Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlarning yo’li


Download 358.55 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi358.55 Kb.
#1416253
Bog'liq
7 Raxmanov zokir

Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlarning yo’li

Reja:

1.Fotofosforlanish haqida ma’lumot

2.Siklik va siklik bo’lmagan fotofosforlanish


Fotosintetikfosforlanish.

Fotosintez qobiliyatiga ega bo’lgan
organizmlaming o’ziga xos xususiyatlaridan biri quyoshning yorug’lik
energiyasini bevosita kimyoviy energiyaga aylantirishidir. Kimyoviy
energiya fotosintetik organizmlar fosfat bog’lar sifatida ATFda to’planadi.
O’simliklar xloroplastida yorug’da ADF va anorganik fosfatdan ATF
sintezlanishi fotosintetik fosforlanish deb ataladi. Fotosintetik fosforlanish
jarayonlari oksidativ fosforlanishdan farq qilib, kislorod ishtirok etishini
talab qilmaydi.
Fotosintetik fosforlanish jarayoni 1954-yilda Arnon kashf etgan
n-ADF + n • Panorg ----► ATF

Siklik va siklik bo’lmagan fotofosforlanish


Bu jarayonda ATFni hosil bo’lishi turli xildagi reaksiyalarga bog’liq
bo'lib, ular bir-biridan reaksiyada ishtirok etadigan kofaktorlari va
icaksiya natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlari bilan farq qiladi
Fotosintetik fosforlanish reaksiyalari ikki asosiy guruhga:
siklik(halqali) fotosintetik fosforlanish va
siklik bo’lmagan (halqasiz)
lotosintetik fosforlanishga bo’linadi
Siklik fotofosforlanish.
Bu jarayonda yorug’lik energiyasi faqat ATFsintezlanishi uchun sarflanadi. Siklik fotofosforlanish reaksiyasi anaerob sharoitda borgani uchun kislorod ishtirok etishini talab qilmaydi.
reaksiya davomida kislorod yutilmaydi va ajralib ham chiqmaydi.
Siklik fotofosforlanish reaksiyalarida quyoshning yorug’lik
energiyasini yutgan xlorofill qo’zg’algan holatga o’tadi. Bunday holatdagi
xlorofill molekulasi elektronlar donori sifatida yuqori potensialga ega
bo'lgan tashqi qavatdagi elektronlarni chiqarib yuboradi. Natijada xlorofill
molekulasi musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Elektron ma’lum elektron
o’tkazuvchi tizim orqali ko’chirilib, musbat zaryadga ega bo’lgan va shu
tufayli elektronning akseptori sifatida namoyon bo’lgan avvalgi xlorofill
molekulasiga qaytadi. Shunday qilib, elektron bosib o’tgan yo’l halqani
(siklni) tashkil qiladi. Bu yo’lning ma’lum qismlarida elektronning
energiyasi fermentativ tizimlar ishtirokida ATF sintezlanishi uchun
sarflanadi.
Siklik bo’lmagan fotofosforlanish. Siklik bo’lmagan
fotofosforlanish reaksiyasida ATF hosil bo’lishi bilan bir qatorda, NADF
qaytariladi va molekulyar kislorod ajralib chiqidi:
2NADF* +2ADF + P anorS + 4Ш О * 2NADF*H2+2ATF + O2+2H2O
Reaksiya natijasida hosil bo’ladigan ATF, NADF.H2 va O2 ning
steximometrik miqdori 1:1:1 nisbatda bo’ladi.
Siklik bo’lmagan fotofosforlanish reaksiyalarida ikkita pigment tizim
680-690 mmk uzunlikdagi nurlami yutuvchi xlorofill a dan iborat bo’lib,
yorug’lik spektrining uzun to’lqinli qizil nurlarini yutish xususiyatiga ega.
II pigment tizim esa 670 mmk uzunlikdagi nurlami yutuvchi xlorofill a
xlorofill b va boshqa pigmentlardan iborat bo’lib, yorug’lik spektrining
qisqa to’lqinli nurlarini yutish xususiyatiga ega.
Ikki fotokimyoviy tizimning o’zaro ta’siri natijasida ATF, NADF*H2
hosil bo’ladi. Suvning parchalanishi natijasida molekulyar kislorod ajralib
chiqadi.
Fotosintezning yorug’lik reaksiyalarida hosil bo’lgan NADF*H2 va
ATF karbonat angidridni o’zlashtirish uchun sarflanadi. Bu jarayon
quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi.
Fotosintezni ikkita asosiy qismga bo'lish mumkin: (1) elektronga o'tkaziladigan fotosintetik reaktsiyalar ("yorug'lik reaktsiyalari") va (2) uglerodni fiksatsiya qilish reaktsiyalari ("qorong'u reaktsiyalar"). "Yorug'lik reaktsiyalari" fotosintetik pigment xlorofillidagi quyosh nuri bilan ishlaydigan elektronlarni o'z ichiga oladi va ular tirakoid membranasida elektron transport zanjiri bo'ylab harakatlanib, ATP va NADPH hosil bo'lishiga olib keladi. "Qorong'u reaktsiyalar" "yorug'lik reaktsiyalari" natijasida hosil bo'lgan ATP va NADPH yordamida CO2 dan organik birikmalar hosil qilishni o'z ichiga oladi va ushbu maqolada bundan keyin muhokama qilinmaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!! Sirtqi Biologiya 302-guruh talabasi Tojoboyeva Orzuxonning botanika fanidan mustaqil ishi


Download 358.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling