Fotosintez va pigmentlar. Fotosintezning yorug’lik va qorong’ulik reaksiyalari
Download 28.61 Kb.
|
Fotosintez Fiziologiyasi
Fotosintez amalga oshishi uchun zarur oqsillarning xilma-xilligi tilakoid membranalarda yaqqol nomoyon bo‘lgan. Ko‘p hollarda bu oqsillarning qismlari tilakoidning ikki tomonidan suv muhitiga qarab cho‘zilgan bo‘ladi. Ushbu integral membrana oqsillari ko‘p qism gidrofob aminokislotalardan tashkil topadi va membrananing uglevodorod qismlari kabi suvsiz muhitlarga ham chidamliroq bo‘ladi.
Reaksiya markazlari, qabul qiluvchi qismlarning pigment-oqsil birikmalari, shuningdek elektronlarining katta qismini tashuvchi fermentlar ham integral membrana oqsillar i hisoblanadi. Bizga ma'lum barcha holatlarda, xloroplastlar integral membrana oqsillari membranalarda o‘ziga xos ahamiyatli vazifalarni bajaradi. Tilakoid membrana oqsillari membranining stromal qismiga qarab, ikkinchi tarafdan tilakoidning yoriqchali ichki qismiga qarab yo‘nalgan bo‘ladi
Tilakoid membranalarildagi xlorofillar va yorug‘likka ta'sirchan pigment majmualari nokovalent va juda ham spetsifik holatda bir- bir bilan bog‘langan bo‘ladi. Qabul qiluvchi qismlarda energiyaning uzatilishini optimallashtirish va reaksiya markazlarida elektronlar uzatilishini optimallashtirish va o‘z vaqtida sermahsul bo‘lmagan jarayondarni kamaytirish uchun xlorofillning ikkala qabul qiluvchi qismlari va reaksiya markazlari oqsillar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Download 28.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling