Foydalanilgan adabiyotlar royhati


Download 215.43 Kb.
bet3/14
Sana22.02.2023
Hajmi215.43 Kb.
#1222430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi Ismayilov.U tayyor

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishning nazariy ahamiyati moliya va iqtisodiyot fakultetlarida tashkil etilgan ilmiy anjumanlarda maqola va tezislar shaklida sinovdan o‘tkazilishi mumkin.
Kurs ishining amaliy ahamiyati Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.










1. Moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati

Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.


Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan

xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.


Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Vorobyov S.N.ga ko'ra, taqdim etilganlar orasida amalda eng mashhur usul. va Baldina K.V. hisoblanadi.1
_________________________
1 Vorobyov S.N. Tadbirkorlikdagi risklarni boshqarish / S.N. Vorobyov, K.V. Baldin. - M.: Dashkov I. K, 2013 yil.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foydaolish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya- bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi . 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. “Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohironao‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohlilug‘atida “risk – bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk – bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” Uchinchi guruh - qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish yoki valyuta kurslarining o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan investitsiya risklari. Mulkni sug'urtalash, shuningdek, investitsiya xavfini sug'urtalash - mulkni yo'qotish xavfi sifatida ham ataladi. Mulkni sug'urtalash, agar sotib olingan mulk turli sabablarga ko'ra egasidan talab qilingan bo'lsa, ko'chmas mulkni sotib olishda yo'qotishlarni qoplaydi.2
degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk – bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir”65, degan ta’rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”.
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk – bu muvaffaqiyatgaintilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida “risk – bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”66, deb ifodalangan.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatidaoldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deya izohlaydi. Ye.Stoyanova fikricha: “risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatandaromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”.
__________________________
2 Mamaeva L.N. Risklarni boshqarish: Darslik / L.N. Mamaev. - M.: Dashkov i K, 2013 yil.

Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta’rif berib o‘tadi:


Risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:


  1. qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik;

  2. noaniqliq holatda natijani belgilash;

  3. subyektiv holatda belgtlangan natijani baholash.

Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Tabiiy darajadagi stabilizatorlarning yo'qligi sug'urtachilar uchun moliyaviy risklarning xavfli hodisasiga olib keladi - sug'urta shartnomasi tuzilgandan so'ng xavf darajasining o'zgarishi (ko'pincha o'sish) ehtimoli.3
_____________________
3 Titovich A.A. Risk va sug'urtani boshqarish: iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik / AA Titovich. - 2-nashr, tuzatilgan. - Mn .: Bitiruv maktabi, 2011 yil.

Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlargabog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.


Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.

Download 215.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling