

-qiymatlari xisoblab topiladi. Olingan natijalarning 
barchasi quyidagi jadvalga yoziladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling