Foydalanuvchi kelishuvi kredit tarixini taqdim etish shartlari va tartibi toʻgʻrisida


Download 79.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi79.16 Kb.
#1243577
Bog'liq
agreement uz



Foydalanuvchi kelishuvi
kredit tarixini taqdim etish shartlari va tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu kelishuvda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
1.1 “Kredit byurosi” - Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 4 dekabrdagi OʻRQ-301-sonli “Kredit
axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi va 2019 yil 2 iyuldagi OʻRQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar
toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, kredit axboroti almashinuvi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
1.2 “Subyekt” – kredit bitimi boʻyicha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi,
garovga qoʻyuvchi, shuningdek, sugʻurtalovchi sifatida ishtirok etuvchi kredit axboroti subyekti bo’lgan
yuridik yoki jismoniy shaxs;
1.3 “Kredit tarixi” - Kredit byurosi tomonidan kredit axboroti Subyektiga nisbatan shakllantirilgan
kredit axborotlari toʻplami;
1.4 “Soʻrov” – Xizmatlardan foydalanish uchun Subyekt tomonidan Kredit byurosiga yuborilgan oʻrov;
1.5 “Xizmatlar” – Kredit byurosi Subyektga ushbu kelishuv asosida Kredit tarixini taqdim etadi, bu
Subyektning kredit qobiliyatini, moliyaviy ahvolini, toʻlov qobiliyatini va toʻlov intizomini baholashga
yordam beradi. 
1.6 “UCIN” (Uzbekistan credit information network) – “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit
byurosining veb portali.
2. Kredit tarixini taqdim etish turi, shakli, tartibi:
2.1 Kredit byurosi, Subyektning Soʻroviga asosan, unga kredit tarixini, shuningdek, boshqa Xizmatlarni
taqdim etadi.
2.2 Subyekt mazkur kelishuvni tasdiqlaganidan soʻnggina Kredit tarixini olishga Soʻrov yuborishi
mumkin va bu Subyektning oʻz Kredit tarixini taqdim etilishi uchun bergan roziligi hisoblandi.
2.3 Subyekt veb-saytdagi yoʻriqnomalarga asosan, koʻrsatilgan Xizmatlar uchun haqni toʻlov tizimlari
(masalan: PAYNET, PAYME, CLICK va boshqalar) orqali onlayn tarzda toʻlashi mumkin (Xizmat uchun haq
QQS bilan ko’rsatilgan).
2.4 Shaxsiy kabinetga yuridik shaxslar ERI (elektron raqamli imzo), jismoniy shaxslar boʻlsa OneID
(Yagona identifikatsiya tizimi OneID) orqali kirishi va roʻyhatdan oʻtishi mumkin.
3. Kredit byurosining huquq va majburiyatlari:
3.1 Kredit byuro Kredit axborotining elektron shakldagi ma’lumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam
ravishda yangilab borishi shart;
3.2 Kredit byuro quyidagi huquqlarga ega:
- xizmatlar ko‘rsatish shartlarini o‘zgartirish;
- agar Subyekt noto‘g‘ri, ishonchsiz va yaroqsiz ma’lumotlarni taqdim etgan taqdirda, xizmatlardan
foydalanishni bir tomonlama cheklash yoki bekor qilish;
- Subyektning mobil telefoni raqamiga qisqa matnli xabarlarni (SMS) yuborish;
4. Subyektning huquq va majburiyatlari:
4.1. Subyekt ushbu kelishuvda Kredit byurosi Xizmatlari narxlari, shuningdek, sayt sahifalaridagi boshqa
shartlar bilan tanishib chiqishi shart va:
- identifikatsiya orqali aniqlash mumkin bo‘lgan barcha kerakli va haqiqiy ma’lumotlarni Kredit
byurosiga taqdim etadi;
- ushbu kelishuvning tartibi va shartlariga muvofiq, foydalanadigan Xizmatlar uchun to‘lovni amalga
oshiradi;
- shaxsiy kabinetdagi identifikatsiya ma’lumotlarini uchinchi shaxsga taqdim etishda shaxsan javobgar
hisoblanadi.
4.2. Subyekt bir nechta Kredit byurosidan Kredit tarixini olishga haqli, shuningdek, qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.

Download 79.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling