Foydali qazilma zaxiralari — foydali qazilma konlari tuzilishini oʻrganish, geol. qidiruv ishlari, razvedka qilish, ularni qazib odish va foydalanish jarayonida olingan maʼlumotlarga koʻra yer ostida, ustida, havzalar ostida aniqlangan foydali qazilma miqdori. Ushbu maʼlumotlar foydali jism hajmini hisoblab chiqishga imkon beradi, bu hajmni zichlikka koʻpaytirganda Foydali qazilma zaxiralariz. ogʻirligini xisoblash mumkin. Suyuq va gazsimon (neft, yer osti suvlari, yonuvchi gazlar) Foydali qazilma zaxiralariz. burgʻi quduqlaridagi oqimni hisoblash usuli bilan aniklanadi. Baʼzi konlar uchun undan tashqari, ulardan qimmatbaho komponentlarning zaxiralari, mas, rudalardagi metall miqdori xisoblab chiqiladi. Zaxiralar m3 (qurilish materiallari, yonuvchi gazlar va boshqalar), t (neft, kumir, rudalar), kg (nodir metallar) va karatda (olmoslar) oʻlchanadi. Foydali qazilma zaxiralariz. ularni aniklanganlik darajasiga qarab, A, V, S, va S2 toifalarga boʻlinadi. Oʻzlashtirishning iktisodiy jihatdan samaradorligiga qarab zaxiralar balans va balansdan tashqari turlarga ajratiladi. Foydali qazilma zaxiralariz. konlarni sanoatbop toifaga ajratishda muhim omillardan hisoblanadi.
Foydalnilgan adabiyotlar va malumotlar;
Vikipediya
Ozbekiston milliy ensiklopediyasi
Kun/uz kanali
Do'stlaringiz bilan baham: |