Foundation kursi: Video taqdimot hisoboti
Download 76.7 Kb.
|
VIDEO TAQDIMOT HISOBOT ( SHABLON ) (2)
ISFT Instituti FMA-05 Menejment va boshqaruv hisobi Semestr 1 / Yanvar 2023 Video taqdimot hisoboti Guruh a’zolari: Xudoybergenov Umidjon Sagatov Boburjon Foundation kursi Fan o’qituvchisi: Holiqov Ravshan Kirish
Video davomiyligida biz guruh a’zolari bilan birgalikda “Rejalashtirishning mohiyati” mavzusi borasida muhokama olib bordik . Rejalashtirish har bir korxonada ishlab chiqarishni boshqarishning eng muhim funksiyasidir . Rejalar qabul qilingan boshqaruvning barcha qarorlarini aks ettiradi . Rejalarni tayyorlash jarayonida barcha boshqaruv bo’linmalarining rahbarlari o’z harakatlarining umumiy dasturlarini belgilaydilar , asosiy maqsad va birgalikdagi ish natijalarini belgilaydilar . Har bir bo’lim yoki xodimning umumiy faoliyatida ishtirok etishni aniqlaydilar , rejaning alohida qismlarini yagona iqtisodiy tizimga birlashtiradilar , barcha rejalarni tuzuvchilar ishlarini muvofiqlashtiradilar va qarorlar ishlab chiqadilar . Shuning uchun rejalashtirishning asosiy prinsiplari kompaniyaning eng yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishga yo’naltiradi . Bundan biz bilsak bo’ladiki biznes boshlash va uni boshqarish davomida rejalashtirish va boshqarish to’g’ri olib borish kerakligini tushunamiz . Vazifalar bo’limi Albatta , ushbu guruh vazifasi birgalikda bajarilgan hisoblanib hisobot uchun kerakli ma’lumotlarni ma’lum bir guruh a’zosi va boshqa biri ushbu ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlash va shu bilan birgalikda ushbu hisobot taqdimoti tayyorgarliklari kelishilgan holda amalga oshirildi. Keng muhokamalardan so’ng talab istaklar tinglanib o’z xohishlariga ko’ra 3 qismga bo’lindi va guruh a’zolari bo’lim javobgarligini zimmasiga oldi . Rejalarni tayyorlash jarayoni : Umidjon Biznes rejalar ustida ishlash : Boburjon Rejalashtirish prinsiplari : Shoxruh Rejalashtirish – milliy iqtisodiyotning turli darajalarida ( mikrodaraja – korxonalar va ularning ayrim bo’linmalari , shuningdek , korxonalar guruhlari , tarmoqlar , sektorlar va mintaqalar miqyosida ; makrodaraja – mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida ) ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari . Joriy qisqa muddatli ( oylik , choraklik , yillik ) o’rta muddatli ( 5 yillik ) va istiqboldagi – uzoq muddatli ( 10-15 yillik ) rejalashtirishga bo’linadi . Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan rejalashtirish xoʻjalik mexanizmining asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subʼyektlar uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi , tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. Rejalashtirishni davlat miqyosida maxsus organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifoqdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. 1928-yildan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-yilga qadar saqlanib keldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma rejalar), kompaniyalar guruhlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada rejalashtirish davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-yillar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ rejalashtirish, yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi rejalar amalga oshirila boshladi. Bunday rejalash Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-yillariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-yillar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i.ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va boshqalarning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliqlar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi. Download 76.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling