Foydali qazilmalar


Download 127.57 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi127.57 Kb.
#222813
Bog'liq
yo`nalishga kirish


NDKI Konchilik fakulteti 15A-20 KEM guruh talabasi Jalolov Jamshidning Yo`nalishga kirish fanidan tayyorlagan

Tayyorladi: Jalolov Jamshid

Tekshirdi:

Mavzu: Foydali qazilmalar turlari va ular tarkibiga kiruvchi elementlar



Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen, magmatogen va metamorfogen konlarga bulinadi. Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal, abissal, gipabissal konlarga boʻlinadi. faqat Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi, olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq, suyuq va gazsimon Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilgʻienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.

 Geologik jarayonlar natijasida yer osti va ustida yigʻilgan mineral moddalarning miqdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda toʻplanib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va yer osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, togʻ jinslari) foydali kazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga koʻra, Foydali qazilmalar konik. rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga boʻlinadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va boshqa suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar konik. yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) boʻlishi mumkin. Foydali qazilmalar konik. Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil boʻlgan. Paydo boʻlish joylariga qarab geosinklinal va platforma Foydali qazilmalar konik.ga ajratiladi. Konlarninghosil boʻlish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar oʻz navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga boʻlinadi

Foydali qazilmalar konlari  geologik jarayenlar natijasida yer osti va ustida yigʻilgan mineral moddalarning miqdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda toʻplanib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va yer osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, togʻ jinslari) foydali kazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga koʻra, Foydali qazilmalar konik. rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga boʻlinadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va boshqa suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar konik. yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) boʻlishi mumkin. Foydali qazilmalar konik. Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil boʻlgan. Paydo boʻlish joylariga qarab geosinklinal va platforma Foydali qazilmalar konik.ga ajratiladi. Konlarninghosil boʻlish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar oʻz navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga boʻlinadi.




Download 127.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling