Foydalanishning ahamiyati
Download 48.03 Kb.
|
1 2
Bog'liq“UMUMIY O`RTA TA`LIM TIZIMIDA JISMONIY TARBIYANING O`RNI VA AHAMIYATI” KURS ISHI
Ish rejasi. Bu hujjat chorakka yoki yarim yilga tuziladi. Amalda bu hujjatni ko`pincha kalendar va darslar bo`yicha reja deb ataydilar. Rejalashtirish tizimida u metodik ta`minlash vazifasini bajaradi. Ish rejasining ob`ekti dastur va grafikda ko`rsatilgan asosiy mashqlar bo`libgina qolmasdan, ya`ni shunga taalluqli bo`lgan tayyorlov, yordamchi va nazorat mashqlari hamda uyga vazifa kiradi. Asosiy e`tibor har tomonlama mashg`larga beriladi. Masalan, arg`amchi bilan sakrash umumiy va maxsus chidamlilikni, to`g`ri harakatni, sakrovchanlikni rivojlantiradi, u tos, tizza, oshiq bo`ginlarini mustahkamlaydi va butun tana muskullarini takomillashtiradi.
Ish rejasida o`qituvchi har bir mashg`ulotning vazifasini belgilab oladi. Bu jarayonda u oldingi o`rgatish dasturidan foydalanadi. Asosiy qism mazmuni belgilanib, so`ngra tayyorlov qismiga manba tanlanadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi , umumiy rivojlantiruvchi mashg`larga bo`linadi. Shu o`rinda quyidagini eslatib o`tamiz: tayyorlov qism mashqlari asosiy qism vazifalariga taalluqli bo`lishi kerak. Yangi asosiy qism vazifalarini bajarish uchun bolalarning qaysi muskul va bug`inlari harakatchanligi talab etsa, shu bug`in va muskullarga ko`proq xilma-xil mashqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Darsning yakunlov qismini rejalashtirishda o`tilgan dars bilan kelgusi dars aloqasini ta`minlashni unutmaslik kerak. Bunda o`quvchilarga uyga vazifa berish, o`tilgan materiallarni takrorlash hamda mustaqil ishlar orqali erishiladi. Shu yerning o`zidayoq ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun mashqlar rejalashtiriladi. Ish rejasi vaqtli rejaga kiradi. Quyida muayyan soatga mo`ljallangan ish rejasini keltiramiz. Dars konspekti. O`qituvchining bu rejasi eng aniq va operativ rejalashtirishga kiradi. U darslarni rejalashtirish tizimini tugallaydi va tashkiliy ishni bajaradi. Konspekt o`qituvchining darsga tayyorgarligining bevosita natijasidan iborat. Konspekt ish rejasi asosida parallel sinflar uchun ham ishlab chiqiladi. Dars konspekti aniq vazifaga ega bo`lib, o`qituvchi shu vazifalarni darsda hal etishi kerak. Hamma guruh o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi kerak. Bu esa pedagogik jarayonni tezlatadi. Vazifalar qoidaga binoan titul varaqning o`ziga, ya`ni “konspekt” so`zidan so`ng yoziladi. So`ng o`quvchilarning erishgan harakat faoliyatlari darajasini hisobga olgan holda vazifalar mazmuni aniqlashtiriladi. Konspektga darsda o`tilishi kerak bo`lgan mashqlar ketma-ket yoziladi: mashqlar, nazariy ma`lumot va uyga vazifa, fanlararo aloqa imkoniyati ko`rsatiladi. Birinchi navbatda ma`lum darsga mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqligini asoslash zarur, ya`ni ularning aniq nimaga mo`ljallanganligini ko`rsatish shart. Dars vazifalari belgilab olingandan so`ng darsning qayerda o`tilishi, moddiy-texnik ta`minlash, jihozlar, sport snaryadlari, asbob-anjomlar ko`rsatilishi lozim. Dars mazmuniga aniqlik kiritilib, yozib bo`lgandan so`ng, mashqlarni takrorlash soni va vaqti deb ko`rsatilgan grafaga - mashqlarni takrorlash soni, mashq uchun berilgan vaqt, masofaning uzunligi qanchaligi aniqlashtiriladi. Mashqlar me`yori va vaqti bolalar va qizlar uchun alohida ko`rsatiladi. “Metodik ko`rsatma” grafasiga metodik(uslubiy) ishlar, pedagog va sog`lomlashtirishning o`zaro didaktik munosabati tarbiyalash va sog`lomlashtirish ta`sirining yo`llari, qo`shimcha vazifalar, faollarini darsga tayyorlash usuli nazoratning shakl va usullari, mustaqil ishlar bo`yicha ko`rsatmalar yoziladi. “Metodik ko`rsatma” grafasi bilan “Tashkiliy ko`rsatma” grafasini bir-biriga qo`shib yu borish ham mumkin. Agar “tashkiliy ko`rsatma” alohida yoziladigan bo`lsa, u holda bu grafaga sinf va guruhni boshqarish usuli, asbob-anjom va sport snaryadlarini taqsimlash va yig`ishtirish, ularning o`rni o`yinlarni tashkil etish ishlar turi, texnik xavfsizlikni ta`minlash yo`llari yoziladi. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi jismoniy mashqlar dasturi asosan muskul guruhlariga, bo'g'imlariga va a'zolar yig'ilmalariga salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga yordam beradi. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilarga ularning jismoniy tayyorgarligiga qarab mustaqil bajaradigan mashqlar to'plamini ishlab chiqdik. Tajriba va kuzatishlar natijasida mashqlarning taxminiy me'yorini ishlab chiqdik. Har kuni jismoniy mashqlar bilan 10-20 minut atrofida shug'ullanish kerak. Asosiy muskul gruppalari va a'zolar tuzilmalariga ta'sir qiladigan mashqlarni bajarish uchun shu vaqt yetarli bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlikka, bolalar yoshiga va holatiga qarab mashqlar jadvalda ko'rsatilganidek, 3-5 marta ko'p yoki kam bajarish mumkin. Har bir bolaga qulay bo'lgan og'irlik tanlanadi. Buni albatta shifokor yoki mutaxassislar maslahati bilan birgalikda bajariladi. “Salomatlik yo'laklari”da va gigiyenik gimnastika mashqlari jamlamasini qanday izchillikda almashtirib borish kerak? Buning bir necha variantlari quyidagilar: 1. Dastlab har kungi gimnastika mashqlari bajariladi 10-20 minut, keyin “Salomatlik yo'laklari”ga 10-15 minutga chiqishga tavsiya etiladi. 2. Dastlab yurish “Salomatlik yo'laklari” bo'ylab yugurish kerak bo'ladi (10- 15 minut), kechqurun harakatchan o'yinlar o'ynash mumkin. 3. Ertalabь kundalik gigiyenik gimnastika jamlamasi (10-20 minut), “Salomatlik yo'laklari”da yurish (10-15 minut); kechqurun harakatli o'yinlar. Quyidagi mashqlar to'plami boshlang'ich sinf o'g'il (7-11 yoshli) bolalar uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi: 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni faol harakatlantirib, tizzalarni asta baland ko'tarib oldinga yurish, 30 sekunddan 1 minutgacha. 2. Oddiy holatda tik turgan joyda qo'llar oldinga-orqaga, yuqoriga-orqaga, yon tomnlarga va orqaga, yana oldinga-orqaga aktiv harakatlantiriladi. 8-12 marta bajariladi. 3. Qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan ichkariga va tashqariga aylanma harakatlar qilinadi (turli holatda 20-30 sekund bajariladi. 4. O'ng oyoq yon tomonga qo'yiladi, o'ng qo'l belga qo'yiladi, chap qo'l yuqoriga bosh orqasida turadi, gavda o'ng tomonga egiladi, 8-10 marta bajariladi. 5. Gavdani oldinga va pastga egib, tizza orqasida qarsak chalinadi, gavda rostlanadi va bosh ustida qarsak chalinadi. 5-8 marta tez sur'atda bajariladi. 6. Dastlabki holat – qo'llar belda, oyoqlar yelka kengligida turadi . Qo'llarni oldinga cho'zgan holda gavda o'ngga buriladi. Chap tomonga ham shunaqa harakat qilinadi. 10-12 martadan takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar tomonlarga kengroq kerib qo'yiladi, gavda galma-gal chap va o'ng oyoqlarga tomon egiladi . 10-12 martadan bajariladi. 8. Bitta oyoqda turib va harakatda sakrash. 10-15 marta bajariladi . 9. Dastlabki holat – cho'kkalab turib bitta oyoqni ko'targan holda qo'llar bukiladi va yoziladi 8-12 marta . 10. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Ikkala oyoq ko'tariladi, harakatlantiriladi va chalkashtiriladi , oyoqlar bilan velosipedchi harakati qilinadi . 30-40 sekund takrorlanadi. 11. Dastlabki holat – qorin bilan yotiladi. Qo'l va oyoqlar ko'tariladi va gavda egiladi, keyin ikkala qo'l bilan oyoqlar ushlanadi. 5-6 marta bajariladi. 12. O'tirgan holda oyoqlar yon tomonlarga uzatiladi, gavda chap va o'ng tomonga buriladi, bunda o'ng qo'l bilan chap oyoq uchini va chap qo'l bilan o'ng oyoq uchini ushlashga harakat qilinadi 8-12 martadan bajariladi . 13. Dastlabki holat – yaxshilab o'tirib olinadi, boshni tushirib, orqa do'paytiriladi. Gilam ustida 5-6 marta oldin tomonga o'mbaloq oshiladi. Shuningdek, orqa tomonga ham 3-5 marta o'mbaloq oshiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi. 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni harakatlantirib, tizzaini ko'tarib yurish 30 sekunddan 1 minutgacha . 2. Qo'llarni yuqoriga ko'tarib, ayni paytda bir oyoq orqaga uzatiladi va tana egiladi 5-6 marta takrorlanadi . 3. Dastlabki holat – qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan oldinga va orqaga aylanma harakatlar qilinadi 20-30 sekund takrorlanadi 4. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonlarga cho'ziladi. Gavda o'ngga va chapga egiladi 10-12 marta takrorlanadi. 5. Dastlabki holatda turgan holda qo'llarniyuqoriga ko'tarib, gavdani egib, kaft polga tekkiziladi 8-10 marta. 6. Qo'llar bosh orqasiga, yon tomonga qo'yiladi, gavda goh o'ngga , goh chapga egiladi 8-10 marta takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonga cho'ziladi. Gavdani oldinga egib, avvalo chap oyoq tizzasi orqasida, keyin o'ng oyoq orqasida qarsak chalinadi 6-8 marta takrorlanadi . 8. Dastlabki holat – asosiy turish. Dastlab chap oyoq, so'ngra chap oyoqni yuqori ko'tarib, oyoq tagida qarsak chalinadi 8-10 marta. 9. Devor oldida turib, qo'llar yuqori ko'tariladi, ko'krak yoziladi 5-6 marta. 10. Dastlabki holatda turib, qo'llar belga qo'yiladi, turlicha cho'qqayib o'tiriladi, oyoqlar juftlashtiriladi va yelka kengligida qo'yiladi 10-15 marta takrorlanadi. Mashqlar dastlab sekin, keyin tez bajariladi . 11. Turgan joyda bir oyoqda sakraladi, bunda ikkinchi oyoq va qo'llar bo'shashtirib turiladi 25-30 sekund takrorlanadi. 12. Dastlabki holat – oyoqlar yelka kengligida qo'yiladi, qo'llar pastga tushiriladi. Chapga, o'ngga egib tushiriladi 5-6 marta takrorlanadi. 13. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Avval bitta oyoq, keyin ikkinchi oyoq yuqori ko'tariladi. Oyoqlar yon tomonlarga cho'ziladi va chalkashtiriladi. 30-40 sekund bajariladi. 14. Yuqoridagi kabi chalqancha yotib, dastlab bir oyoq bilan, keyin ikkinchi oyoq bilan aylanma harakatlar qilinadi 6-8 martadan takrorlanadi. 1.3.Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darsining tuzulishi va uni о‘tkazish metodikasi Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi ishining о‘ziga xos xususiyatiga shuni kiritish mumkinki, u bir о‘zi о‘quvchilarni bir necha о‘quv fanlari bilan о‘qitadi va bu unga «jismoniy tarbiya» fanini boshqa umumta’lim fanlari bilan yanada mustahkamroq aloqa о‘rnatishga imkon beradi. Masalan, jismoniy tarbiya darslarida rus tili, matematika bо‘yicha materiallar kiradigan harakatli о‘yinlar о‘tkazadi. Sayohatli yurishlar va sayrlar vaqtida bolalarni tabiatshunoslik asoslari bilan tanishtirish va boshqalar. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining kо‘pligi maktab internati, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari hamdir. Ularning ishida jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun anchagina о‘rin ajratiladi. Bu о‘z navbatida о‘quv mashg‘ulotlarida va kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiya ishini tashkil qilishda yaxlit yondoshuvga imkon yaratadi va bolalar psixologiyasi tavsifi va odatlarini yanada tо‘laroq bilishga yordam beradi. О‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida barcha jismoniy tarbiya о‘qituvchilarlarda jismoniy tarbiya bо‘yicha nazariy materiallarni о‘rganishning vorisligini ta’minlash muhimdir. Masalan, «jismoniy tarbiya uslubi va nazariyasi» fani bо‘yicha nazariy ma’lumotlari uchinchi jismoniy tarbiya о‘qituvchilarda о‘qituvchilar oldingilarda «jismoniy tarbiya» fani bо‘yicha olagan bilimlarini hisobga olgan holda bayon etaladi. Shuningdek, anatomiya, yosh fiziologiyasi va psixologisi, kichik maktab yoshidagi bolalar gigiyenasi ham shular jumlasidandir. Bu bо‘lajak о‘qituvchilarga hazirgi zamon ilmiy darajasida asosiy harakatlantiruvchi mahorat va kо‘nikmalar shakllanish masalalarini о‘rganishga imkon beradi. Fanlarning bunday о‘zaro aloqadorligi о‘qituvchilarni maxsus adabiyotlar bilan ishlashga uyg‘otadi, ularni gonstik faoliyatga qо‘shadi. О‘quvchilar jismoniy tarbiya muammolari bо‘yicha kurs ishlarini bajarishga 2 va 3 jismoniy tarbiya о‘qituvchilar о‘qituvchilarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Ular tanlagan muammolarni muntazam о‘rganish bilan shug‘ullanayotgan о‘qituvchilarga hamda о‘zining uruh mazmunligi bilan faqat kurs ishlarini ana shu mavzular bо‘yicha diplom ishini bajarish huquqini berish kerak. Boshlang‘ich sinf jismoniy tarbiya о‘qituvchisi, kuni uzaytirilgan va tо‘la tarbiyadagi internat turidagi maktablarda, oz kollektivlashgan qishloq maktablarida jismoniy tarbiya bо‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalarini yanada kо‘proq о‘rganish maqsadida maxsus kurs yokm maxsus seminar tashkil etish tavsiya etiladi (20-26 soat). Dasturning amaliy bо‘limi harakatlantiruvchi taosir asoslarini о‘rgatishda va reallik nazarida kasbiy mahoratning muvaffaqiyatli shakllanishi uchun о‘qituvchilarga, masalan, quyidagi vaziflarni bajarish tavsiya etiladi. О‘quv guruhi bilan gavda bichimiga belning yuqori yelka mushaklari, oldingi oyoqlar, gavda uchun mashqlar, sakrash mashqlarini yozib olish va о‘tkazish. Bu terminologiyada tо‘g‘ri foydalanishni, «oynali» tasvirni bilish muhimdir, guruhda rahbarlik qilishuchun о‘z joyini egallashni bilish. Terminologik diktan yozish (о‘qituvchilar о‘qituvchi kо‘rsatgan mashqlarni yoki rasmdagilarni yozib oladilar). Koptokning uloqtirishning quyi va yuqori sportlar mexanikasini tasvirlash. Bunda о‘qituvchilar tez-tez uchrab turadigan xatolarni tuzatish yо‘llarini kо‘rsatishlari shart. Balandlikka va uzunlikka sakrash, uloqtirish va hokazolarni jihozlarsiz texnikasiga о‘rgatish umumrivojlanish mashqlari va unsuri bilan kamida beshta о‘yinlarni tо‘plab olish. «Mehnat va dam olish tadbirida jismoniy tarbiya va sport» mavzusi о‘rganilgandan keyin о‘qituvchilar bilan (aqliy mehnat xodimlari) jismoniy daqiqa tashkil qilish uchun mashqlar kompleksini mustaqil tuzib chiqish. Mashg‘ulotlarda bolalarni о‘qitish uslubiga, darslarni tashkil qilishga uning pishiqligini oshirish usuliga meoyorni yangi shaklga kiritishga va hokazolarga katta otibor qaratilishi kerak. Jismoniy tarbiya о‘qituvchilar о‘qituvchilari asosiy xatolarni aniqlash va ularni ogohlantirish va tо‘g‘rilash uchun mos keladigan mashqlarni yig‘ishtirib olib qator mustaqil ishlarni bajaradilar. Jismoniy tarbiya о‘qituvchilarda sinf bо‘yicha dasturiy materiallarni о‘rganishni, maktabda, о‘quv guruhida tо‘la dars о‘tishni, darsni pedagogik taxminida ishtirok etishni, quyidagi mavzusida ishlarni mustaqil bajarishni mо‘ljallaydi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya bо‘yicha о‘quv dasturini taxlil qilib chiqish, sinfdan tashqariishlar mavzusi bо‘yicha maxsus adabiyotlarni kо‘zdan kechirish, tuzib chiqish: a) Jismoniy tarbiya bо‘yicha о‘quv materiallarni har bir sinf uchun yil davomidagi jadvalini; b) boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun fanlar bilan mashqlarmajmuasini (kattalar, bayroqchalar, sakrash arqoni, chambaraklar, gimnastika tayoqchalari, kichik va katta koptokchalar). Jismoniy tarbiya bо‘yicha sinfdan tashqari kadrlarni ishlab chiqish va о‘tkazish, о‘yinlar (tanlash bо‘yicha) yengil atletika bо‘yicha musiqali kuzatish bilan va uningsiz gimnastika bо‘yicha dars konspektini tuzib chiqish, jismoniy tarbiyani ochiq havoda va binoda о‘tkazishning о‘ziga xos xususiyatini kо‘rsatish, jismoniy tarbiya vositalarini tanlashni va bunday sharoitlarda ulardan foydalanish uslubini asoslab berish. Uzluksiz amaliyot jarayonida jismoniy tarbiya о‘qituvchilar о‘qituvchilari haftada bir marta maktabga tashrif buyuradilar, ular u yerda yosh maktab о‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya bо‘yicha suhbatlar, о‘yinlar о‘tkazadilar, ota-onalar bilan ishlash uchun materiallar tayyorlaydilar. jismoniy tarbiya о‘qituvchilarda о‘qituvchilar о‘qituvchi va sinfning yoki maktabning jismoniy faollari bilan yoki birgalikda sinfdan tashqari jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirini tashkil qiladilar. Jismoniy tarbiya о‘qituvchilarda о‘qituvchilar konspektlar tuzadilar va jismoniy tarbiya darslarini о‘tkazadilar, jismoniy tarbiya mavzusida sinfdan tashqari tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar. Maktabning kun tartibida sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillashtiradilar (mashg‘ulotlargacha gimnastika tanaffuslarini uyushqoqlik bilan о‘tkazish, jismoniy daqiqalar va pauzalar). Jismoniy tarbiya bо‘yicha umummaktab tadbirlarini tashkil qilishda hakam sifatida yordam beradilar. О‘qituvchilar «jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubi» kursining dasturida belgilangan talablarni bajarishlari shart va olgan bilim va mahoratlarini maktabda pedagogik amaliyotda о‘quvchilar bilan ishlashda foydalaniladi. jismoniy tarbiya о‘qituvchilarda о‘qituvchilar о‘quvchiga jismoniy tarbiya bо‘yicha sinfdan, maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qiladi. Darslarning mavzuli rejalarini tuzib chiqadilar (chorak yoki yillik uchun) maktabning uzaytirilgan yoki tо‘liq kun tartibida guruhlarda sport mashg‘ulotlari yoki harakatli о‘yinlar о‘tkazadilar, sinfdan tashqari sport tadbirlarining ssenariylarini tayyorlaydilar. Bu davrda о‘qituvchilarning «jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubi» kursi bо‘yicha bilimlari chuqurlashadi, mahoratlari takomillashadi. Bо‘lajak о‘qituvchi pedagogik amaliyotni о‘tash vaqtida mustaqil jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tuzib chiqishni bilishi kerak va uni hayotga tatbiq eta bilishi shart. Jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlari vaqtida xilma-xil shakl va uslublarini qо‘llab, о‘quvchilar faoliyatini faol mahoratini egallamog‘i zarur. XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar Achilov A. Badiiy gimnastika.: Т., G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010 Бирюкова Л. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990. Бирюк Э.В., Ovchinnikova N.A. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990. Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984. Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000. Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967. Гавердовский Ю. Техника гимнастических упражнений- М: Terra-sport, 2002. Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003. Каримов М.К. Упражнения хореографии, художественной гимнастики и народные игры. O'quv qo'llanma. Т.:2005. Usmonxo`jayev T ,Tursunov O`. Jismoniy tarbiyanazariyasi va uslubiyoti T., “O`qituvshi”. 2004y 139-b 3333 Usmonxo`jayev T ,Tursunov O`. Jismoniy tarbiyanazariyasi va uslubiyoti T., “O`qituvshi”. 2004y 139-b Download 48.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling