Fotosintez jarayoniga oid ma’lumotlarni aniqlang yorug’lik talab etilmaydi


Download 26.39 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi26.39 Kb.
#1521379
Bog'liq
Shaxnoza test 2


1. Fotosintez jarayoniga oid ma’lumotlarni aniqlang
1)yorug’lik talab etilmaydi;
2)anorganik moddalar hosil bo’ladi;
3)havoga O2 gazi ajraladi;
4)uzliksiz davom etadi;
5) CO2 gazi yutiladi;
6) asosiy to’qimada boradi;
7) hosil qiluvchi to’qimada kechadi;
8) o’simlikni qizib ketishdan saqlaydi
9) organik moddalar hosil bo’ladi;
A) 1, 3, 5, 8 B) 3, 5, 6, 9
C) 2, 3, 4, 7 D) 3, 5, 7, 9
2. Parxesh yo’li bilan ko’paytirilgan tok ildiz sistemasini qanday ildiz(lar) tashkil qiladi?
1) asosiy ildiy 2) havo ildizi
3) qo’shimcha ildiz 4) yon ildiz
A) 1,3,4 B) 2,4
C) 3 D) 1,3
3. O’sish konusida hujayralari tez bo’linadigan oddiy bargli o’simliklarni aniqlang?
A) gilos, terak, tok
B) tol, yon’goq, chinor,
C) qatrong’i, nok, shamshod
D) terak, tol, pista
4. Kiyiko’t o’simligiga tegishli ma’lumotlar keltirilgan javobni aniqlang
A) guli to’g’ri, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan
B) guli qiyshiq, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan
C) manzarali, mevasi iste’mol qilinadi, guli to’g’ri
D) guli qiyshiq, bargi novdada ketma-ket joylashgan
5. Qaysi ko’p hujayrali suvo’tlarning tanasi shoxlanmagan (1) va shoxlangan (2)?
a) ulotriks b) xlorella c) spirogira d) xara e)xlamidomonada
a) 1-b, e; 2-d
b) 1-d; 2-a, c
c) 1-a, c; 2-d
d) 1-a, c; 2-b, e, d
6. Yog’ochlikdagi naylar bo’ylab qanday moddalar o’tadi?
A) mineral tuzlar, sintezlangan moddalar
B) suv va organik moddalar
C) sitoplazmatik suyuqlik
D) mineral tuzlar va suv
7. Qaysi o’simliklarning mevalari “qanotchalari” yordamida tarqaladi? 1) ravoch; 2) jud;
3) baliqko’z; 4) qo’g’a; 5) tol; 6) terak
A) 1,2,4 B) 3,5,6
C) 4,5,6 D) 1,2,3
8. Ildizpoya tarkibida nima bo’ladi?
1) kurtaklar; 2) asosiy ildiz; 3) qo’shimcha ildiz;
4) shakli o’zgargan barg; 5) ildiz qinchasi
A) 1,4,5 B) 2,3,4
C) 1,3,4 D) 1,2,3
9. Ulotriksning zoosporalari uchun mos keladigan to‘g:ri fikrni toping.
A) Jinsiy ko’payganda hosil bo’ladi, ikkiga bo’linib nzoid va vegetativ hujayrani hosil qiladi.
B) Jinssiz ko’payganda hosil bo’ladi, ikkita xivchinlari yordamida suvda suzib yuradi.
C) Jinsiy ko’payganda hosil bo'ladi, to’rt dona xivchinlari yordamida suvda suzib yuradi.
D) Jinssiz ko’payganda hosil bo’ladi, ikkiga bo'linib rizoid va vegetativ hujayrani hosil qiladi.
10. Barcha shakli o’zgargan yerostki novdalarga tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
1) shakli o’zgargan barglarga ega; 2)suv va mineral tuzlarni shimib oladi; 3) kurtaklarga ega;4) vegetativ ko’payishda hizmat qiladi; 5) kurtaklari maxsus ko’zchalarda joylashgan; 6) o’simlikni tashqi muhitning noqulay ta’siridan saqlaydi; 7) mayda ildiz tukchalariga ega;
8) oziq moddalar saqlaydi.
A) 3, 4, 6, 8 B) 1, 2, 4, 7
C) 1, 2, 3, 8 D) 5, 6, 7
11. Jingalaklari yordamida ko’payadigan o’simlikni ko’rsating.
A) batat B) shoyigul
C) qulupnay D) ajriq
12. Bildirilgan fikrlarning qaysi biri to’g’ri ?
A) soxta kashtan, nastarin, terak, chinor kabilar yirik kurtakli daraxatlar hisoblanadi
B) yosh navdaning o’zak hujayralari o’lik bo’lib ular odatda organik moddalar taplaydi.
C) shirinmiya, gulsafsar, yalpiz kabi o’simlik/ ko’p yillik o’tlar hisoblanib, ildizpoya hosil qiladi
D) temirtikan- o’rmalab o’suvchi poyaga ega
13. Iskana (1) va kurtak (2) payvandlash asosan qaysi vaqtda qilinadi?
a) fevral o’rtalaridan maygacha;
b) mart oyi boshlarida;
c) fevral oyining oxiridan aprel oyigacha;
d) avgust oyida; e) kuzning oxirlarida
A) 1-a, 2-d B)1-b, 2-d
C) 1-a, 2-e D)1-c, 2-d
14. Qaysi o’simliklar urug’ida ko’p miqdorda moy to’playdi ?
1) o’rik; 2) no’xot; 3) bug’doy; 4) yeryong’oq;
5) bodom; 6) shaftoli; 7) mastak; 8) makkajo’xori
A) 1,3,4,6 B) 2,4,8
C) 1,4,5,6 D) 5,6,7
15. Ildiz bachkilari orqali ko’payadigan oddiy (a) va murakkab (b) bargli o’simliklarnin belgilang.
A) a – yantoq, namatak b – olma, terak
B) a –namatak, terak b – shirinmiya, tok
C) a – yantoq, terak b – shirinmiya, namatak
D) a – olma, terak b – yantoq, namatak
16. O’simliklar haqidagi to’g’ri malumotlarni aniqlang
A) Olmaning bitta gulida ham changchi ham urug’chisi bo’lishi bilan terakka o’xshaydi
B) Sholining murakkab to’pgulida boshoqchalarini bo’lishi bilan urug’chili makkajo’xoriga o’xshaydi
C) Mastak urug’i tarkibida zaharli moddalar saqlashi bilan ziraga o’xshaydi
D) Qoraqat parxesh yo’li bilan ko’payishi bilan atirgulga o’xshaydi
17. Nima hisobiga suv va unda erigan moddalar ildizning pastki qismidan yuqoriga ko’tariladi?
A) tuproq va suv bosimi farqi sababli
B) tuproq va ildiz ichki bo’shlig’i bosimi farqi sababli
C) ildiz bosimi
D) shimilayotgan suv bosimi
18. Xlamidomonadaga xos bolmagan belgi va xossalar keltirilgan javobni aniqlang.
a) bir hujayrali suvot b) kop hujayrali suvot
c) iflos suvda uchraydi d) faqat toza suvda uchraydi
e) ikki xivchinli f) xivchinsiz j) vakuolasiz h) vakuolali
a) a, c, e, h b) a, c, e, j
c) b, d, f, j d) b, d, e
19. Ham pomidor va ham g’o’za uchun mos keluvchi ma’lumotlarni aniqlang
1) barglari yaprog’i yaxlit ; 2) madaniy o’simlik;
3) barglari poyada qaram - qarshi joylashgan;
4) soyasevar; 5) yorug’sevar; 6) barglari novdada
navbat bilan joylashgan
A) 2, 5, 6 B) 1, 3
C) 1, 5, 6 D) 2, 4
20. Soyasevar o’simliklarni belgilang.
A) yovvoyi qulupnay, xina
B) qulupnay, beda
C) zubturum, xina
D) yeryong’oq, g’o’za
21. Qo’sh urug’lanishdan so’ng tuxum hujayradan(1), markaziy hujayradan(2), urug’kurtakdan(3), urug’kurtak po’stidan(4), tugunchadan(5) nima xosil bo’ladi?
a) murtak; b) endosperm; c) urug’; d) meva;
e) mevani o’rab turadigan po’st;
f) urug’ni o’rab turgan po’st
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-f; 5-d
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d
C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a; 5-f
D) 1-c; 2-d; 3-f; 4-e; 5-b
22. Shaftoli va bodom urug’ida qanday moddalar nisbatan ko’proq miqdorda jamg’ariladi ?
A) oqsil, moy
B) moy, zaxarli moddaklar
C) kraxmal, efir moyi
D) efir moyi, zaxarli moddalar
23. Mevasi bir tutam popuklar hisobiga tarqaladigan ko’p yillik o’simliklarni aniqlang.
1) shumtol; 2) terak; 3) zarang; 4) saksovul;
5) baliqko’z; 6) tol; 7) rovoch; 8) qoqio’t
A) 5,6,7 B) 3,5,8
C) 1,2,4 D) 2,6,8
24. O’simliklarning o’sishini tezlashtirishda foydalaniladigan o’g’itni belgilang.
A) kaliyli B) azotli
C) fosforli D) kalsiyli
25. Elaksimon nay hujayralariga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) o’tkazuvchi to’qimaga mansub; 2) tirik hujayra;
3) cho’ziq; 4) o’lik hujayra; 5) barglarda hosil bo’lgan organik moddalar harakatlanadi; 6) yumaloq hujayra;
7)mexanik to’qimaga mansub; 8) hujayra qobig’iga suberin moddasi shimilgan; 9) suv va unda erigan mineral moddalar harakatlanadi; 10) yupqa devorli o’lik parenxima hujayralaridan iborat; 11) teshikli to’siqlar bilan bo’lingan; 12) lub tolalari orasida joylashgan
A) 3,5,7,10,12 B) 1,2,3,8,9,11
C) 2,3,11,12 D) 4,5,6,11
26. Ulotriks hayot siklining jinsiy ko’payish davri bosqichlari ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
a) gameta→zigota→tinim davri→4 ta hujayra→yangi ulotriks
b) arxegoniy→tuxum hujayra→zigota→spora
d) ulotriks→gameta→4 ta hujayra→tinim davri→zigota
c) ulotriks hujayrasi→zoospora→yangi tallom
27. Jiyda o’simligiga xos ma’lumotlar to’g’ri keltirilgan javobni toping.
a) qalamchalaridan ko’paytiriladi; b) ildizpoyali o’simlik;
c) barglarini kech kuzda to’kadi; d) yog’ochligi yumshoq;
e) yog’ochligi qattiq; f) ko’p yillik o’simlik;
g) kuzda bargini barvaqt to’kadi
A) a,d,f B) b,e,f
C) b,c,f D) a,d,e
28. Turp o’simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegatativ organlarni hosil qiladi?
A) to’pbarg, ildizpoya
B) ildiz, barg, gul
C) poya, barg
D) gul, meva, urug’
29. Fitonsid uchun mos keluvchi belgilarni juftlang.
1) qarag’aydan ajralib chiqadi; 2) xrokokk tarkibida uchraydi; 3) mikroorganizmlarni nobud qiladi;
4) ko’k rangli pigment; 5) bosh piyozda ko’p uchraydi
A) 1,4,5 B) 2,3,4
C) 1,3,5 D) 1,3,4
30.Quyidagi fikrlarni qaysilari xato?
A)qamish ildizpoyasi shakli ozgargan ildiz
B)gul-shakli ozgargan novda
C)sabzi ildizmevasi shakli ozgargan ildiz
D)yantoq tikani shakli ozgargan barg emas
31.Spirogiraga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang?
1)hujayrasi selleluza qobig’iga ega
2)vegetativ organga ega
3)fotosintez jarayoni xlorofil ishtirokida sodir bo’ladi
4)spora orqali jinsiz ko’payadi
5)tuban o’simlik 6)urug’ orqali jinsiy ko’payadi
A)2,5 B)4,5 C)3,6 D)1,2
32. Ksilema qavati yumshoq, kambiy hujayralari tez bo’linadigan o'simliklarni aniqlang.
1) yong’oq; 2) terak; 3) tol; 4) saksovul;
5) gilos; 6) yulg’un
A) 1,2 B) 3,2
C) 4,1,6 D) 2,3,6
33. Qaysi o’simliklarning barglari ancha barvaqt to’kiladi?
1) na’matak; 2) nastarin; 3) zarang;
4) tikan daraxt; 5) shamshod; 6) terak
A) 2,3,4 B) 4,5,6
C) 1,2,5 D) 3,4,6
34. Epidermaga xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) tirik hujayralardan iborat: 2) o'lik hujayralardan iborat: 3)gulning ustki qismini qoplab turadi; 4) kuzgi novdalarni qoplab turadi: 5) ksilema deb ham ataladi; 6) mexanik to'qimaga mansub; 7) bir qavat hujayradan iborat:
8) uzun qalin qobiqli hujayralardan iborat;
9) xloroplastlarga boy; 10)bargni ustunsimon hujayralarining ustki qismini qoplab turadi
A)1, 3, 7, 10 B) 2, 6, 9, 10
С) 1, 3, 4, 5 D) 4, 6, 7, 8
35. Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni aniqlang.
1) shuvoq; 2) qoraboyalich;
3) yantoq; 4) shirinmiya; 5) sigirquyruq
A) 1,5 B) 2,4 C) 3,5 D) 1,2
36. Kurtaklari mayda bo’lgan daraxtlarning yog’ochligi qattiq (I) va yumshoq (II) bo’lgan vakillarini ajrating.
1) tol; 2) terak; 3)o’rik; 4)olma; 5)nastarin; 6)jiyda
A) I- 3, II- 1 B) I- 5 II - 1
C) I- 2 II- 6 D) I-3 II - 2
37. Qaysi ma’lumotlar qulupnay o’simligiga moskeladi?
a) poyasining uchki qismini qishda sovuq urib ketadi;
b) yer yuzida qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi;
c) o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlab qoladi;
d) barglari - murakkab toq patsimon;
e)bargining o’zgarishidan hosil bo’lgan jingalaklari
yordamida vegetativ usulda ko’payadi
A) a, c B) b, d, e
C) b, c D) c, d
38. Avval generativ kurtaklarini yozuvchi o’simliklar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) chinor; 2) jiyda; 3) bodom; 4) terak;
5) shaftoli 6) namatak; 7) o’rik; 8) tut
A) 1, 3, 8 B) 3, 5, 7
C) 1, 2, 6 D) 2, 5
39. Shamol yordamida changlanadigan o’simliklar hasharot yordamida changlanadigan o’simliklardan nimasi bilan farq qiladi?
1) avval gul kurtaklari, so’ng barg kurtaklari ochiladi;
2) chanchilari urug’chilaridan avval yoki keyin ochiladi;
3) gullari ko’rimsiz; 4) gultojbarglari rangli;
5) changchi va urug’chilari bir vaqtda yetiladi;
6) gullar ayrim jinsli;
7) urug’chi changchiga nisbatan uzun bo’ladi.
A) 3,4,7 B) 1,2,4
C) 2,3,7 D) 4,5,6
40 Ovqatga ishlatiladigan suvo’tlarni belgilang.
1.ulotriks 2.spirogira 3.kladafora 4.ulva 5.nemalion 6.xlorella 7. laminarya
a) 2.6.7 b) 4.5.7
c) 1.2.6 d) 2.4.7
Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling