Foydalanishning samaradorligi


Download 36.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi36.91 Kb.
#1741130
1   2   3   4   5
Bog'liq
238-242

www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 240 
texnologiyalarni qo‘llash uyzasidan qator vazifalarni belgilab beradi. Axborot 
texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, 
endi u shunchaki texnologik jarayon emas, aksincha, ijtimoiy jarayonga aylanib 
bormoqda. Davlatning iqtisodiy qudrati, xalqaro nufuzi, demokratik institutning 
rivoji darajasi axborot texnologiyalarning tadqiqotiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. 
Axborot insoniyatning nixoyatda muhim va cheksiz resursiga aylandi. Bu esa qaysi 
sohaga bo‘lishidan qatiy nazar, internetning milliy sigmentida o‘z axborotlarimizni 
tobora ko‘paytirib borishni taqozo etadi. O‘qitish va o‘rganish jarayonida Internet 
texnologiyalariga katta o‘rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta’lim 
jarayoniga ko‘maklashib, o‘qitish dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, elektron 
darsliklar va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, bu esa o‘z 
navbatida foydalanuvchilarga ilmiy maktab ishlarini ta’minlamoqda. O‘quvchilarni 
internetdan olayotgan axborotlariga tanqidiy yondoshish va uning foydali 
manbalari asosida o’z duyoqarashini kengaytirish, g‘arazli manbalar asosida o‘z 
dunyoqarashini kengaytirish, g‘arazli ma’lumotlarni inkor eta bilish g‘oyat 
muhimdir. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar 
to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari 
modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga 
oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta 
variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman 
materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Matematika darslarida «O‘yinli 
masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda 
o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli 
murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish 
va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalalarni yechishda 
kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. 
Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, 
uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning 



Download 36.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling