Ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси фанининг предметини айтинг?


Download 26 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi26 Kb.
#253334
Bog'liq
1- mavzu. Javoblar. Mirzayev A. 402 a.


1.“Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фанининг предметини айтинг?

Javob: “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.



2. “Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фанининг мақсад ва вазифалари нимадан иборат?

Javob: Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonchva umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak:

- yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

- “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;

- yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;

- globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

- axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish;

- mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;

- yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;

- mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Fanning vazifalari -talabalarga:-milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy konseptual asoslari;

-milliy mafkurada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, g‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri;

-O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi–milliy taraqqiyotning g‘oyaviy asosi ekanligi;

-globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar;

- milliy g‘oyaga daxldorlik hissi – barqaror taraqqiyot omili ekanligi;

-milliy g‘oya targ'ibotida innovasion texnologiyalardan foydalanish haqida ilmiy nazariy bilim berishdan iborat.



3. Ғоя ва Мафкура тушунчаси, унинг мазмуни нимадан иборат?

Javob: “G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi.

G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr,dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir.

U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh , partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi.

G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:

1. G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

2. G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.

3. G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.

4. G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

5. G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.

6. G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim sifatida vujudga keladi va, asosan, quyidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga yova ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish...



4. Ўзбекистон биринчи президенти И.Каримов асарларида мафкура тушунчасига қандай таъриф берилган?

Javob: Mafkuraning nazariy asoslari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Mafkurani xalqqa yetkazishda uning asarlari metodologik vazifani bajarmog‘i lozim. Jumladan, davlat va jamoat arbobi Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida: “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotish muqarrar. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan,kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishiga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman. Shu o‘rinda noto‘g‘ri fikrga o‘rin qoldirmaslik kerak.

O‘zbekistonda hech bir mafkura hukmron bo‘la olmaydi. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 12-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov 1993 yildayoq «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitusiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi», deb ta'kidlagan edi.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling